Avtomatika va elektrotexnika



Yüklə 1,61 Mb.
səhifə7/12
tarix11.10.2022
ölçüsü1,61 Mb.
#64880
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
АТВ фанидан Амалий ишлар

Тo`z. tor = ,
bu yerda Fc – statik qarshilikning aks ta’sir kuchi; uzilish vaqti esa
Тu = .
ga teng
Rostlash organlarini hisoblash va tanlash.


Drosselli rostlash organlarini tanlash va hisoblash
Rostlash organi RO o`tkazish tavsifi shaklini to`g’ri tanlash ART(Avtomatik rostlash tizimi)ni ishonchli ishlashining zaruriy sharti hisoblanadi. Aniq tizim uchun sarf tavsifi RO orqali o`tuvchi muhit parametrlari qiymatlari va uning Кυ = f (S) o`tkazish tavsifi bilan aniqlanadi. Umumiy holatda sarf tavsifi o`tkazish tavsifidan farq qiladi, chunki muhit parametrlari (bosim va bosimlar farqi) sarf qiymatiga bog’liq. RO ning ma’qul o`tkazish tavsifi shaklini tanlash masalasi ikki bosqichga bo`linadi:

  1. yuklamaning barcha diapazonida RO ning uzatish koeffisiyenti doimiyligini ta’minlovchi sarf tavsifi shaklini tanlash;

  2. sarf tavsifining kutilgan shaklini muhitning berilgan parametrlarida ta’minlovchi o`tkazish tavsifi shaklini tanlash.

Agar rostlash kanali bo`yicha g’alayonlanish obyektdagi asosiy g’alayonlanish hisoblansa, bir xil foizli sarf tavsifiga ega RO ni qo`llaniladi. Agar tashqi g’alayonlanish asosiy g’alayonlanish bo`lsa, u holda chiziqli sarf tavsifiga ega RO ni qo`llaniladi.
Sarf tavsifining talab qilingan shakli tanlangandan so`ng talab qilingan shakl ning berilgangan parametrlardagi sarf tavsifini ta’minlovchi o`tkazish tavsifi shaklini aniqlaydi. O`tkazish tavsifi shakliga o`xshash sarf tavsifi shakli faqatgina trubao`tkazgichda RO dan tashqari boshqa gidravlik qarshilik yo`q bo`lgan va ta’minot manbaining etarli katta quvvatga ega holatlarida bo`ladi. Real tarmoqlarda RO bilan ketma-ket boshqa gidravlik qarshiliklar mavjud: mahalliy qarshiliklar, qulflash zaruriy qismi, trubao`tkazgichlarning to`g’ri joylari qarshiliklari.
Tarmoqdagi umumiy bosimlar farqi

bu yerda: ∆Рl liniyadagi bosimlar farqi, ∆РRO – RO da bosimlar farqi, ∆РG – gidrostatik bosim.
Sarf o`zgarganda bosimlar farqining qayta taqsimlanishi sodir bo`ladi, shuning uchun RO da farq doimiy hisoblanmaydi. RO da va liniyadagi farqlarning o`zaro nisbati o`zgarishi sarf tavsifi shaklining buzilishiga olib keladi. Siqilayotgan suyuqlik uchun buzilish darajasi farqlarning o`zaro nisbatiga qanday bog’liq bo`lsa, RO orqali oqib chiqish tartibiga shunday bog’liq.
1, 2 – rasmlarda chiziqli va bir xil foizli tavsiflarga ega RO ning sarf tavsiflari hamda ularni n=∆Pl/∆РRO nisbatga bog’liq holda buzilish darajasi ko`rsatilgan.

Agar bir xil foizli sarf tavsifi ma’qul hisoblansa, u holda bir xil foizlilik koeffisiyenti doimiyligi (1/µ)(dµ/dS), ya’ni bir xil foizli shaklni saqlanishi ba’zi shakl sarf tavsifining yaroqlilik mezoni bo`lib hisoblanadi.
3-rasmda liniya va klapandagi bosimlar farqining turli nisbatlarida bir xil foizli o`tkazish tavsifiga ega RO uchun bir xil foizlilik koeffisiyenti bog’liqligi ko`rsatilgan. 4-rasmdan ko`rinib turibdiki, bir xil foizli o`tkazish tavsifidan foydalanishda sarf tavsifining bir xil foizliligi faqat n=0 da yuklamalarning barcha diapazoni uchun saqlanib qoladi. n > 0 da bir xil foizlilik koeffisiyenti yuklamaning oshishi bilan kamayadi. Bu bilan taqqoslaganda chiziqli o`tkazish tavsifi uchun qurilgan o`xshash grafiklardan ko`rinib turibdiki, chiziqli tavsif uchun bir xil foizlilik koeffisiyenti yuklama oshishi bilan keskinroq pasayadi. Agar chiziqli sarf tavsifi ma’qul hisoblansa, u holda yuklamalarning ko`rilayotgan diapazonidagi uzatish koeffisiyenti doimiyligi sarf tavsifining yaroqlilik me’zoni hisoblanadi. 5,6-rasmlarda µd/dS uzatish koeffisiyentining bog’liqligi ko`rsatilagan.

5-rasmda ko`rinib turibdiki, sarf tavsifining chiziqliligi n oshganda yomonlashadi. Bunda uzatish koeffisiyenti kichik yuklamalarda keskin o`sadi, bu tufayli rostlash tizimi ishining turg’unlik diapazoni torayadi. O`sha vaqtda n oshishi bilan bir xil foizli tavsifning chiziqliligi jiddiy kamayadi(6-rasm). Shunday qilib, agar g’alayonlanish taxlili chiziqli sarf tavsifi berilgan jarayon uchun ma’qulligini ko`rsatsa, u holda n <1,5 da chiziqli o`tkazish tavsifi ma’qulligiga, n > 3 da esa bir xil foizli ma’qulligiga asoslanib RO ning chiziqli va bir xil foizli o`tkazish tavsifi orasida tanlanishi kerak.
1,5 < n < 3 oraliq qiymatlar uchun o`tkazish tavsifining ikkita shaklidan istalganini tanlash mumkin, chunki ular uzatish koeffisiyentining bu diapazondagi maksimal va minimal qiymatlari o`rtasidagi nisbatga ko`ra yuklamalarning to`liq diapazonida taxminan bir xil nochiziqlilikni beradi.

RO ni tanlash loyihalanayotgan qurilma uchun qanday o`tkazilsa, mavjudlari uchun ham shunday o`tkaziladi. Birinchi holatda trubao`tkazgich tarmog’i va muhitning boshlang’ich bosimi haqidagi berilganlar mavjud emas. Ular tarmoqni loyihalashda va RO ni tanlashda aniqlanadi.
Ikkinchi holatda o`sha berilganlar ma’lum.



Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin