Асосий воситалар эскириши хисоби ва аудити



Yüklə 335,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/10
tarix13.04.2023
ölçüsü335,23 Kb.
#97073
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
asosiy vositalar hisobi

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



1. Asosiy vositalarni turkumlash va baholash 
Asosiy vositalarni guruhlarga ajratishda asosiy e’tibor ularning natural-
moddiy tarkibiga qaratiladi. Mehnat vositalarining bu turi natural-moddiy tarkibi 
bo‘yicha quyidagi turkumlarga ajratiladi (1-rasm). 
Yerni obodonlashtirish - yerni obodonlashtirish uchun sarf sifatida erni 
yangidan o‘zlashtirish, uning unumdorligini oshirish, turli transport vositalariga 
o‘tish va to‘xtash joylarini barpo etish, to‘siqlar va obodonlashtirishning boshqa 
turlari qiymati bilan yer maydonini obodonlashtirishga taaluqli xarajatlar ham 
hisoblanadi. 
Binolar - asosiy konstruktiv qismlari jihatidan devorlar va tomga ega 
bo‘lib, ishlab chiqarish binolari, tsexlar, ustaxonalar, boshqarma binosi
omborxonalar, turar-joy binolari va boshqa ishlab chiqarish, ma’muriy-xo‘jalik
va ijtimoiy-maishiy maqsadlarda foydalaniladigan ob’ektlar hisoblanadi. 
Binolardan foydalanishda zarur bo‘ladigan ularning ichidagi kommunikatsiya 
vositalari (isitish, yoritish, shamollatish, suv-gaz ta’minoti tizimi, elektr quvvati 
uzatuvchi va yorituvchi elektr simlarining ichki tarmog‘i, ichki telefon va 
signalizatsiya vositalari, yukko‘targichlar va lift xo‘jaligi) ham binolar tarkibiga 
kiritiladi. 
Inshootlar mehnat jarayoni va uning natijalarini o‘zgartirmagan holda 
ishlab chiqarish jarayonlarining texnikaviy yoki umumiy vazifalarini bajarishga 
sharoit yaratishda xizmat qiladigan yoki turli noishlab chiqarish vazifalarini 
o‘taydigan ob’ektlar hisoblanib, inshootlar sifatida neft va gaz quduqlari, shaxta 
yo‘llari, avtomobil yo‘llari, yo‘laklar, ko‘priklar, estakadalar, tunnellar, ko‘cha 
yoritish chiroqlari, plyajlar, to‘g‘onlar va boshqalar hisobga olinadi. 

Yüklə 335,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin