Avlod tarbiyasi masalalari



Yüklə 54,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix25.12.2023
ölçüsü54,75 Kb.
#196098
  1   2   3   4   5
jadidlar-faoliyatida-ma-rifatparvarlik-va-barkamol-avlod-tarbiyasi-masalalari (2)



SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 
ǀ
ISSUE 8 
ǀ
2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 368
JADIDLAR FAOLIYATIDA MA’RIFATPARVARLIK VA BARKAMOL 
AVLOD TARBIYASI MASALALARI 
 
Husnida Numonjon qizi Komilova 
O’zbekiston Xalqaro islom akademiyasi magistranti 
ANNOTATSIYA 
Maqolada jadidlar faoliyati va ularning barkamol avlod tarbiyasi masalalari 
yuzasidan qarashlari haqida ma’lumotlar berilgan. 
Kalit so’zlar: 
Jadid, jadidlar, sho’ro tuzimi, mafkura, ma’rifatparvarlik, iqtisodiy 
tazyiqlar. 
ISSUES OF ENLIGHTENMENT AND EDUCATION OF A DEVELOPED 
GENERATION IN THE ACTIVITIES OF JADIDS 
 
ABSTRACT
The article provides information about the activities of the Jadids and their views 
on the education of a harmoniously developed generation. 
Keywords: 
Jadids, Jadids, Soviet system, ideology, enlightenment, economic 
pressures. 
Ma’lumki, o’z faoliyatini nafaqat siyosiy, balki ta’lim va tarbiyani yuksaltirish, 
turkiston o’lkasini ma’naviy hamda ma’rifiy isloh qilish, barkamol avlodni tarbiyalash 
masalasini o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan jadidlar harakati o’lka xalqlari tarixida 
muhim ro’l o’ynagan. Aslida jaded so’zi (arabcha “jadid”-yangi) yangilanish ma’nosini 
anglatib, yangi zamonaviy maktab, matbaa, milliy taraqqiyot usullarini jamiyatga tadbiq 
etishdan iborat ijtimoiy-siyosiy va ma’rifiy harakat, shu oqim tarafdorlarining umumiy 
nomi. Jadidchilik XIX asr oxiri va XX asr birinchi choragida Turkistondagi milliy-
ozodlik harakatining milliy mafkurasi, o’lka xalqlarining milliy mustaqillik va 
ma’rifatparvarlik g’oyasi sifatida shakllandi. 
XIX asrda ma’rifatparvarlik g’oyalari bilan nom olgan va XX asr boshida 
rivojlangan jadidchilik harakatining taraqqiyparvar nomoyondalari – Behbudiy, Fitrat, 
Cho’lpon, Munavvar Qori, Abdulla Avloniylar ijodi va faoliyatida yana ham kuchaydi. 
Jadidlar Turkistondagi xalqlarni birlashtirish va butun o’lkaning milliy mustaqilligi 
uchun kurash g’oyasini ilgari surdilar. 
Barkamol avlod tarbiyasida jadidlar faoliyatining muhim xususiyati shunda ediki, 
avvalambor Turkistonni o’rta asrga xos tarqoqlikdan ozod qilish, xalqni, millatni 
zamonaviy taraqqiyot yo’liga olib chiqish, milliy davlat bunyod etish, zamonaviy idora 
usulidagi ozod va farovon jamiyat qurish hamda ma’rifatparvarlik kabi masalalar edi. 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 

Yüklə 54,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin