Arxitekturaviy loyihalash asoslari



Yüklə 493,81 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix31.03.2023
ölçüsü493,81 Kb.
#91939
1   2   3   4
True

Birinchi bo‘lim.
ASOSIY TUSHUNCHALAR
I qism. ARXITEKTURA TO‘G‘RISIDA UMUMIY
MA’LUMOT
1.1. Arxitektura to‘g‘risida tushuncha
Inson faoliyatining qadimiy va nafis sohalaridan biri bu arxi-
tekturadir. Arxitekturaga ta’rif bermasdan avval, «arxitektura» so‘-
zining kelib chiqishiga nazar tashlaylik. So‘z ildizi «tektura» quri-
lish san’ati ma’nosini berib, «arxi» qo‘shimchasi esa oliy, yuqori
darajada degan ma’noni bildiradi. Demak, «arxitektura» — quri-
lishning yuqori bosqichi, ya’ni oliy darajadagi qurilish demakdir.
Aynan shu ma’noda «arxitektor» o‘zbek tilidagi «me’mor»
so‘ziga yaqin turadi. Shuning uchun ham arxitekturaga nisbatan
me’morchilik atamasi keng ishlatiladi. Arxitektura qurilish san’ati-
ning oliy darajasi, biroq har qanday qurilishni ham arxitekturaga
tenglashtirish yoki o‘xshatish mumkin emas. Chunki qurilish juda
keng qamrovli so‘z bo‘lib, arxitekturaga mos bo‘lmagan ayrim
sohalarni ham o‘z ichiga oladi. Masalan, temiryo‘l qurilishi, yerosti
quvurlari yoki shaxtalar qurilishi va hokazo.
Demak, har qanday qurilish ham arxitektura bo‘la olmaydi,
lekin har qanday arxitektura negizida, avvalambor, qurilish yota-
di. Qurilishning arxitekturaga aylanishi uchun u yuqori darajada-
gi san’at namunasi yoki asari tarzida yaratilishi kerak. Arxitektu-
rani inson amaliy faoliyatining boshqa turlaridan, shu jumladan,
qurilishdan farqi shundaki, u foydalilik masalalaridan tashqari, muay-
yan tarixiy va ijtimoiy-ma’naviy muhit hamda davr ehtiyojlarini
qondiruvchi mafkuraviy va badiiy estetik vazifalarni ham bajaradi.
Arxitekturaning hozirgacha qabul qilingan ta’rifi shunday: arxi-
tektura — inson va jamiyat faoliyati, insonning maishiy turmushi,
mehnati, umuman hayoti uchun fazoviy muhit yaratish san’atidir.
Bu yerda «fazoviy» deyilganda kosmosni emas, balki yer sathi


7
ustida quriladigan obyektlar joylarni nazarda tutiladi. Bunday
fazoviy muhit yopiq yoki ochiq bo‘lishi mumkin. U chegaralovchi,
belgilovchi (devor, tom, to‘siq, panjara, dov-daraxt, tosh kabi)
strukturalar yordamida tashkil etiladi. Masalan, Toshkentdagi
«Moviy gumbazlar» qahvaxonasi yoki uning yonidagi choyxona
binolari g‘isht, beton va oyna, to‘siq-devor, pol va tom (gumbaz
ham tomning bir turi) yordamida atrofdan chegaralanib, yopiq
fazoviy muhit hosil etilgan. Bu yerdagi xiyobonda tok va so‘ri osti-
da ham qisman chegaralangan muhit hosil qilingan. Bundan farqli
holda choyxona oldidagi sufa-so‘rilar gorizontal tekislik bo‘yicha
ochiq muhitga ajratilgan. Sayr yo‘llari ham ochiq muhitdir. Ular
daraxt, buta, maysa, plita, tosh, suv basseyni, favvora kabilar yor-
damida rejalangan.
Yana shuni aytish joizki, «arxitektura» o‘zining yaratilishi ji-
hatidan ikki ma’noda ishlatiladi, birinchidan, inson ijodiy faoliya-
tining sohasi ma’nosida va, ikkinchidan, shu faoliyatning mahsuli
ma’nosida.
Arxitekturaning maqsadi va vazifalari. Insonlarning yashashi,
ishlashi va dam olishiga mo‘ljallanib tashkillashtirilgan makonni
yoki muhitni shakllantirish arxitekturaning bosh vazifasidir. Bi-
roq, uning vazifasi bu bilan cheklanmaydi. Ma’lumki, har qan-
day muhit odamlar ruhiyatiga, ongining shakllanishiga ta’sir ko‘r-
satadi. Chunki arxitekturada qo‘llaniladigan hajmiy shakllar, mod-
diy muhit biron bir jozibali ko‘rinishga yoki axborotga ega bo‘la-
diki, ular odamlar didiga, ongiga ijobiy yoki salbiy ta’sir etishi
mumkin. Arxitekturaning vazifasiga ana shu muhitda insonlar
uchun o‘ziga xos qulaylik va shinamlik yaratishgina emas, balki
insonning go‘zallikka bo‘lgan ehtiyojini qondirish, u yashayotgan
jamiyat madaniy hayoti, xalqchil milliy an’analari va ilg‘or estetik
tuyg‘ularini o‘zida aks ettirish kabi vazifalar ham kiradi.
Arxitektura insonning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qon-
diradi. U insoniyat jamiyati yashash va dam olish vositalarining
qanchalik zaruriy qismlari (turar-joy uylari, jamoat binolari, bog‘
va parklar, xiyobonlar va boshqalar)dan tarkib topsa, xuddi shun-
cha ishlab chiqarish vositalari (zavod va fabrikalar, elektr va issiq-
lik stansiyalari, ishlab chiqarish korxonalari)dan ham tarkib topa-


8
di. Umumiy ma’noda arxitektura — bu insoniyatning yashashi va
faoliyati uchun sun’iy shakllantiriladigan, amaliy va ma’naviy ehti-
yojlarga mo‘ljallangan moddiy muhitlar tizimidir. Ayni paytda,
arxitektura bu san’at hamdir. Shu boisdan arxitekturada muay-
yan hayot tarzi, davr tafakkuri va talabi, muayyan estetik va maf-
kuraviy ehtiyojlar, g‘oyalar majmuasi o‘zining moddiy va badiiy
ifodasini topadi.
Arxitektura ko‘p qirralidir. U muayyan vazifalarga mo‘ljallanib
tashkillashtirilgan ichki muhitli binolar, binolar ansambli va kom-
pleksi, shaharlar, qishloqlar, maxsus tashkillashtirilgan tashqi ochiq
muhitlar (ko‘chalar, maydonlar, istirohat bog‘lari, parklar, mahal-
lalar, dahalar)dan tashqari, ichki muhitga ega bo‘lmagan, biroq
ochiq muhitni tashkillashtirishga xizmat ko‘rsatuvchi inshootlar va
mo‘jaz me’moriy shakllar (monumentlar, obelisklar, tasviriy oy-
nalar, ko‘priklar, yo‘llar, sohillar, ko‘prik yo‘llar (puteprovodlar),
transport chorrahalari (razvyazkalari), favvoralar, zinapoyalar,
to‘siqlar va sh.k.) hamdir. Ana shu nuqtayi nazardan olib qara-
ganda arxitektura jamiyatning ijtimoiy, ishlab chiqarish va maf-
kuraviy ehtiyojlaridan vujudga keluvchi moddiyatdir. Aynan ana
shu ehtiyojlar arxitektorlar oldiga aniq vazifalar qo‘yadi. Yaratil-
gan arxitektura jamiyat va uning ma’lum bir davrining moddiy va
ma’naviy madaniyatini belgilaydi, o‘zida aks ettiradi.

Yüklə 493,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin