Arab boʻlak, qism, parcha mumtoz adabiyotda lirik janr. Sheʼriy



Yüklə 75,65 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix02.01.2022
ölçüsü75,65 Kb.
#40272
Qitʼa (lirik janr)



Qitʼa (lirik janr)

Qitʼa (arab. — boʻlak, qism, parcha) —

mumtoz adabiyotda lirik janr. Sheʼriy

shakl sifatida qasida va gʻazaldan oldin

paydo boʻlgan. Tuzilishiga koʻra, gazalga

yaqin turadi, lekin Q.da matlaʼ

qofiyalanmaydi (ab. vb, gb...), hajmi ham

qatʼiy emas, mazmun talabiga koʻra, ikki

bayt va undan ortiq (xatto 19 baytgacha)

boʻlishi mumkin. Har bir Q. yaxlit asar

boʻlib, biron mavzuga bagʻishlanadi.

Boshqa lirik janrlarga nisbatan Q.da shakl

va mazmun erkinligi ustun, mavzu doirasi




ham keng . Unda ijtimoiy-siyosiy, diniy-

falsafiy axloqiy-taʼlimiy va boshqa

mazmundagi fikrlar hajv va

hazilmutoyiba tarzida, shoir hayotining

turli lahzalari bilan bogʻliq qayd va

mulohazalar sifatida oʻz ifodasini topishi

mumkin.

Fors-tojik adabiyotida Q.ning dastlabki

namunalari Rudakiy ijodida koʻrinadi.

Uning janr taraqqiyoti va takomilida fors

shoiri Avhadiddin Anvariy (1190 yil v. e.)

va Ibn Yamin Faryumodiyning xizmati

katta.

Oʻzbek adabiyotida Q.ning ilk namunalari



"Devonu lugotit turk"da, Xorazmiy, Yusuf

Amiriy, Gadoiy, Lutfiy va boshqa ijodida




uchrasa-da, uning taraqqiyoti Alisher

Navoiy ijodi bilan bogʻliq. Q. dan hech

kim Navoiychalik samarali foydalana

olgan emas. U eng koʻp Q. yozgan Ibn

Yaminning ilgʻor anʼanalarini oʻz davri

sharoitiga bogʻlab rivojlantirgan, Q.ni

oʻzbek adabiyotida mustaqil janr

darajasiga koʻtargan. 16—19-asrlarda

Bobur, Poshshoxoja, Munis Xorazmiy,

Shavqiy Kattaqoʻrgʻoniy, Shukuriy

Fargʻoniy, Ogahiy, Miriy, Avaz Oʻtar,

Almaiy va boshqa shoirlar Naioiy

anʼanalarini davom ettirib, oʻzbek

qitʼanavisligiga hissa qoʻshdilar. Habibiy,

Sobir Abdulla, Maqsud Shayxzoda,

Mirtemir, Chustiy, Charxiy, E. Vohidov va




boshqalar Q.lar yaratishgan. Hozir Q.lar

barmoq vaznida ham yozilmoqda.

Orzibekov R., Lirikada kichik janrlar, T.,

1976; Adabiy tur va janrlar |3 j.li|, 2-j..

T.. 1992.

Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-

2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.

Adabiyot



  Soʻnggi tahrir 3 yillar avval Olaf Studt tomonidan amalga oshirildi  

Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha

foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan

boʻlsa).


Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,

Vikipediyaga yordam berishingiz

mumkin. 

Bu andozani 

aniqrogʻiga

 almashtirish kerak.

"

https://uz.wikipedia.org/w/inde



x.php?

title=Qitʼa_(lirik_janr)&oldid=1



987284

" dan olindi 



Yüklə 75,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin