11
ortiqcha mahsulotni yo‘qotish, yangi bozorlarga kirib olish va unda o‘zlarining iqtisodiy
mavqeini mustahkamlashga haraqat qiladi.
Ayrim hollarda narx yordamida raqobatlashishning
belgilangan narxlardan
chegirma qilish, asosiy harid qilingan tovarlarga boshqa tovarlarini qo‘shib berish,
muayyan hollarda imtiyozli narxlarni belgilash kabi usullaridan ham foydalaniladi.
Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda narx yordamida
raqobat qilish o‘z o‘rniga ega emas, chunki ishlab chiqaruvchilardan birining o‘z
mahsulotiga narxni pasaytirishi uning raqobatchilarining ham shunday haraqat qilishini
taqozo qiladi. Bu bozorda firmalarning mavqeini o‘zgartirmaydi, faqat tarmoq bo‘yicha
foydani kamaytiradi.
Narxsiz raqobat shu bilan tavsiflanadiki, bunda raqobat kurashining asosiy omili
tovarlarning narxi emas,
balki uning sifati, servis xizmat ko‘rsatish, ishlab chiqaruvchi
firmaning obro‘-e’tibori hisoblanadi.
Narxsiz raqobat bilan bir vaqtda yashirin narx yordamidagi raqobat ham bo‘lishi
mumkin. Buning uchun yangi tovarlarning sifati oshishi va iste’mol xususiyatlarining
yaxshilanishi ular narxlarining oshishiga qaraganda tez ro‘y berishi keraq. Hozirgi
davrda bir turdagi mahsulotlarning ko‘payishi ularning sotishni rag‘batlantiruvchi
reklama, tovar belgilari va fabrika muhrlaridan foydalanishni keltirib chiqarmoqda.
Iste’molchilik bozorida qo‘shimcha xizmat ko‘rsatish orqali haridorlarni o‘ziga jalb
qilish keng tarqalmoqda.
Narxsiz raqobatning tovar sifatini tabaqalashtirish kabi usuli ham mavjudki,
bunda tovarlar bir xildagi ehtiyojni qondirishi va bir turga mansub bo‘lishi,
lekin turli-
tuman iste’mol xossalariga ega bo‘lishi mumkin.
Tovarlar talabga nisbatan ortiqcha bo‘lgan sharoitda ishlab chiqaruvchilar
tovarlarini kreditga sotish usulidan foydalanib raqiblaridan ustun kelishlari mumkin.
Bunda dastlab tovar narxining faqat bir qismi to‘lanadi, uning qolgan qismi esa
shartnomada kelishilgan aniq muddatlarda to‘lanadi.
Fan-texnika taraqqiyoti avj olgan hozirgi sharoitda, texnika va texnologiyaning
eng yangi yutuqlari ustidan nazorat qilish uchun kurash raqobatning
asosiy usullaridan
biriga aylanib bormoqda. Bundan tashqari, ishlab chiqaruvchi korxonalar haridorlarni
12
jalb qilish maqsadida uzoq muddat foydalaniladigan iste’molchilik tovarlariga kafolatli
va kafolatdan keyingi xizmat ko‘rsatishni amalga oshirmoqdalar. Masalan, kompyuter
ishlab
chiqaruvchi firma, o‘z mahsulotini sotibgina qolmasdan, balki uni o‘rnatadi,
korxona xodimlarini ulardan foydalanishga o‘rgatadi, kafolatlangan muddatda va undan
keyingi davrda ta’mir ishlarini bajaradi, texnikaviy xizmatni amalga oshiradi;
mahsulotlari o‘lchamlarini buyurtmachi ehtiyojlariga yaqinlashtiradi.
Narxsiz raqobat usullari ichida marketing muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u
mahsulot ishlab chiqarish va sotish jarayonini talabga moslashtiruvchi tadbirlar tizimidan
iborat. Bozor iqtisodiyoti sharoitida talabni yaxshi o‘rgangan va iste’molchilar
ehtiyojlarini to‘laroq qondira oladigan korxonalar har doim raqobat kurashida yutib
chiqadi.
Yirik ishlab chiqaruvchilar bozordagi vaziyatni o‘zgartirish uchun o‘zlarining
ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni kamaytirib tovar taklifini qisqartiradilar.
Shu sababli iqtisodiy beqarorlik davrlarida ham narx barqorligicha qolaveradi.
Shunday qilib, monopoliyalar hukmron bo‘lgan sharoitda narxsiz raqobat muhim
o‘rin tutadi. Buning sababi shundaki, birinchidan, monopoliyalar tovar sifatini oshirish,
iste’molchilarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash yo‘li bilan
sotiladigan tovar hajmini
ko‘paytirishi mumkin. Ikkinchidan, ular moliyaviy
jihatdan kuchli bo‘lganligi sababli masulotini yangilash, ishlab chiqarishni qayta
jihozlash va reklamaga zarur bo‘lgan mablag‘ni sarflay oladilar
Har qanday ijtimoiy tuzumda raqobat muayyan ijtimoiy vazifalarni bajaradi.
Keng ma’noda raqobat deganda, bir maqsad sari intilayotgan sub’ektlarning faol
musobaqadagi o‘zaro munosabatlari tushuniladi. Shunga ko‘ra raqobat:
-
musobaqa ishtirokchilari o‘rtasida maqsadga yetishning eng yaxshi
vositalariga ega bo‘lganlarni va boshqalarga qaraganda ulardan mahorat ila foydalana
oladiganlarni ro‘yobga chiqaradi (tanlash vositasi);
-
muayyan vazifani (oqilona) hal etish yo‘lini rag‘batlantiradi va yo‘lni
musobaqa ishtirokchilari faoliyatining natijalarini qiyoslash, tekshirish va sinash asosida
topishga yordam beradi;
-
bellashuv ishtirokchilari intilayotgan maqsadga
erishish yoki mavjud
sharoitlarda unga imkoni bor darajada yaqinlashishni rag‘batlantiradi.
“Raqobatsiz bozor iqtisodiyotini bo‘lishi mumkin emas va bunday iqtisodiyot
mavjud bo‘la olmaydi ham”.
5
Raqobat ijtimoiy nuqtai nazardan maqbul narsa, yakka tartibda esa tadbirkorga
imkoniyati bo‘lganda raqiblar sonini cheklash yoki birgalikda raqobatni susaytirish
uchun raqiblar bilan kelishishga intilish xos bo‘ladi.
Biron-bir yakka shaxslarni irodasiga bog‘liq bo‘lmagan
holda raqobatni
susaytiradigan omlilar ham mavjud. Masalan, murakab ishlab chiqarishda zamonaviy
texnologiyalarni qo‘llash katta moliyaviy sarflar, barqaror xomashyo manbaalari, ishlab
chiqarilgan mahsulotni sotish uchun yirik bozorlarni talab etadi. Bularning barchasini
kattaligi bozor miqyoslari bilan qiyoslanganda sezilarli bo‘lgan ulkan korxonalarni barpo
etish zarurati talab qilinadi. Shunday qilib, murakkab va qimmatbaho zamoanyi
texnologiyalarning joriy etilishi tarmoqda soni ko‘p
mayda korxonalarning emas, balki
bir necha yirik korxonaning bo‘lishini taqozo etadi.
Nihoyat, iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlar raqobatni istisno etadigan yoki
cheklaydigan tarmoqlar - temir yo‘l transporti, aloqa, energetika tarmoqlari va boshqalar
mavjud.
Dostları ilə paylaş: