As-1 va as-2 guruh talabalari bilan Adiblar xiyoboniga tashrif



Yüklə 3,56 Mb.
tarix04.10.2023
ölçüsü3,56 Mb.
#151992
Adiblar xiyoboni


AS-1 va AS-2 guruh talabalari bilan
Adiblar xiyoboniga tashrif
Ma’lumotnoma
Avtomobil servisi yo’nalishi AS-1 va AS-2 guruh talabalari (28nafar) bilan birgalikda, Avtomobilsozlik va ishlab chiqarish muhandisligi kafedrasi assistenti Otaqo’ziyevlar 1.04.2023 kuni “Adiblar xiyoboni”ga tashrif amalga oshirildi.
Barchamiz uchun taniqli va sevimli bo‘lgan Adiblar xiyoboni Toshkent shahridagi mutlaqo yangi va noyob maskanlardan biri hisoblanadi. Ushbu xiyobon Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston milliy bog'ida joylashgan bo'lib, Chilonzor tumani Furqat ko'chasida, O'zbekiston parlamenti yaqinida joylashgan. 2017 yildan buyon bog'ning yana bir muhim maskaniga aylangan va o'zbek adiblariga bag‘ishlangan yagona ansambldan tashkil topgan. Ularning kompozitsiyasiga Hamid Olimjon, G'afur G'ulom, Zulfiya, Abdulla Qahhor, Oybek, Said Ahmad va albatta buyuk mutafakkir Alisher Navoiy haykali o'rnatilgan. Uning eng mashxur asarlari "Fikrlar xazinasi", "Qirq hadis", "Hamsa" va boshqalarni keltirish mumkin.




Bu o‘z navbatida, xorijiy sayyohlar va mehmonlar uchun O'zbekiston xalqining ma’naviy hayotiga daxldor bo'lish, buyuk yozuvchilarimizning milliy adabiyotini o'rganish, oilaviy tabiiy bog‘da sayr qilish va mamlakatimizda faol rivojlanib borayotgan haqiqiy ma'naviy hayotdan bahramand bo'lish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Talabalar adiblar hayoti va ijodi haqidagi bilimlarini o’zaro almashishdi, ularga tashrif juda yaxshi kayfiyat va ma’naviy ozuqa bo’lib xizmat qildi.



Guruh tyutori: Turdibekov N.
Yüklə 3,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin