Arxitekturaviy loyihalash asoslari


A. O‘ralov, X. Po‘latov, M. Miryusupova, M. Zoirova, O. Salimov



Yüklə 493,81 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix31.03.2023
ölçüsü493,81 Kb.
#91939
1   2   3   4
True

A. O‘ralov, X. Po‘latov, M. Miryusupova, M. Zoirova, O. Salimov,
Sh. Nurmuhammedova, D. Alimova, A. Turdiyev, Sh. Reyimbayev
T a q r i z c h i l a r :
X.A. Salohuddinov, Toshkent Davlat sharqshunoslik institutining
professori, arxitektura fanlari nomzodi.
R.T. Toshtemirov, Samarqand Davlat me’morchilik-qurilish
institutining professori, arxitektura fanlari nomzodi.
© «Noshir» nashriyoti, 2010- y.
ISBN 978-9943-353-31-2


3
SO‘ZBOSHI
Arxitektorlarni tayyorlash jarayonida «Arxitekturaviy loyiha-
lash asoslari» fanining ahamiyati va ushbu fan bo‘yicha 1—2-kurs-
larda o‘tiladigan nazariy va amaliy mashg‘ulotlarning roli ni-
hoyatda muhimdir. Darslikda bir yarim yil, ya’ni uch semestr
davomida talabalarga mazkur fandan beriladigan nazariy bilimlar
va amaliy vazifalarni bajarishda kerak bo‘ladigan barcha ma’lu-
motlar mujassamlashgan. Ma’lumki, 1- va 2-semestrda talabalar
me’moriy loyihalashning ijodiy jarayoniga kirishmaydilar, balki
arxitekturaning boshlang‘ich tili bo‘lmish — me’moriy loyihalash-
ning asoslari bilan tanishadilar. Nihoyat, 3-semestrda, ya’ni tala-
ba 2-kursga o‘tgandagina uning uchun bevosita me’moriy loyiha-
lashning ijodiy jarayoni boshlanadi. Shunga muvofiq ravishda,
mazkur darslik uch bo‘limga bo‘lingan. I bo‘lim «Arxitekturaviy
loyihalash asoslari fanining nazariyasi» deb ataladi. Unda arxi-
tektura haqidagi dastlabki asosiy tushunchalar, me’moriy chizma-
larning asosiy turlari, ularni ifodalash va loyihalash asoslari bayon
qilingan. II bo‘lim «Arxitekturaviy loyihalash asoslarining amaliy
mashg‘ulotlari» deb atalib, unda mazkur fandan bajariladigan
grafik topshiriqlar va kichik me’moriy shakllarni loyihalash ma-
salalari bayon etilgan. Talaba bu bo‘limda eng sodda, ichki mu-
hitsiz me’moriy shaklni loyihalash vazifasini bajarish bo‘yicha,
undan keyin esa ichki muhitli kichik me’moriy shakllarni loyiha-
lash bo‘yicha ma’lumotlarga va, nihoyat, darslikning 3-bo‘limida
mazkur fandan talabalar bajaradigan mustaqil ishlarning mazmu-
ni, shakli, hajmi va ularni baholash mezonlari haqidagi ma’lu-
motlarga ega bo‘ladilar.
Darslikda TAQI va SamDMQI «Arxitektura tarixi va naza-
riyasi» kafedralarining uzoq yillar davomida to‘plagan tajribalari aks
ettirilgan hamda turli o‘quv adabiyotlari, hujjatlaridan, shuning-
dek, Y. Slonim, V. Manakova, S. Kachurina, A. Bokareva,
G. Grishina, A. Gauzen, D. Asqarova, X. Po‘latov kabi mualliflar
tomonidan tayyorlangan loyiha topshiriqlaridan foydalanilgan.
Respublikamizning mustaqillik yillarida TAQI va SamDMQI
professor-o‘qituvchilari tomonidan «Arxitekturaviy loyihalash asos-


4
lari» faniga doir bir necha o‘quv qo‘llanmalari, ma’ruza matnlari
va talabalar mustaqil ishlarini bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma-
lar yozilib chop etildi. Ular jumlasiga M. Roziqberdiyevning «Kichik
arxitektura shakllari» o‘quv qo‘llanmasi (1995-y.), X. Po‘latov
rahbarligida yozilgan «Arxitekturaviy loyihalash asoslari» o‘quv
qo‘llanmasi (2000-y.), D. Asqarova, M. Miryusupovalarning
«Kichik me’moriy shakllar» o‘quv qo‘llanmasi (2005-y.), A. O‘ralov,
A. Rahimov, B. Saidovalarning «Arxitekturaviy kompozitsiya va
loyihalash asoslari» o‘quv qo‘llanmasi (2005-y.), A. O‘ralov,
T. Qo‘shmonov, Sh. To‘g‘izovlarning «Arxitekturaviy loyihalash
asoslari» fanidan ma’ruzalar matni (2005-y.) kiradi. Bu o‘quv
adabiyotlari va «Arxitekturaviy loyihalash asoslari» fanidan tala-
balar bajargan kurs ishlari mazkur darslikni yozishda asos bo‘lib
xizmat qildi.
Mazkur darslikdagi «So‘zboshi» va «Arxitektura to‘g‘risida
tushuncha» qismi — X. Po‘latov, A. O‘ralov, «Arxitekturaga xos
jihatlar» va «Arxitekturaning tarmoqlari» — A. O‘ralov, «Me’moriy
chizma haqida» — A. O‘ralov, «Me’moriy ortogonal chizmalar» va
«Arxitekturaviy orderlar» — A. O‘ralov, «Me’moriy shakllarning
o‘lchov chizmalari» — O. Salimov, «Akademik bo‘yov mashqi» va
«Shriftli kompozitsiya» — A. O‘ralov, «Arxitekturaviy lavha tas-
viri» — X. Po‘latov, A. O‘ralov, «Inshootning umumiy ko‘rinishi
tasviri» — A. O‘ralov, «Me’moriy yechimga ta’sir etuvchi omillar»
va «O‘quv loyihasini bajarish uslubi» — A. O‘ralov, «Kichik me’mo-
riy shakllar» — M.Miryusupova, A.O‘ralov, «Kichik me’moriy
shaklni o‘lchash va uning ortoganal chizmalarini bajarish» —
M. Zoirova, «Bo‘yash mashqini bajarish» — Sh. Nurmuha-
medova, D. Alimova, «Kichik me’moriy shakllarni loyihalash» —
M. Miryusupova, «Mustaqil ishlar mazmuni va shakllari» —
X. Po‘latov, «Uslubiy ko‘rsatmalar» — X. Po‘latov, Sh. Reyimbayev,
«Talabalar reytingini aniqlash» — X. Po‘latov, «Lug‘at» qismi
A. O‘ralov tomonidan yozildi. Darslikka 2000- yilda chop etilgan
o‘quv qo‘llanmaning ayrim qismlari: «Loyihalash — ijodiy jarayon»
(M. Roziqberdiyev), «Orderlarning umumiy (massalardagi) ko‘ri-
nishini chizish» (X. Po‘latov, D. Nosirova), «Arxitekturaviy
lavhani tasvirlash» (X. Po‘latov, A. Rizayeva), «Shriftli kompo-


5
zitsiya tuzish» (A. Tolipov), «Inshootning ortogonal tasvirini ba-
jarish» (M. Roziqberdiyev), «Inshootning perspektivadagi ko‘ri-
nishini ishlash» (X. Po‘latov, D. Asqarova) ham kiritilgan. So‘nggi
yillarda TAQI da bajarilgan talabalar ishlari A. Turdiyev tomoni-
dan tayyorlagan.
Darslik TAQI va SamDMQI ning o‘zaro hamkorligida yara-
tilgan bo‘lib, unga «Arxitektura nazariyasi va tarixi» kafedrasi
mudiri A. O‘rolov tahriri ostida Samarqandda 2005-yilda chop
etilgan «Arxitekturaviy kompozitsiya va loyihalash asoslari» o‘quv
qo‘llanmasining «Arxitekturaviy grafika», «Me’moriy loyihalash
asoslari» bo‘limlari va ayrim ilovalar kiritilgan.
Mazkur darslik «Arxitekturaviy loyihalash asoslari» fanining
O‘zbekiston Respuplikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi to-
monidan 2006-yil 18- iyulda tasdiqlanib ro‘yxatga olingan dastu-
ri asosida yozildi.


6

Yüklə 493,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin