Annotatsiya: Ushbu kurs ishi Eron hududidagi eng qadimgi davlatlarning yuksalishi, rivojlanish bosqichlari, tarixi va hududlari haqidagi ma’lumotlarni yoritib beradi. Denov-2022 mundarij a kirish


Mavzuning o’rganilganlik darajasi



Yüklə 150,09 Kb.
səhifə2/7
tarix24.12.2023
ölçüsü150,09 Kb.
#193073
1   2   3   4   5   6   7
og\'abekk

Mavzuning o’rganilganlik darajasi. Aliyev M. G., Ishanxo'jaeva D. A., Xachiev G. A. Jahon mintaqalari iqtisodiyoti va moliyasi taqqoslash raqamlarida. –T., 2003 yil.; Vavilova E.V. Dunyoning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi. Qo'llanma. – M., 2006 yil.; Soliyev A., Muhammadaliev R.. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya asoslari. –T., 2005.; Soliyev A., Ahmedov E., Muhammadaliyev R. va b. Mintaqaviy iqtisodiyot. O‘quv qo‘llanma. –T.: Universitet, 2003.;Dunyo mamlakatlari ensiklopedik ma'lumotnoma. - Smolensk: Rusich, 2002 yil.;Mamlakatlar va xalqlar. Sharqiy va Markaziy Osiyo. -M.: Fikr 1982 yil.; va boshqa monografiyalardan foydalanildi. Bu manbalarda Eron hududidagi eng qadimgi davlatlarning yuksalishi haqidagi ma’lumotlar yozilganligini bilishimiz mumkin.
Kurs ishining maqsadi va vazifalari: Ushbu kurs ishimni ko’zlangan maqsad Oʻrta asrlarda Eronning ijtimoiy iqtisodiy hayoti haqidagi ma’lumotlarni o’rganish va bu ma’lumotlarni talabalarga yetkazish.
Kurs ishining tuzilishi.Ushbu kurs ishi kirish,asosiy qism,xulosa va foydalanilgan adabiyotlar qismlaridan iborat. Asosiy qismda 2 ta bob va 4 ta reja orqali mavzu yoritib berilgan


ASOSIY QISM


I.bob.Eronda qadimgi podsholiklar va davlatlar
1.1.Qadimgi Elam va Midiya podsholigi
Er. avv. VII-VI ming yilliklarda g`arbiy Eronda dehqonchilik bilan shug`ullanadigan o’troq va ko’chmanchi chorvador qabilalar er.avv. VI-V ming yilliklarda Eronning boshqa hududida tarqaladi2. Er. avv. III ming yillik boshlarida janubiy-g`arbiy Eronda Elamtu (Bobil va osur tilida «mamlakat») yoki Elam ilk davlat birlashmasi shakllanadi. Elam Mesopotamiya hamda shimoliy va sharqiy Eron bilan bog`langan Korun va Kerxa daryolari vodiylarida joylashgan. Suza shahri poytaxtga aylandi. Elam davlati er.avv. XXIV-XXII asrlarda Akkad podsholigiga bevosita qaram bo’ladi.
Er.avv. XXII asr boshlarida Elam mustaqil davlatga aylanadi. Podsho sukkalmax («buyuk elchi») unvoni bilan Suzadan turib davlatni boshqargan. Davlatni boshqarishda yordam bergan podshoning kenja ukasi sukkalom («elchi») deb atalib, Simash (elam tilida Nishanki) shahrini qarorgoh qilib, Elam va Simashni boshqargan. Kichik viloyatlarni «otalar» («adda») boshqarganlar. Hukmdor dunyodan o`tgach, uning o’rniga podshoning ona urug`idan jiyani yeki singlisini o’g`li taxtga o’tirgan. Elam podsholari oilasida bo’lgusi hukmdorlar o’z singillari bilan turmush qurganlar (levirat). Podsho vafot qilgach uning ukasi akasini beva ayoliga uylanib, podsho bo’lish huquqiga ega bo’lgan.
Er. avv. XIV asrdan - er. avv. XII asrlarigacha Elam Bobilga qaram bo’ladi. Elam er. avv. 1155 yildan-er. avv. 1115 yillarda o’z mustaqilligini qayta tiklaydi. Elam er. avv. VII asrdan boshlab, Bobil bilan ittifoqda Osuriyaga qarshi faol ko’rashadi. Er. avv. 549-yilda forslar Elamni bosib oladilar.
Midiya shimoliy–g`arbiy Eronda joylashgan edi. Mamlakatning g`arbiy qismi Zagros tog`i hududi bo’lib, keyinchalik Midiya Atropatenasi deb atalgan. Atropatenadan sharqda Midiyani tekislik qismi joylashgan. Er. avv. III–II ming yilliklarda bu hududlarda kassit, kutiy, xurrit tillarida so’zlashadigan o’troq va ko`chmanchi chorvadorlar yashaganlar.
Er. avv. VII asrda g`arbiy Eronda ilk siyosiy birlashmalar paydo bo’ladi. Shunday birlashmalardan biri Manna podsholigi edi. Er. avv. 672-yilda midiya qabilalari yo`lboshchi Kashtariti boshchiligida Osuriyaga qarshi qo’zg`olon ko`taradilar. Er. avv. 671-yilda midiyaliklar o’z hududlarining g`arbiy qismidan osuriyaliklarni haydab chiqarib, mustaqil davlat tuzganlar. Kashtariti sekin-asta Midiya qabilalarini birlashtiradi. Er. avv. VII asr o’rtalarida Midiya qadimgi sharqda kuchli davlatga aylanadi. Er. avv. 625-yil Kashtaritining o’g`li Kiaksar skiflarning bosqinini bartaraf qilib, barcha midiya qabilalarini birlashuvini to’liq tugallaydi va poytaxti Ekbatana bo’lgan yagona davlat tuzadi. U qurol turlari bo’yicha (nayzabardorlar, kamonchilar, otliqlar) bo’lingan muntazam qo’shin tuzadi. Shundan so’ng, Midiya raqibi Osuriyaga qarshi dastlab o’zi, keyin Bobil bilan ittifoq bo’lib kurash boshlaydi. Er. avv. 612-yil avgustida Midiya va Bobil qo’shinlari Osuriyaning poytaxti Nineviyani yer bilan yakson qiladilar. Er. avv. 609-yilda ular Xarran shahrida osur qo’shinlari qoldiqlarini tor-mor qilganlar. Midiya shimoliy Mesopotamiya va Xarran viloyatini, janubda fors, Kaspiy dengizini janubi-sharqidagi Parfiya va Girkaniyani bosib oladi. Er. avv. 593 yilda midiyaliklar Urartu, skif davlatlarini Sakasena va Mannani o’ziga qo’shib oladi. Er. avv. 585-550-yillarda podsholik qilgan Astiag davrida Midiya katta va qudratli davlatga aylanadi. Bu vaqtda Elam ham qo’shib olinadi. Er. avv. 550-yilda Midiyaga qarshi forslar qo’zg`olon ko`tarib, uni bosib oladilar.



Yüklə 150,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin