Vektorni grafik shaklda ifodalash.
Vektor elementlarini ham grafik shaklda ifodalash mumkin. Uni yasash uchun quyidagilarni bajaring.
Chizilishi kerak bo’lgan element intevalini kiriting, ya’ni i:=a..b, i≥0.
yi vektorni aniqlang, ya’ni yi:=ci*db-i.
yi ni vertikal o’qning o’rtasidagi maydoniga, i ni esa gorizontal o’qning o’rtasidagi maydonga joylashtiring.
Grafikni ko’rish uchun F9 ni bosing yoki sichqonchani grafikdan tashqariga bosing.
Quyidagi misolda funksiya sifatida quyi indeksli o’zgaruvchilar, ya’ni vektor ishlatilmoqda.
MathCAD muhitida uch o’lchovli grafiklar
Dekart koordinatalar sistemasida uch o’lchovli grafiklarni qurish
MathCAD dasturida uch o’chovli grafiklarni ham tasvirlash mumkin. Masalan, f(x,y)=x2+y2 funksiya grafigini qurish uchun quyidagi ishlar ketma-ket bajariladi.
f(x,y)=x2+y2 funksiyani MathCAD ishchi sohasiga kiriting.
Sichqoncha bilan grafik yasash joyini belgilang.
Menyudan “Добавить-Графика-График поверхностни” buyrug’ini yoki “Панель графиков” panelidan “График плоскости” tugmani yoki “Ctrl+2” klavishni bosing.
Ekranda grafik tekisligi sohasi paydo bo’ladi.
To’rtburchak soha ichidagi quyi-chap burchakdagi ■ belgili bo’sh joyga “f“ ni kiriting.
Keyin soha tashqarisida sichqoncha chap tugmasi bosilsa grafik paydo
bo’ladi.
Grafik ustiga sichqoncha ko’rsatkichini olib borib, chap tugmani bosib turgan holda grafikni turli holatlarga burish mumkin. Shunigdek, uning o’lchovini o’zgartirish va siljitish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |