165
vazirliklarga, tashkilotlarga, mahalliy ma’muriyatlarga, korxonalarga
etkaziladi.
5 bosqich – maqsadli va tarmoq ko’rsatkichlarini amalga oshirish
shartlari va indikatorlarini hamda rivojlanish dasturlarini aniqlash
Iqtisodiyot vazirligi va tarmoq vazirliklari, tashkilotlar va korxonalar
iqtisodiy siyosatning ehtimolli yo’nalishlarini va hukumat yo’nalishlarini
hisobga olgan holda mustaqil ravishda o’z rivojlanishining prognoz
ko’rsatkichlarini aniqlaydilar hamda bashorat qilinayotgan davr uchun o’z
faoliyatlari haqida ularni umumlashtirish uchun hududiy va tarmoq
organlariga taqdim qiladilar.
Boshqaruvning hududiy va tarmoq organlari korxonalar bajarmoqchi
bo’lgan ishlarini umumlashtiradilar va keyinchalik Iqtiosdiyot vazirligiga
taqdim etadilar.
6 bosqich – makroiqtisodiy prognozlarni maqsadli va tarmoq
ko’rsatkichlari hamda rivojlanish dasturlari bilan muvofiqlashtirish. Bu
bosqichda Iqtisodiyot vazirligining makroiqtiosdiy bashoratlarni real
sektorning tarmoq tashkilotlari, hududiy organlar, vazirliklar va ijtimoiy
soha tashkilotlari rivojlanish prognozlari bilan muvofiqlashtirish va
integrastiyalashtirishga oid ishlari amalga oshiriladi.
Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi hamkorlikda davlat
ehtiyojlarini resurs ta’minotini tavsiflovchi iqtiosdiy muvofiqlashtirgich
va ko’rsatkichlar tizimini hisobga olgan holda, keyingi yilgi davlat
byudjeti loyihasi va bashorat ko’rsatkichlarini o’zaro bog’liqligini amalga
oshiradilar.
7 bosqich – Vazirlar Mahkamasiga indikativ rejaning oxirgi
variantini taqdim etish. Vazirlar Mahkamasiga indikativ rejaning oxirgi
variantini taqdim etishi uni Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Birlashgan
Hay’atda ko’rib chiqilganidan keyin Iqtisodiyot vazirligi tomonidan
amalga oshiriladi. Vazirlar Mahkamasi Oliy Majlisga ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishning indikativ rejasini Davlat byudjeti bilan bir vaqtda kiritadi.
Oliy Majlisda o’rta muddatli indikativ reja ko’rib chiqilishidan keyin
ommaviy axborot vositalarida chop etiladi.
Dostları ilə paylaş: