Aralash funksiyali birikmalar


OKSIALDEGIDLAR VA OKSIKETONLAR



Yüklə 179,41 Kb.
səhifə6/7
tarix16.04.2023
ölçüsü179,41 Kb.
#98926
1   2   3   4   5   6   7
Aralash funksiyali birikmalar

OKSIALDEGIDLAR VA OKSIKETONLAR


Tuzilishida bir vaqtning o‘zida gidroksil va karbonil guruhlari bo‘lgan birikmalar oksialdegidlar va oksiketonlar deyiladi.
Gidroksil va karbonil guruhlarning o‘zaro xolatlariga qarab, ular -, -, - va x.k. oksialdegid va oksiketonlarga bo‘linadilar

CH3 – CH2 – CH – CHO CH3 – CH – CH2 – CHO



OH

α-oksimoy aldegid β- oksimoy aldegid 2-oksibutanal 3-oksibutanal


Oksialdegid va oksiketonlar ko‘p atomli spirtlarni oksidlab, galogen saqlovchi aldegid va ketonlarni gidrolizlab, aldol kondensatlanish orqali va boshqa usullar bilan olinishi mumkin:

  1. Ko‘p atomli spirtlarni oksidlanganda oksialdegid va oksiketonlarning aralashmasi hosil bo‘lishi mumkin, maslan:




1-modda glitserin aldegid

2-modda dioksiatseton


AMINOKISLOTALAR


Molekulasida bir vaqtning o’zida ham aminogruppa – NH2, ham karboksil – COOH gruppa bo’ladigan azotli organik birikmalar aminokislotalar deb ataladi.
Aminokislotalarni organik kislotalarning hosilalari deb – ya’ni kislotalar radikalidagi bir yoki bir necha H-atomlarining aminogruppaga almashinishining natijasi deb qarash mumkin. Ularning umumiy formulasi CnH2n(NH2)(COOH) yoki H2N–R–COOH ga to’g’ri keladi.
Aminokislotalar aminogruppa – NH2 va karboksil – COOH gruppalarning soniga qarab uch xil bo’ladi:

  1. Molekulasida bitta aminogruppa - NH2 va bitta karboksil – COOH gruppa tutgan aminokislotalar. Bunday aminokislotalar monoamino-monokarbon kislotalar deyiladi. M-n:

H2N–CH2–CH2–COOH
Ushbu tarkibdagi aminokislotalarning eritmalari neytral muhitga ega bo’ladi.

  1. Molekulasida ikkita aminogruppa - NH2 va bitta karboksil – COOH gruppa tutgan aminokislotalar. Bunday aminokislotalar diamino-monokarbon kislotalar deyiladi. M-n:

H2N–CH–CH2–COOH NH2
Ushbu tarkibdagi aminokislotalarning eritmalari asosli muhitga ega bo’ladi.

  1. Molekulasida bitta aminogruppa - NH2 va ikkita karboksil – COOH gruppa tutgan aminokislotalar. Bunday aminokislotalar monoamino-dikarbon kislotalar deyiladi. M-n:

H2N–CH–CH2–COOH COOH
Ushbu tarkibdagi aminokislotalarning eritmalari kislotali muhitga ega bo’ladi.
Radikalning tabiatiga ko’ra aminokislotalar alifatik, aromatik, oltingugurtli, gidroksil gruppali, geterotsiklik, to’yingan va to’yinmaganlarga farqlanadi. Aminokislotalar juda muhim ahamiyatga ega, chunki hayot uchun nihoyatda zarur bo’lgan modda – oqsilning molekulalari α-aminokislotalar qoldig’idan tashkil topganligi sababli, aminokislotalar juda katta ahamiyatga egadirlar. Oqsillar gidrolizlanganda α-aminokislotalarga ajraladi.

Yüklə 179,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin