Aruzning asosiy birliklari bo'g'in va hijo tushunchalari vasl va imola hodisalari Reja


Musta'mal bahrlar ularning turkiy she'riyatda qo'llanilish darajasi



Yüklə 50,49 Kb.
səhifə8/10
tarix20.11.2023
ölçüsü50,49 Kb.
#165929
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Reja Aruzning asosiy birliklari-fayllar.org

Musta'mal bahrlar ularning turkiy she'riyatda qo'llanilish darajasi


Reja


  1. Turkiy (oʻzbek) she’riyatda musta’mal bahrlar, ularning qo’llanilish darajasi.


  2. Ramal – turkiy she’riyatning yatakchi bahri sifatida. Ramal bahrining foilotin asliy rukniga asoslanishi.

Aruziylar «bahr»ning ma’nosini «dengiz» deb izohlaydilar. A.Rustamov «Badoe’u-s-sanoe’ tarjimasida uni «turkum» sifatida talqin qiladi2 va bu juda to‘g‘ri yo‘ldir. Chunki bahr ma’lum asl va uning far’lari majmuidan iborat bo‘lib, bunda har bir asl o‘z far’lari bilan alohida-alohida turkumlarni tashkil qilishi kuzatiladi. Binobarin, har bir turkum alohida bahrni vujudga keltiradi. Bahrlar majmu’i uning ko‘pligi bo‘lgan «buhur» so‘zi bilan ifodalanadi.

Bilgilki, bahr yo ma’lum bir asldan, yo ikki asldan tarkib topadi (Ana endi aslning ma’nosi yanada oydinlashdi. «Asl»ning ma’nosi «asos» edi. Demak, biror she’rning ohangi yo bir, yo ikki asl ohangiga mos bo‘lgani uchun ular shunday nomlangan ekan). Bu bahr asoslarini ham yod olish shart!


Bir aslga asoslangan bahrlar:
Mutaqorib (lug‘aviy ma’nosi: yaqin. Vatadlari bir-biriga yaqin bo‘lgani uchun shu nomni olgan) – «fauvlun»;
Mutadorik (lug‘aviy ma’nosi: yetishuvchi, orqadan kelib qo‘shiluvchi. Bu bahr Abul Hasan Axfash tomonidan kashf etilib, Xalil ibn Ahmadning 15 bahriga qo‘shilgani uchun shunday nomlangan degan fikrlar bor) – «foilun»;
Hazaj (lug‘aviy ma’nosi: zamzama qilish, bir xil ovozni takrorlash) – «mafoiylun»;
Ramal (lug‘aviy ma’nosi: tuyaning lo‘killashi; kuy nomi; to‘qish) – «foilotun»;
Rajaz (lug‘aviy ma’nosi: tuyaning horigan paytida bo‘ladigan qaltiroq kasali. Iztirobli ohangga ega bo‘lgani uchun shunday nomlangan) – «mustaf’ilun»;
Komil (lug‘aviy ma’nosi: yetuk) – «mutafoilun»;
Vofir (lug‘aviy ma’nosi: mo‘l. Harakatlar, qisqa unlilar unda ko‘p bo‘lgani uchun shunday nom olgan) – «mafoilatun» aslidan hosil bo‘ladi.
Ikki aslga asoslangan bahrlar:
Xafif (lug‘aviy ma’nosi: yengil) – «foilotun» va «mustaf’ilun»;
Muzore’ (lug‘aviy ma’nosi: (hazajga) o‘xshash) – «mafoiylun» va «foilotun»;
Mujtass (lug‘aviy ma’nosi: (xafifdan) yulib olingan) – «mustaf’ilun» va «foilotun»;
Munsareh (lug‘aviy ma’nosi: erkin) – «mustaf’ilun» va «maf’uvlotu»;
Tavil (lug‘aviy ma’nosi: uzun) – «fauvlun» va «mafoiylun»;
Madid (lug‘aviy ma’nosi: cho‘ziq) – «foilotun» va «foilun»;
Basit (lug‘aviy ma’nosi: yoyiq) – «mustaf’ilun» va «foilun»;
Muqtazab (lug‘aviy ma’nosi: (munsarehdan) kesib olingan) – «maf’uvlotu» va «mustaf’ilun» asllarining birga qo‘llanishidan hosil bo‘ladi.
Ikki aslga asoslangan bahrlarning ba’zilarida bir asl ikki marta takrorlangan bo‘ladi:
Qariyb (lug‘aviy ma’nosi: (muzore’ga) yaqin) – «mafoiylun», «mafoiylun» va «foilotun»;
Mushokil (lug‘aviy ma’nosi: (qaribga) shakldosh) – «foilotun», «foilotun» va «mafoiylun»;
G‘arib (Jadid ham deyiladi, lug‘aviy ma’nosi: yangi) – «foilotun» «foilotun» va «mustaf’ilun»;


Yüklə 50,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin