Aqshda turizm asosan 3 ta hudud Florida, Kaliforniya va shtatlarning shimoliy sharqiy qismida rivojlangan


AQSH va Kanada milliy parklari va ularning hukumat bilan hamkorliklari



Yüklə 20,9 Kb.
səhifə2/3
tarix24.12.2023
ölçüsü20,9 Kb.
#191830
1   2   3
Amerika qitasi turistik markazlarib

AQSH va Kanada milliy parklari va ularning hukumat bilan hamkorliklari
Milliy parklar qachonlardir bizning kallamizga kelgan eng buyuk g‘oya hisoblanadi. Mutlaqo amerikancha, mutlaqo demokratik, ular bizdagi eng yaxshi fazilatlarni aks ettiradi. Uolles Styyeled, 1983
Milliy parklar to‘g‘risidagi bizning asosiy tasavvurimiz, xuddi tabiatning buyuk mo‘jizasidek. Yyellouston parki xuddi shunday. Amerikadagi 367 ta milliy parklarni hammasi shunday emas, ular mamlakatning barcha burchaklarida barpo etilgan va joy va landshaftning butun mo‘jizalarini aks ettiradi.
Milliy parklar xizmati 1916 yilda AQSH kongressi tomonidan tabiat burchaklarini konservatlash va ularda kelajak avlodlar bu yerlarga kelishi va bu go‘zalliklardan bahramand bo‘lishi uchun xo‘jalik faoliyatiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida tashkil etilgan.
Juda mashhur Yyellouston va Yosemit parklaridan tashqari, park xizmati ko‘plab tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan inshootlarni nazorat qiladi: Bostondagi Ozodlik so‘qmog‘i, Filodelfiyadagi Mustaqillik zali, Sharpsburg (Merilend shtati) ostidagi jang maydoni, Gavayidagi Pyorlxarborgdagi Arizona kemasiga bag‘ishlangan me’morial, park xizmati himoyasida ko‘plab madaniyat yodgorliklari, arxeologik qazilmalar, yelkanli kemalar, koloniol davri kiyimlari, Fuqarolar urushi davri hujjatlari ham turadi.
Bizning milliy parklarimiz kabi amerikancha hayot aks ettirilgan narsa yo‘q. Mamlakat xalqqa tegishlidir, degan asosiy g‘oya ularga tayanadi.
Park xizmati Arktika tundralaridan tortib Marjon qoyalarigacha bo‘lgan ekotizimlarni, havoni va ichayotgan suvimizni tadqiq etishni nazoratini olgan. U kislota yomg‘irlari, iqlim o‘zgarishlari va biologik o‘zgarish bo‘yicha xalqaro loyihalarda ishtirok etadi. o‘ta go‘zal, tabbiy landshaftlarni saqlash g‘oyasi shundan kelib chiqqanki, odamlar bundan zavqlansin. Bu Amerikaning noyob tabbiy boyliklari inson shafqatsizligi bilan toptalmasin.
Keyingi yigirma yil ichida tizimga yana uchta qo‘riqxona qo‘shildi. Milliy parkning yangi turlari – shahar dam olish hududlari, daryo qo‘riqxonalari, sayyohlik qo‘riqxonalari, tarixiy joylar. qo‘riqxonalar tizimlariga kiruvchi 367 ta hudud 80 million akr yerni egallaydi. Parklarning o‘lchamlari juda turlicha: Vrangeldagi milliy park va Alyaskadagi Muqaddas Elyas parklari 13 million akrlarga ega bo‘lsa, Tadeush Kostyushko milliy me’moriali atigi 0,2 akrni egallaydi.
Har yili 273 million odam milliy parklarga tashrif byuradi. Undagi turli xizmatlar va dasturlardan to‘la-to‘kis foydalanadi. Ko‘p yillar muqaddam park xizmati o‘z oldiga qo‘yigan vazifalar endilikda ko‘proq har bir parkning ekotizimini saqlab qolish va noyob yoki yo‘qolib borayotgan o‘simlik va hayvonot dunyosini himoyalash tomoniga o‘zgardi.
Kanadada 29 ta katta milliy parklar va 20 dan ziyod milliy-tarixiy parklar va manzillar mavjud. Eng go‘zal tog‘ yuksakliklari hududida joylashgan Banf milliy parki 1885 yilda asos solingan birinchi park tizimi edi. Endilikda uning tarkibiga Jasper, Ku-tene, Yoxova Revelstok milliy parklari bir necha mahalliy parklar va qo‘riqxonalar manzarali tog‘ cho‘qqilarga (Britaniya Kolumbiyasi va Albert provinsiyalari) tutashib ketgan. Bu parklarga poyezdda (Kanada Tinch okean temir yo‘li), mashinada (Tronskanada shossesi), shuningdek, mahalliy aviakompaniya xizmatlaridan foydalanib borish mumkin.
Kanada milliy parklari to‘g‘risida qonunda yozilgan: “Parklar Kanada xalqi uchun – uning dam olishi, ma’rifati va ko‘ngil ochishi uchun barpo etilgan va ular bo‘lg‘usi avlodlarga ilk go‘zalligi bilan yetkazib boriladi.” Kanada parklarida sayyohlik xizmati (ayniqsa, Baff shahri) rivojlangan, ko‘plab Shiveytsariya uslubidagi shalelar, chang‘i kurortlari, sport markazlari, xushmanzara, sivilizatsiya oyog‘i yetmagan joylarda alohida dam olish uylari mavjud. Kanadada, va ehtimol butun dunyoda eng katta park Alberta va Shimoliy g‘arbiy hudud provinsiyasida joylashgan Vud baffalo milliy parki hsoblanadi. U 4 million 480 million gektarni tashkil etadi va unda dunyodagi eng yirik yovvoyi bizon podalari yashaydi. Park go‘yo tabiat qo‘riqxonasi sifatida xizmat qiladi va sayyohlarning ommaviy borishlari uchun mo‘ljallanmagan.
Kanada hukumati ikkinchi jahon urushidan keyin dam olish va ko‘ngil ochish ishlari bilan jiddiy shug‘ullana boshladi. Bular, sayyohat, turizm, sport va faol dam olish san’at va madaniyat ushbu yo‘nalishlarning har birida hukumat tomonidan ta’msisi etilgan agentliklar u yoki bu mas’uliyatni zimmasiga olgan holda ish olib boradi. Ular bir-biriga yordam beradi va bir biri bilan ma’lum bir majburiyatlar asosida ish olib boradi.
Urushdan keynggi o‘n yillikda Kanada hukumati mamlakat ichki zahiralarini birinchi navatdagi vazifalarini bajarish uchun ishga solib bir qator umumxalq madaniy tadbirlarini ta’sis etildi. 1950 yillar jismoniy tarbiyaga, 60-yillarda yoshlar, 70-yillarda madaniyat va madaniyatlararo muloqotlar bayrog‘i ostida o‘tdi. 1980 va 90-yillarda yuqoridagi mavzularni birlashtiruvchi va oila hamda nikoh mavzusiga e’tibor beruvchi bir necha dasturlar hayotga tatbiq etildi.
Hokimiyat turli tarmoqlari manfaatlari ko‘p masalalarda, jumladan, dam olish va ko‘ngil ochish masalalarida bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Bu haqda ko‘pgina mamlakatlarning bosh asoschilari mustaqillik deklaratsiyasida har bir fuqaroning hayotdan, erkinlik va baxt topish huquqlarni tasdiqlab, o‘zlarining eng yaxshi so‘zlarini aytishgan. AQSH konstitutsiyasining mag‘zida ushbu huquqlarni tasdiqlovchi federal qonunlar odamlarning ko‘ngil ochishini muvofiqlashtiruvchi usullar o‘z huquqiy asosini topgan. Hukumat fuqarolarning daromadi, savdosi, ko‘chmas mulkidan turli soliqlar ushlab qoladi. Bundan tashqari, hukumat dam olish, transport vositlari, motor qayiqlari, mehmonxona xodimlaridan ham o‘z faoliyati uchun soliq ushlab qoladi.
Soliq mablag‘laridan ajratiladigan pullar, dam olish va fuqarolarning ko‘ngil ochishidan tushadigan soliq mablag‘laridan ajaritladigan pullar barcha darajadagi tashkilotlar o‘rtasida taxsimlanadi: federatsiya/ shtat, provinsiya, kichik va katta shaharlar. Odamlar turli ishlar bilan o‘z ko‘ngillarini ochishadi: muzeylarga, teatrlarga, kutubxona, bog‘, o‘yingoh, tabiat qo‘ynida sayr, sport bilan shug‘ullanish (komandada va alohida) va hokazo.
Sog‘lomlashtirish-ko‘ngilochar tadbirlarda ishtirok etish, demografik xarakterdagi turli omillarga ta’sir qiladi: jins, yosh, madaniy daraja, tarbiya, ta’lim, mashg‘ulot turi, tanishuv.
Biror narsani qabul qilish va belgilashning o‘ziga xosligi ham muhim rol o‘ynaydi. YA’ni biz qandaydir ko‘ngilochar tadbirga qatnashamizmi, agar qatnashsak u bizga yoqadimi? Odamlarning qabul qilishi va belgilashi ma’lum ijtimoiy muhitdagi ularning hayot natijasi hisoblanadi. Tashqi dunyodan kelayotgan rag‘batlantirishlar bizning hayotga bo‘lgan qarashlarimiz va his-tuyg‘ularimizni shakllantiradi. Boshqa jihatdan, bu rag‘batlantirishlar demografik omillar bilan belgilanadi. qisqasini aytganda odamlar o‘zlari uchun o‘z qiziqishlari va qobiliyatlariga xos dam olish turlarini tanlaydi.
Dam olishni uyushtiruvchi mutaxassislar o‘z ishlarida turli muammolarga va turli xarakterdagi huquqiy tushunchalarga duch keladiki, ulardan qo‘yidagilarni aytish mumkin:
* Ko‘ngil ochish tadbirlarini amaliy rejalashtirish.
* Landshaftlarni sinflashtirish.
* Federal budjetdan moliyalashtirish
* Fondlarni bo‘lish va rivojlantirish
* Yerdan foydalanish va hududlar
* Shtatda va mahalliy moliyalashtirish
* Vezdixodlarni halokati va sug‘urta polislari
* Yo‘llardan foydalanish huquqi
* Landshaftlarning tasvirlari (Masalan: hech kim yurmagan joylar, manzarali daryolari bo‘lgan yovvoyi tabiat, dastlabki yashagan aholi yo‘llari, tabiat qo‘riqxonasi)
* Maqsadlar va resurslardagi farqlar (Masalan: ko‘p sonli federal-shtat-mahalliy agentliklar, yerni uchdan bir qismini nazorat qiluvchi fuqarolarning dam olishi uchun foydalanadigan)


Yüklə 20,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin