Antropogenetika usullari populyatsion statistik usul



Yüklə 41,77 Kb.
səhifə1/3
tarix07.01.2024
ölçüsü41,77 Kb.
#207416
  1   2   3
antropogenetika usullari populyatsion statistik usul


ANTROPOGENETIKA USULLARI POPULYATSION STATISTIK USUL

Reja:




  1. Odam genetikasi haqida ma’lumot.

  2. Avlodlar shajarasini yaratish.

  3. Egzaklar muammosi.

Odam biosferaning bir qismi va uning rivojlanish mahsuli bо‘lib barcha organizmlar qatori irsiyat va о‘zgaruvchanlik qonuniyatlariga bо‘ysunadi. Genetikaning odam irsiyati va о‘zgaruvchanligini о‘rgatuvchi bо‘limiga odam genetikasi odamlarda uchraydigan barcha irsiy belgilarni о‘rganadi.
Odam genetikasining dastlabki rivojlanish davrlarida kishilar irsiy belgilarning nasldan-naslga о‘tishi tо‘g‘risidagi tushunchalarni о‘zlarining hayotiy kuzatishlaridan keltirib chiqardilar. Genetika fanining paydo bо‘lishidan oldin, fransuz shifokori P.Mopertyuy (1750) olti barmoqlilik (polidaktiliya) belgisining nasldan-naslga о‘tishini, D.J.Adamson sog‘lom, lekin yaqin qarindosh bо‘lgan ota-onadan tug‘ilgan bolalarda irsiy belgilarning paydo bо‘lishidagi ayrim xususiyatlarni о‘rgandi. 1800-1880 yillari gemofiliya va ranglarni ajrata olmaslik (daltonizm) irsiy belgi ekanligi aniqlandi.
Odam genetikasining paydo bо‘lishida ingliz olimi F.Galtonning ishlari ahamiyatlidir. F.Galton odamlarda ziyraklik, aqliy qobiliyat va iste’dodning naslga berilishini о‘rgandi. Uning ta’biriga kо‘ra genetikaning maxsus usullari bilan inson avlodini yaxshilash mumkin. Shu asosda u genetikada maxsus yо‘nalish hisoblangan-yevgenikani yaratdi va uning asosiy maqsadi qilib odam avlodini belgiladi. Yevgenika grekcha sо‘z bо‘lib, «yev»-yaxshi, «gayus»-zot, Ya’ni odam zotini yaxshilash demakdir.
Odam genetikasi о‘zining quyidagi tekshirish usullari yordamida muhim masalalarni hal qilmoqda.

  1. Avlodlar shajarasini tuzish (geneologik usul).

  2. Sitogenetik usul.

  3. Egizaklar usuli.

  4. Dermatoglifika.

  5. Populyatsion-xisoblash usuli.

  6. Biokimyoviy usul.

Odamni genetik jihatdan о‘rganishning qulaylik tomonlari shundaki, uning kо‘pgina fenotipik Ya’ni anatomik, fiziologik, immunologik, biokimyoviy va klinik belgilari juda yaxshi о‘rganilgan
Avlodlar shajarasini tuzish (geneologik usul). Avlodlar shajarasini tuzish yordamida quyidagilarni aniqlash mumkin: 1.О‘rganilayotgan belgining irsiy yoki irsiy emasligini. 2. Irsiy belgining nasldan-naslga о‘tish harakterini. 3. Genning penetranligini. 4. Genlarning xromosomalarda joylashganligini va hokazolarni.
Avlodlar shajarasini tuzish usuli ikki bosqichda olib boriladi: avlodlar tо‘g‘risida ma’lumotlarni tо‘plash va shajarasini tuzib, uni tahlil qilish.
Birinchi bosqichda tekshirilayotgan oila a’zolarining barchasi shu oilaning kamida 3-4 ta oldingi avlodi о‘rganiladi.
Sitogenetik usul. Odam genetikasida sitogenetik usul hozirgi kunda eng keng qо‘llaniladigan usullardan hisoblanadi. Chunki har bir irsiy kasallikka bu usulsiz tashxis qо‘yib bо‘lmaydi. Bu usul asosan sog‘lom va kasal odam xromosomalarini aniqlashga asoslangan.
Fleming 1892 yili kо‘zning shox pardasi hujayralarining mitoz bо‘linishini о‘rganish paytida, metafaza davrida 22-28 ta xromatinni kо‘radi. Keyinchalik G.Vinivarter (1912) odam jinsiy bezlari spermatogoniy hujayralarida 47-ovogoniy hujayralarida esa 48 xromosoma borligini kо‘rsatdilar. Odam xromosomalarining kichkinaligi, sonining kо‘pligi, ularni metafazada alohida-alohida joylashtiradigan moddaning bо‘lmasligi tufayli uzoq yillar davomida odam xromosomasining haqiqiy soni aniqlanilmadi. T.Morgan irsiy belgilarni yuzaga chiqaruvchi genlarning xromosomada joylashganligini kо‘rsatgandan keyingina xromosomani о‘rganishga e’tibor oshdi va xromosoma jadal suratlar bilan о‘rganila boshlandi.

Yüklə 41,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin