B. E. Turayev, X. Isayev, G. O. Akbarova tabiiy fanlarning



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/100
tarix20.11.2023
ölçüsü56 Kb.
#162573
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   100
Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi. Turayev B.E. Isayev X

Faxriddin Ar-Roziy. 
Abu Abdulloh Muhammad ibn Umar ibn 
Husayn 
(1149-1209) 
— islom olamida Faxriddin Roziy nomi bilan 
mashhur bo‘lgan - Shimoliy Eronning Ray shahrida hijriy 544 (1149) 
sana Ramazon oyining 25-kuni (26-yanvar)da ruhoniy oilasida dun- 
yoga kelgan. Faxriddin Ar-Roziy diniy va dunyoviy fanlarga oid 150 
dan ortiq ilmiy risolalar, she’rlar yozgan. Roziy o ‘z ilmiy faoliyati, 
xususan o ‘zining ilmiy-falsafiy risolalarida qadimgi yunon olimlari 
Aristotel, Geraklit, Epikur, Demokrit 
asarlaridan, shuningdek 
Sharqning mashhur mutafakkirlari Forobiy, Ibn Sino asarlaridan 
foydalangan, ularga sharhlar yozgan.
Roziy o ‘z davrida ham diniy, ham dunyoviy ilmlar sohasida birdek 
shuhrat topdi. U Sharqda birinchilardan b o ‘lib ilmiy metodologiyaga 
asos soldi, Beruniydan keyingi davr o ‘rta asr sharq falsafasini o ‘z 
fikrlari bjlan boyitdi.
U o ‘z sharhlarida o ‘zidan avval o ‘tgan faylasuflar asarlariga o ‘z 
munosabatini bildiradi, ilmni, falsafani ulug‘laydi. Olimning “Mif- 
tox al-ulum”, “Nihoyat al-ulum”, “Um al-axloq” asarlarida olamni 
bilishning turli yo‘l va usullari, inson doimo o ‘z bilimini orttira bori­
shi zarurligi, bilim hissiyot va aql-tafakkur orqali qo‘lga kiritilishi 
mumkinligi haqidagi muhim g ‘oyalar olg‘a suriladi. Roziy o ‘zining 
qator asarlarida mantiq masalalariga, tafakkuming qonun-qoidalari- 
ga alohida boblar ajratgan, mantiq ilmining inson tafakkuri rivojida 
muhim rol o ‘ynashini maxsus ta ’kidlab o ‘tgan.
Abu Nasr Forobiy. 
Abu Nasr 
M uhammad ibn M uhammad ibn 
0 ‘zlug‘ ibn Tarxon Forobiy (8 7 0 - 
950) M arkaziy Osiyo ilmiy tafak- 
kurining 
yirik 
vakili, 
xalq 
ratsionalizmining 

asoschisi 
hisoblanadi.
Forobiyning fan va madaniyat 
taraqqiyotiga qo‘shgan hissasini 
uning turli sohalarda olib borgan 
ilmiy tadqiqotlari, yozgan asarlari 
17 
'


asosida aniqlash mumkin. Forobiyning ilmiy merosi nihoyatda rang- 
barang bo‘lib, uni avvalo ikki katta y o ‘nalishga bo‘lish mumkin:
• Qadimgi yunon faylasuflari va tabiatshunoslari ilmiy merosini 
izohlash, targ'ib qilish va o ‘rganishga bag‘ishlangan asarlar;
• 0 ‘rta asr faniga aloqador b o ig a n muammolarni mustaqil ra- 
vishda ilmiy tekshirib chiqishga bag‘ishlangan asarlar.
Ilm lar tasnifining asoschilaridan biri
160 dan ziyod asar muallifi — Abu Nasr 
al-Forobiydir. Abu N asr al-Forobiy yu­
non donishmandligi yutuqlarini o ‘rta 
asrlar Sharqida targ‘ib qilgan va ular­
ning izidan borgan tolmas zahmatkash- 
dir. Abu N asr al-Forobiyning m avsu’iy 
bilimlari va katta ilmiy qobiliyati unga 
o ‘z davrining birinchi eng mukammal 
tasnifini yaratish imkonini berdi. Ilmlar 
tasnifiga 
bag‘ishlangan 
“Mantiqqa 
kirish”, “Saodatga erishish” va “Ilmlar tasnifi” b o ig an asarlarida Abu 
Nasr al-Forobiy shu sohaga taalluqli bo‘lgan fikrlami bayon etib, quyi­
dagi shakldagi tasnifni keltiradi. Bulardan tashqari, shahami boshqa- 
rish ilmi, siyosat ilmi, qonunshunoslik ilmi va kalomlarini keltiradi.
Abu N asr al-Forobiy o ‘z tasnifida faqat har bir ilm obyekti xususi- 
yatlarini emas, balki uning o ‘ziga xos qonun va qoidalarini hamda 
unga xos bilish vositalarini ham hisobga oladi.
Abu N asr al-Forobiy fikricha, tabiiy ilmlami o ‘rganishdan oldin 
undan avval kelgan riyoziyot ilmlari m a’lumotlariga ega b o iish
kerak. Abu N asr al-Forobiyning ilmlar tasnifi o ‘zagi materialistikdir, 
chunki u obyektiv haqiqat asoslaridan kelib chiqadi. Olim fikricha, 
har bir ilm moddiy jism lam ing u yoki bu tarafiarini, m a’lum guruhi 
yoki m a’lum tomonlarini o ‘rganadi. Ilmlar va bilim umuman borliq 
mahsuli sifatida subyektiv xohishdan vujudga kelmay, balki inson- 
larda ularga bo‘lgan ehtiyojning paydo bo‘lishi natijasida sekin-asta 
va inuttasil vujudga keladi.
18


Abu Nasr al-Forobiy tizimida turli ilmlar bir-birlarini o ‘zaro inkor 
etmaydi, aksincha, ular o ‘zaro bog‘liq holda ko‘rib chiqiladi. Uning 
ilmlar tasnifi Sharqda qanchalik katta rol o ‘ynagan bo‘lsa. Yevropa- 
da ham shunday rol o ‘ynadi va keyingi davr mutafakkirlariga kuchli 
ta ’sir ko‘rsatdi.
Abu Nasr al-Forobiydan keyin ham qator olimlar ilmlar tasnifi ma- 
salasini o ‘rgandilar.
,'1
Og’lrUk haqida 11m
Ular o ‘sha davr ilmlarini o ‘z ichiga olgan (ensiklopediya) yaratdi- 
lar. Bu falsafiy ilmlarga bag‘ishlangan bo‘lib, unda idrok va mantiqiy 
tafakkurga asoslangan ilmlar nazarda tutilardi. Ular metafizika va ilo- 
hiyot qatorida unga riyoziyot va tabiiyotni kiritgan edilar. M avsu’ada 
(ensiklopediya) riyoziyot va mantiqqa oid 14 ta risola, tabiiyotga oid 
17 ta, metafizika va psixologiyaga - 10 ta, ilohiyot va din masalalari- 
ga - 11 ta risola bag‘ishlangan edi.

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin