Asosiy vositalar auditining bosh maqsadi - korxona egaligida bo'lgan, korxona faoliyatida bir yildan ortiq foydalaniladigan va qayta sotish uchun mo‘ljallanmagan moddiy va nomoddiy aktivlar harakati va ular bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari to‘g‘ri hisoblanganiga va balans, hamda moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotlarda BHMS talablariga mos aks ettirilganiga ishonch hosil qilishdan iborat.
Asosiy vositalar bo‘yicha audit tekshiruvini o'tkazish jarayonida auditoming vazifalari quyidagilardan iborat:
• asosiy vositalar harakati va ular bo‘yicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblashga nisbatan samarali ichki nazorat tizimining tashkil etilganligini tekshirish va uning sifatini baholash;
• buxgalteriya tizimi ma’lumotlari va moliyaviy hisobotlarda aks ettirilgan asosiy vositalar va haqiqatdan ham mavjud va ular bo‘yicha hisoblashishlar haqiqatdan ham ro‘y berganligiga ishonch hosil qilish;
• asosiy vositalaming barchasi to'liq hisobga olinganligini tekshirish;
• asosiy vositalar harakati va ular bo'yicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblashda arifmetik amallar to‘g‘ri bajarilganligini o‘rganish;
• balans hisobotida asosiy vositalar haqiqiy qiymatida aks ettirilganligini baholash;
• balans hisobotida debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘ri guruhlashtirilganligiga va agar zarural bo'lsa, ular bo‘yicha zaruriy qo‘shimcha ma’lumotlar ilovalarda to‘liq va to‘g‘ri keltirilganligiga ishonch hosil qilish.
Asosiy vositalar auditning maqsadi, vazifalari va manbalari. Asosiy vositalar auditining asosiy vazifalariga muvofiq tekshiruvni yetti yo‘nalishga ajratish mumkin: asosiy vositalar mavjudligi va saqlanishining auditi;
asosiy vositalar harakatining auditi;
asosiy vositalar bo'yicha eskirish to‘g‘ri hisoblanganligining auditi;
asosiy vositalar qabul qilinishi bo‘yicha operatsiyalami tekshirish;
asosiy vositalar tugatilishi to‘g‘ri hisobga olinganligini tekshirish;
asosiy vositalami ta’mirlash bo‘yicha xarajatlar asoslanganligini tekshirish;
asosiy vositalarga oid operatsiyalar to‘g‘ri soliqqa tortilganligini tekshirish.
Asosiy vositalar auditning maqsadi, vazifalari va manbalari. Asosiy vositalar bo'yicha 13 operatsiyalami hisobga olish yuzasidan qanday shakl qo'llanishiga qaramasdan ular dastlabki hisob hujjatlari quyidagi umumlashtirilgan idoralararo shakllarida rasmiylashtirishi lozimligini unutmaslik kerak:
Asosiy vositalar auditning maqsadi, vazifalari va manbalari. AV-1 shakli - asosiy vositalami qabul qilish-topshirish dalolatnomasi (yuk xati);
AV-3 shakli - ta’mirlangan, qaytadan tiklangan va zamonaviylashtirilgan obyektlami qabul qilish-topshirish dalolatnomasi;
AV-4 - asosiy vositalami hisobdan chiqarish dalolatnomasi;
AV-4a - avtotransport vositalarini hisobdan chiqarish dalolatnomasi;
AV-6 - asosiy vositalami hisobga olish bo‘yicha inventar varaqasi va boshqalar.