Animatsion lavhalar yaratish reja


Web-dastur (Web- приложения, Web-program)



Yüklə 73,1 Kb.
səhifə19/20
tarix22.12.2023
ölçüsü73,1 Kb.
#190418
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Animatsion lavhalar yaratish-fayllar.org

Web-dastur (Web- приложения, Web-program) - Web-serverlarda ayrim amallarni avtomatlashtirish maqsadida qo’llaniladigan dasturiy vositalar. Dasturlar mijozserver arxitekturasida yaratiladi. Bunday dasturlarga: ISAPI, CGI, ASP, JSP, WAPlarni kiritish mumkin.

Web-interfeys (web- интерфейс, web-interface) - foydalanuvchiga web - brauzer orqali turli dasturlar bilan o’zaro ishlash imkonini beruvchi interfeys (masalan, o’z buyurtmasini boshqarish Internet do’konida yoki tarmoq printerini sozlash). Web - interfeyslarining qulayligi shundaki, ular bitta ofisda joylashmagan xodimlarga birgalikda ish yuritish imkonini beradi. Masalan, web - interfeyslar turli ma’lumotlar bazalarini to’ldirish yoki Internet OAV da materiallarni chop etish uchun ishlatiladi.

Web-server (Web- сервер, Web-server) - www doirasida faoliyat ko’rsatuvchi server. Web-sahifalarni saqlaydi hamda tashqi serverlardan kelayotgan so’rovlarga javob beradi.

Web-usta (web – мастер, webmaster) - 1. Web-sahifalarni loyihalashtirish, yaratish va bezash bilan shug’ullanuvchi shaxs. Web - usta Internet texnologiyalari bo’yicha bilimlar majmuasi va rassom-bezaklovchi tajribasiga (kompozitsiya, dizayn) ega bo’lishi lozim. 2. Saytning tashqi ko’rinishi va ishi uchun javobgar kompaniya xodimi. Web - usta deganda turli-tuman majburiyatlar doirasi tushuniladi – kichik oddiy sayt uchun sahifalashtiruvchidan tortib dizayner va tizim ma’murigacha. Internet foydalanuvchilari uchun web - usta bu sayt va kompaniya domeniga bog’liq barcha masalalar bo’yicha aloqada bo’ladigan shaxsdir.

WWW (Всемирная Паутина, World Wide Web) - Internetning xizmat turi bo’lib, dunyo bo’ylab joylashgan Web-serverlardagi ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatini beradi; Internetda mavjud bo’lgan elektron hujjatlar orasida gipermurojatlarni tashkillashtiruvchi xizmat.

Xavfsizlik (Безопасность, Safety) - Kompyuter va tarmoqdagi ma’lumotlarni buzilish va yo’qolishdan saqlash hamda foydalanuvchilar uchun chegaralangan foydalanish huquqini belgilash.


Yüklə 73,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin