Erkparvarlik.
Agar insonparvarlik tamoyili shaxsning barcha insoniy haq–huquqlari
himoyasida tursa, ya’ni ancha keng qamrovli va umumiy intilish bo‘lsa, erkparvarlik tamoyili
uning ma’lum ma’noda muayyanlashgan bir qismi hisoblanadi. Erkparvarlik insonning eng oliy
huquqi – erkin, ozod yashash huquqini himoya qilishi bilan muhimdir. Zero, erksiz inson – asir,
erksiz millat – qul, erksiz mamlakat – mustamlaka. Erkparvarlik, avvalo, o‘z millati, o‘z Vatani
erki uchun, qolaversa, boshqa millatlar va vatanlar erki uchun kurashni hayotining maqsadi qilib
qo‘ygan insonlar tamoyilidir.
Erkparvar inson qullikning, mutelikning har qanday ko‘rinishini inkor etishi barobarida
inson huquqlarining tom ma’nodagi jangchisiga ham aylanadi. Bu jangchi bir tomondan, har bir
shaxsning so‘z erkinligi, o‘z fikrini erkin bayon qilishi, saylash huquqi, vijdon erkinligi uchun
kurashadi, ikkinchi tomondan, butun–butun millatlar erki masalasini o‘rtaga tashlar ekan, ma’lum
ma’noda milliy ozodlik harakatlari uchun ham turtki beradi.
Italiyadagi ozodlik harakati mag‘lubiyatga uchragach, Bayron Qadim Yunonistonni Turkiya
zulmidan ozod qilish uchun kurashdi. U Yunonistonda, botqoqlik yonidagi Missolungi shahrida
og‘ir bezgakdan vafot etdi. Uning o‘limi ham istibdodga qarshi shiorga aylandi. Benazir shoir,
Yunonistonning ozod qilingan qismi general–gubernatori, erksevar qo‘mondon va ulug‘ inson
xotirasiga yunon xalqi yigirma bir kun qora kiyib, motam tutdi. Hamma cherkovlarda Bayron
haqqiga ibodat qilindi.Darhaqiqat, erkparvarlik tamoyilini hayotining ma’nosi deb bilgan
insonlarning ma’naviy umri boqiy, ular kelajak avlodlar uchun ideal bo‘lib qoladilar.
Vatanparvarlik.
Eng ma’lum va mashhur tamoyil, bu – vatanparvarlik. U insonning o‘z
Vataniga muhabbatini, uni asrab–avaylashga bo‘lgan ishtiyoqini anglatuvchi axloqiy tushuncha.
Uni ko‘pincha Vatan dushmanlariga qarshi ma’naviy–mafkuraviy qurol sifatidagina talqin
etadilar. Aslida esa bu tamoyilning qamrovi ancha keng – u insonparvarlikning nisbatan
muayyanlashgan shakli. U, eng avvalo, o‘z vatandoshlari erkini asrash uchun kurash, inson
ozodligi yo‘lidagi xatti–harakatlardir. Vatan himoyasi, bu – inson himoyasi, millat himoyasi.
Lekin bu himoya, yuqorida aytganimizdek, faqat jang maydonida emas, balki barcha sohalarda
4
Достоевский Ф.М.
Собрание сочинений в 15 т. Т. 9, ч. И – ИИИ. А., «Наука», 1991. С. 394.
ham namoyon bo‘lishi mumkin. Har jabhada Vatan erishgan muvaffaqiyatlardan quvonch,
muvaffaqiyatsizliklardan qayg‘u hissini tuyush, Vatan bilan g‘ururlanish, uning har bir qarich
eriga, binosining har bir g‘ishtiga, qadimiy obidalariga, ilm–fan va san’atdagi yutuqlariga mehr
bilan qarash, ularni ko‘z qorachig‘idek asrab–avaylash bular hammasi vatanparvarlikdir.
Vatanparvarlik tamoyili Vatan tushunchasini fidoyilarcha idrok etish, muayyan hudud va
xalqqa muhabbat hissi singari omillar bilan bog‘liq. Zotan, ma’lum bir mamlakat fuqarosi o‘sha
mamlakatdagi asosiy etnik guruh vakili bo‘lmasligi ham mumkin. Turli shart–sharoit taqozosi
bilan boshqa bir hududga, mamlakatga kelib, qolib ketgan fuqarolar, o‘z tarixiy vatanidan olisda
tug‘ilganlar kam emas. Ularning ko‘pchiligida «tarixiy Vatan» tushunchasi xayoliy bir qo‘msash,
shirin g‘ussa, o‘tkinchi intilish tarzida ifoda topadi. Aslida esa bu – mazkur Vatanga muhabbat
emas, balki o‘z ajdodlariga, olis xotiraga hurmatdan, ekzotik hissiyotlardan kelib chiqadi; haqiqiy
muhabbat esa, sharoit har ikki Vatandan birini tanlashni taqozo etganda, hozir yashab turgan
Vatani va vatandoshlariga nisbatangina mavjud ekani aniq–ravshan ayon bo‘ladi.
Mazkur holatni ajoyib gurji yozuvchisi Nodar Dumbadze o‘zining «Hellados» hikoyasida
g‘oyatda jonli tasvirlab bergan: Suxumining Venetsian ko‘chasida YAnguli ismli yunon bola otasi
bilan birga yashaydi. Uning chap ko‘ksida «Hellados» (Ellada) degan sanchma yozuv bor, u bu
bilan faxrlanib yuradi. Lekin, vaqt kelib, yunonlarga tarixiy vatanlariga qaytishga ruxsat
berilganida, Yanguli ketishni istamaydi. Otasi qattiq kaltaklab, majbur qiladi. Do‘sti Jamol undan
nega otang bilan birga ketmoqchimassan, deb so‘raganida Yanguli shunday javob beradi:
«Qandoq tushuntirsamikin... – deya gap boshladi u ni
h
oyat. – Onam yo‘q,
h
atto
eslolmayman
h
am. Otam uzzukun tomorqada yoki tirikchilik tashvishida... Men ko‘chada,
Venetsian ko‘chasida katta bo‘ldim... Mening Vatanim, mening Elladam bu – Suxumi, ko‘cha,
Chalbash...
– Bu nima bo‘lmasa? – Men Yangulining ko‘kragini ochib baland ovozda o‘qidim: Hellados.
– Bu – naqsh, Jamol. Vatan – ichkariroqda, naqd yurakning o‘zida! – Yanguli qo‘lini
ko‘ksiga qo‘ydi.
O‘pkam to‘lib, tomo
g‘
imga achchiq bir narsa qadaldi, unga yana bir nimalar demoqchi
edim–u, ammo Yanguli eshagini no‘xtasidan etaklab,
h
ovlidan chiqib ketdi».
Otasi zo‘rlab, kaltaklab kemada olib ketishiga qaramay, Yanguli o‘z asl Vatanidan ketishni
istamaydi, o‘zini dengizga tashlab, Vatani bag‘rida halok bo‘ladi. Buni yozuvchi shunday
tasvirlaydi:
«Oradan bir kun o‘tib, Kelasuri daryosining quyilish joyida dengiz to‘lqinlari bir bolaning
jasadini so
h
ilga chiqarib tashlabdi. To‘
g‘
riro
g‘
i, uni keksa baliqchilar suvdan tortib olib, qumga
yotqizishibdi. So‘ng murdaning kimligini aniqlash uchun shu atrofda o‘ynab yurgan bolalarni
chaqirishibdi. Mar
h
umning basharasi shu qadar dabdala bo‘lib ketgan ekanki, uni
h
ech kim
tanimabdi. Uni men tanidim. Chap to‘shining ustidagi «Hellados» degan se
h
rli yozuvni
ko‘rgandan keyin tanidim. Nafasimni ichimga yutgancha so
h
ildan, so‘ng temir yo‘l bo‘ylab, keyin
Venetsian ko‘chasidan to‘xtovsiz yugurib, telbalarcha uyga otilib kirdim.
–
H
a, nima bo‘ldi?!! – Xolamning kapalagi uchib ketdi.
– Nina xola... Yanguli qaytib keldi...
So‘ng xolamning oldida cho‘kkalab, oyoqlarini quchoqlab yi
g‘
lab yubordim...»
5
.
Demak, vatanparvarlik tamoyili xayoliy tuyg‘uga emas, balki muayyan zamonga, muayyan
vatandosh–insonlarga bo‘lgan muhabbatga asoslangan axloqiy xatti–harakatlar jamuljamidir. Shu
jihatdan qaraganda, mamlakatimizdagi barcha millatlar tengligini e’tirof etuvchi, millatidan qat’i
nazar, hammamiz bir Vatan farzandlari ekanimizni ta’kidlovchi Konstitutsiyamizning ana
shunday demokratik tamoyillarga asoslanishi, yuksak axloqiy zaminga egaligi e’tibor va e’zozga
loyiqdir.
Hozirgi paytda yoshlarimizda vatanparvarlik tuyg‘usini tarbiyalash, ularni Vatan ma’nosini
teran anglab etishga o‘rgatish, vatanparvarlik – yuksak axloqiy tamoyil ekanini tushuntirish
axloqshunoslikning dolzarb vazifasi hisoblanadi.
5
Думбадзе Н.
Ҳелладос. Низом Комил таржимаси. «Тафаккур» журнали, 1995, 3 – 4-сонлар.
|