Avtomobillarning yetakchi ko’oriklari



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə4/5
tarix03.10.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#151636
1   2   3   4   5
jjkjkjkkkkjjkjkju

Avtotransport vositalari osmalari tuzilishi
Osma avtomobil yurish qismining bir qismi bo‘lib, kuzov (rama)ni yo‘l bilan bog‘laydi. Avtomobil yo‘li notekisliklardan iborat bo‘lib, ularning turtkilari kuzovga uzatilishi natijasida yuk yoki yo‘lovchiga salbiy ta’sir qiladi. Bu ta’sirni kamaytirish uchun kuzov va g‘ildirak o‘rtasiga elastik qism (ressora, prujina, pnevmoballon va h.k.) kiritish kerak. Yetakchi g‘ildiraklardan yetaklanuvchilarga itaruvchi kuchni uzatish va tormozlanuvchi g‘ildiraklardagi tormoz kuchi yordamida avtomobilning kinetik energiyasini so‘ndirish uchun g‘ildirakni kuzov bilan bog‘laydigan kuchlarni qabul etuvchi yo‘naltiruvchi richaglar zarur. Yo‘l notekisliklaridan ta’sir etayotgan turtkilardan hosil bo‘layotgan tebranishlarni so‘ndirish ham kerak. Osmalar tortuvchi va tormozlovchi kuchlarni, yo‘l notekisliklaridan hosil bo‘layotgan turtkilarni qabul qilib, me’yoriy darajagacha kamaytirish hamda tebranish amplitudasi va davomiyligini kamaytirish vazifasini bajaradi. Osmalar uchta bo‘lakdan iborat: yo‘naltiruvchi qism, elastik qism, so‘ndiruvchi qism (5.12-rasm).
Transport vositasi harakat qilishi uchun yetakchi g‘ildirakka transmissiya orqali keltirilgan burovchi moment Mt dan hosil bo‘lgan Rt kuchini ramaga (kuzov) uzatib ilgarilashga majbur etishi kerak. Bu vazifani yo‘naltiruvchi qism 9 bajaradi. Bundan tashqari, yo‘naltiruvchi qism avtomobil tormozlanishi jarayonida hosil bo‘lgan va ko‘prikni g‘ildirak aylanish yo‘nalishiga teskari buruvchi momentni hamda yondan ta’sir etuvchi kuchni (markazdan qochirma, yondan ta’sir
etgan turtki, qiya tekislikda harakatlanganida og‘irlik kuchining bitta tashkil etuvchisi) qabul qiladi. Osmaning ish jarayonida yetakchi g‘ildirakka transmissiyadan keltirilgan burovchi momentning itaruvchi Rt kuchi yo‘naltiruvchi qism 9 orqali kuzov (rama)ni oldinga suradi, elastik qism 10 yo‘l notekisliklaridan uzatilayotgan turtkilarni yumshatadi va so‘ndiruvchi qism elastik qism hisobiga vertikal yo‘nalishda harakatlanayotgan kuzov (rama) tebranishini so‘ndiradi.


5.12-rasm. Osmaning prinsipial sxemasi:



        1. g‘ildirak; 2-ко‘prik to‘sini; 3-amortizator; 4-porshen; 5, 6 - klapanlar; 7- porshen shtoki; 8- avtomobil ramasi; 9-yo‘naltiruvchi qism;10-prujina

Osmaning yo‘naltiruvchi qismi nafaqat ko‘ndalang, bo‘ylama, yondan ta’sir etayotgan kuchlarni uzatadi, balki g‘ildirakning kuzov (rama)ga nisbatan harakatini ham belgilaydi. Yo‘naltiruvchi qismining turiga qarab osmalar mustaqil va nomustaqil turlariga bo‘linadi. Mustaqil osmalarda chap va o‘ng g‘ildiraklar bir- biri bilan bog‘lanmagan bo‘lib, chap (yoki o‘ng) g‘ildirakka yo‘l notekisligidan ta’sir etgan turtki o‘ng (yoki chap) g‘ildirakka uzatilmaydi. Bunga zamonaviy avtomobillar VAZ, GAZ, ZIL, Tiko, Neksiyalarning old osmalari misol bo‘la oladi. Nomustaqil osmalarda esa chap va o‘ng g‘ildiraklar bir-biri bilan bog‘langan bo‘lib, chap (yoki o‘ng) g‘ildirakka yo‘l notekisligidan ta’sir etgan turtkilar o‘ng (yoki chap) g‘ildirakka uzatiladi. Yengil avtomobillardan VAZ, GAZ, ZIL, Tiko, Damas, Neksiya avtomobillarining orqa osmalari, yuk avtomobili va


avtobuslarning oldingi va orqa osmalari misol bo‘la oladi. G‘ildiraklarning yo‘lga nisbatan harakatlanishi uning kinematikasini belgilaydi. Osma kinematikasi uning kuzov (rama)ining avtomobilning bo‘ylama o‘qiga nisbatan tebranishini ta’minlaydi va transport vositasining yurish ravonligi, boshqariluvchanligi, turg‘unligi kabi ekspluatatsion xususiyatlariga faol ta’sir etadi. Kinematikasiga ko‘ra mustaqil va nomustaqil osmalar gildirak avtomobilning bo‘ylama o‘qiga perpendikular, burchak ostida, parallel tekislikda tebranadigan turlariga bo‘linadi. G‘ildirak avtomobilning bo‘ylama o‘qiga parallel tebranadigan turiga ZAZ-968 avtomobilining old osmasi, yengil avtomobillarning shtanga-prujinali osmalari; burchak ostida tebranadiganiga yengil avtomobillarning old osmalari, parallel tebranadiganiga ressorali osmalar misol bo‘la oladi. Osmalarning elastik qismi yo‘l notekisliklaridan uzatilayotgan turtkilarni kamaytirib avtomobilning yurish ravonligini yaxshilaydi. Elastik qismning prujina, ressora, torsion, pnevmoballon va h.k. turlari mavjud (5.13-rasm). Prujinalar yumaloq ko‘ndalang kesimli po‘lat simdan silindrik va bochkasimon qilib yasalishi mumkin. U faqat tik yo‘nalishdagi kuchlarni qabul qilishga mo‘ljallangan, shuning uchun ham u yo‘naltiruvchi qism bilan mahkamlanadi. Torsionlar ham elastik qismning turi bo‘lib, u metall sterjendan iborat (5.13-rasm, b). Sterjen bir butun yoki birlashtirilgan bir xil ko‘ndalang kesimli, burilishga ishlovchi plastinalardan iborat. Torsionning bir uchi kuzovga, ikkinchisi osma richaglariga mahkamlanadi. Natijada g‘ildirak va kuzovning elastik bog‘lanishi torsionning buralishidan hosil bo‘ladi.


5.13-rasm. Osma elastik qismlarning turlari:



          1. ressora; b) torsion; d) pnevmoballon; 1 -asosiy list; 2-markaziy bolt; 3-xomut (qisgich); 4-maxsus qistirma; 5-bolt; 6-siquvchi halqa; ajratuvchi

halqa; 8-elastik qobiq


Ressoralar osmaning elastik qismi sifatida eng ko‘p tarqalgan (5.13-rasm, a). U har xil uzunlikka va egrilikka ega listlarning yig‘masidan iborat. Har xil egrilikka ega listlarning bo‘lishi, ressora yig‘ilganda listlarning bir-biriga jips yaqinlashishiga va asosiy listning kamroq yuklanishiga olib keladi. Hamma listlar markaziy bolt 2 bilan mahkamlanadi, undan tashqari xomutlar 3 ham ushlab turadi. Zanglamasligi uchun va listlar orasidagi ishqalanishni kamaytirish maqsadida grafit suriladi, yengil avtomobillarda esa listlar o‘rtasiga nometall qistirmalar 4 qo‘yiladi. Ressora asosiy listining 1 uchlari ramaga sharnirli mahkamlanadi, natijada harakat davrida uning uzunligi o‘zgarish imkoniyatiga ega. Og‘ir yuk ko‘taradigan avtomobillarda ressoraga qo‘shimcha ressora osti ressorasi ham mahkamlanadi. Uning o‘rnatilish sababi, ressora bikrligini yuk o‘zgarishiga mos o‘zgartirish, natijada avtomobilning yurish ravonligini yaxshilashdir. Ressora mustaqil bo‘lmagan osmalarda ishlatiladi va bir vaqtda elastik, ham yo‘naltiruvchi qismlar vazifasini bajargani, uning afzalligi hisoblanadi. Hozirgi zamon yuk avtomobillari va avtobus osmalarida siqilgan havo hisobiga elastik bo‘lgan ballonlar ishlatiladi (5.13-rasm, d). Bu turdagi elastik qismda havo bosimini o‘zgartirish hisobiga uning bikrligini orttirish-kamaytirish imkoniyati borligi uning afzalligidir. Ballonlar ikki yoki uch seksiyali bo‘lib, uning har bir bo‘linmasi 8 bo‘luvchi halqa 7 bilan ajratilgan. Ballon bo‘linmalari 8 ikki qavatli rezina korddan iboratdir. Bundan tashqari, ballonni mahkamlash uchun siquvchi halqa 6 bor. Ballonlardagi bosim 0,3-0,5 MPa bo‘lib, 2-3 t yuk ko‘tarishi mumkin. Ballonlarning kamchiligi - faqat tik yo‘nalishdagi yukni qabul qila olgani uchun chidamliligi kamdir. Rezina elastik qismlar ham mavjud bo‘lib, ular osmalarda qo‘shimcha elastik qism sifatida g‘ildiraklarning yuqori va pastga harakatini chegaralovchi bufer sifatida qo‘llaniladi. Osmalarning elastikligi avtomobil kuzovining ko‘ndalang tekisligida og‘ishiga olib keladi. Natijada kuzov ko‘ndalang tekislikda burchakli tebranadi, bu esa yo‘lovchiga noqulaylikni sodir etadi. Stabilizator (5.14-rasm) avtomobilning ko‘ndalang tekislikdagi turg‘unligini
yaxshilaydi. Stabilizatorlar yengil avtomobillarning mustaqil old osmalarida o‘rnatiladi, lekin zaruriyat bo‘lsa, orqa osmalarda ham qo‘llaniladi. Stabilizator P simon shaklda bo‘lib, yumaloq elastik po‘lat sterjendan l yasaladi. Sterjen l ning o‘rtasidan rezina tayanch 2 yordamida kuzovga mahkamlanadi. Sterjen uchlari ikkita ustun 3 bilan rezina yostiqchalar yordamida osma richaglariga sharnirli mahkamlanadi. Lekin ba’zi konstruksiyalarda sterjen 1 richagga to‘ppa-to‘g‘ri mahkamlanishi ham mumkin. Ko‘ndalang turg‘unlik kuzovi bir tomonga og‘adi, ustun 3 ning bittasi yuqoriga, ikkinchisi pastga harakatlanadi. Natijada sterjen 1 buraladi va unda hosil bo‘lgan elastik kuch kuzovning burchakli og‘ishiga qarshilik qiladi, kuzov ichidagi yo‘lovchi o‘zini qulay sezadi.


5.14-rasm. Ko‘ndalang turg‘unlik stabilizatorining kinematik sxemasi: 1-shtanga; 2-vtulka; 3-tirgak, ustun


Yuk avtomobilining nomustaqil ressorali osma konstruksiyasi 5.15-rasmda ko‘rsatilgan.



5.15-rasm. Yuk avtomobilining ressorali nomustaqil osmasi:


1, 2, 8, 9-kronshteynlar; 3-stremanka; 4-ustki nakladka; 5-ressor osti ressorasi;
6-oraliq list; 7-ressora; 10-suxar; 11, 14-barmoqlar; 12-vkladish; 13-ostki nakladka; 15-vtulka

U ressora 7 va ressora osti 5 ressorasidan iboratdir. Ressora 7 va uning ustiga ressora osti 5 mahkamlanib, birgalikda stremanka 3 va 4, 13 qoplamalari yordamida orqa o‘q to‘siniga mahkamlangan. Ramaga 2 va 8 kronshteynlari parchinlangan bo‘lib, ular orqali ressora osti 5 qismiga ramadan kelayotgan kuch uzatiladi. Ressora 7 ning oldingi qismi kronshteyn l ga barmoq 14 va vtulka 15 orqali faqat o‘z atrofiga burala oladigan qilib mahkamlangan. Ressoraning orqa qismi esa kronshteyn 9 ga ozod o‘rnatilgan. Mustaqil richag-prujinali osma konstruksiyasi 5.16-rasmda ko‘rsatilgan. Osma yuqori 6 va pastki 19 richaglar hamda ustundan 5 iborat bo‘lib, shkvorenli mustaqil osma hisoblanadi. Osma ko‘ndalang turg‘unlik stabilizatoriga ham ega. Osmaning yuqori 6 va pastki 19 richaglari avtomobil bo‘ylama o‘qiga tik yo‘nalishda tebranadi va ko‘ndalang to‘singa 15 mahkamlangan. Yuqori va pastki richaglar o‘rtasiga elastik qism prujina 11 joylashtirilgan bo‘lib, uning o‘rtasiga so‘ndiruvchi qism amortizator 9 o‘rnatilgan. G‘ildirakning yuqoriga va pastga harakatini cheklagichlar 7 va 22 rezina buferlardan iborat.


Xulosa
Men shuni ayta olamanki Yuqorida aytib o’tilgan muhim vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish uchun yuqori malakali mutaxassis kadrlar kerak. Bunday kadrlar printsipial yangi ilmiy g’oyalar va yuksak texnikaviy yechimlarni yaratish qobiliyatiga ega bo’lishlari zarur. Xalq xo’jaligini fan-texnika taraqqiyoti asosida jadallashtirish bozor iqtisodiyotining muhim vazifasi hisoblanadi. Bu ulkan ishlarni bajarish kadrlarning malakasiga bog’liqdir.
Ushbu darslikda transportlovchi mashinalar: gorizontal yuk tashish; ko’tarish-tashish, uzluksiz yuk tashish mashinalari, pnevmatik, gidravlik yuk tashish qurilmalari hamda yordamchi qurilmalar sistemalari, ularning turlari, ishlashi va qo’llanishi to’g’risida ma’lumotlar berilgan. Donador, sochiluvchan va kukunsimon materiallarni tashish uchun o’sha materiallarga mos transportlovchi mashinalarni tanlash bo’yicha yo’riqnomalar keltirilgan.
Lentali, vintli, plastinkali, osma, rolikli va qirg’ichli konveyerlar tsexlararo transportlovchi ishlarini bajarishda qulaydir. Transportlovchi mashina va jihozlar ishini qisman va to’liq mexanizatsiyalash va avtomatizatsiyalash mumkin ekanligi to’g’risida ham fikr yuritilgan.
Jarayonlarni mexanizatsiyalashning eng yuqori bosqichi bu avtomatlashtirishdir. Mashinalar qisman avtomatlashganda turli xildagi avtomatik datchik va asboblardan foydalaniladi.
Havo, suv va yerda transportlovchi mashinalar yukni xohlagan yo’nalishda tashiydi. Lentali, vintli, rolikli, plastinkali, qirg’ichli, osma va boshqa konveyerlar esa yukni ma’lum bir yo’nalishga tashiydi.
Ushbu darslik «Materiallarni texnologik transportlovchi mashinalar» fani o’quv dasturi va Farg’ona politexnika institutida shu fan bo’yicha ko’p yillar mobaynida to’plangan pedagogik tajriba va olib borilgan ilmiy izlanishlar asosida yozilgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI



Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin