Angren universiteti "ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasi "iqtisodiyot nazariyasi "



Yüklə 278,76 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/21
tarix25.08.2023
ölçüsü278,76 Kb.
#140447
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar, ularning turlari va amal qilish mexanizmi.

Iqtisodiy resurslar 
deganda 
jamiyat, mamlakat, ayrim korxona va firma, oila ixtiyorida to’’lanib, ayni vaqtda 
mavjud bo’lgan, tovar ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish, ularni iste’molchiga 
etkazib berishda va iste’mol jarayonlarida foydalanish mumkin bo’lgan imkoniyatlar, 
qo’r-qutlar va manbalar tushuniladi. Tabiiy resurslar (er, suv, o’rmon, er osti 
boyliklari), ishchi kuchi resurslari, moddiy resurslar (binolar, stanoklar, mashinalar
asbob-uskunalar, inshootlar, qurilmalar, sotishga tayyor tovarlar, ularning qo’r-
qutlari, ‘ul mablag’lari va boshqalari) ana shular jumlasidandir. Iqtisodiy 
resurslarning ishlab chiqarish omillaridan farqi shundaki, ularga ishlab chiqarishda 
qatnashadigan ishchi kuchi, tabiiy resurslar va ishlab chiqarish vositalaridan tashqari 
hamma moddiy resurslar, tovar va ‘ul resurslari ham kiradi. Iqtisodiy resurslar 
cheklanganligi tufayli hamma odamlar xohlagan iste’mol buyumlarini, trans’ort 
vositalarini va boshqa narsalarni darhol xarid qila olmaydi va xohlagancha iste’mol 
qila olmaydi. Har bir kishi, hatto eng ko’zga ko’ringan davlat arbobi, sahna yoki s’ort 
yulduzi ham bu muammoga duch keladi. Resurslar cheklanganligi faqatgina 


12 
iste’molni emas, shu bilan birga ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishni ham cheklab 
qo’yadi. Buning natijasida har bir korxona, mamlakat o’z imkoniyatlarini hisobga 
olib, tovarlar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishning hamma turini birdaniga emas, 
uning shu davr uchun eng kerakli bo’lgan sohalarini tanlab kengaytirish va 
rivojlantirishga e’tibor beradi, resurslarni birinchi navbatda ularga jalb qiladi. 
Masalan, O’zbekiston endi mustaqillikka erishgan dastlabki ‘aytda res’ublikamizning 
energiya mustaqilligini ta’minlash uchun neft qazib olish va gaz kondensati ishlab 
chiqarishga nisbatan ko’’roq mablag’ ajratishga majbur bo’ldi. 
Ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida davlat mavjud ‘ul va valyuta 
zahiralarini chetdan iste’mol buyumlarini sotib olib kelishga emas, ularni cheklab, 
investistiya tovarlarini, ya’ni yangi texnika va texnologiyalarni sotib olib kelishga 
qaratadi. Bunda ayrim sohalarga e’tibor va mablag’ sarflash kuchaytirilgan sharoitda 
boshqa sohalarga ajratiladigan mablag’larni ob’ektiv ravishda nisbatan kamaytirishga 
to’g’ri keladi. 
Shunday qilib, resurslarning cheklanganligi ehtiyojni qondirishning muhim 
yo’li bo’lgan ishlab chiqarish imkoniyatlarini ham cheklab qo’yadi. Bu imkoniyatlar 
darajasi doimo bir xil bo’lib turmaydi, balki yangi texnikalar va texnologiyalarning 
yaratilishi va ishga solinishi ishlab chiqarish imkoniyatlarini, uning chegaralarini 
kengaytirish imkonini beradi. Yangi texnikalar va texnologiyalar, bir tomondan, 
mehnat unumdorligini, ekinlar hosildorligini oshirish, energiya, yonilg’i, mehnat va 
boshqa moddiy resurslarni tejash imkonini bersa, ikkinchi tomondan, yangi material, 
xom ashyo, energiya va boshqa resurslar manbalarini to’ib, hayotga jalb etish 
imkonini beradi: jumladan, erning chuqur qatlamlaridagi boyliklarni to’ish va ishga 
tushirish, jahon okeanining uzoq va chuqur joylaridagi resurslaridan foydalanish
quyosh energiyasidan foydalanish va h.k. Iqtisodiy resurslar, ishlab chiqarish va 
ehtiyojlarni qondirish darajasi o’rtasidagi doimiy va mustahkam aloqadorlikni 
quyidagicha ifodalash mumkin: 
2-
chizma. Iqtisodiy resurslar va ehtiyojlarning qondirilish darajasi 
o’rtasidagi bog’liqlik. 
Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, ishlab chiqarish 
imkoniyatlarini va binobarin ehtiyojlarni qondirishning darajasini oshirish zarurligi 
iqtisodiyot oldiga quyidagi muammolarni qo’yadi. 


13 
1.
Ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishning o’timal variantlarini (eng 
zarur va tejamli turlarini) tanlab olish va resurslarni ko’’roq ishlab chiqarishga jalb 
qilish. 
2.
Mavjud resurslarning har bir birligidan tejab-tergab, samarali 
foydalanish. 
3.
Fan-texnika yutuqlarini va yangi texnologiyalarni joriy qilib, yangi 
energiya, material, xom-ashyo turlari, ularning manbalarini to’ib, foydalanishga jalb 
qilish, resurslar unumdorligining oshishiga erishish. 
1.
2. Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi. 
Iqtisodiy hayot sirlarini bilish va shu yo’ldagi faoliyatning asosiy 
yo’nalishlarini aniqlashga intilish juda qadim zamonlardan mavjud bo’lib, bu intilish 
iqtisodiy faoliyatni tartibga solish, uni kishilarga kerak bo’lgan tomonga 
yo’naltirishga ijobiy ta’sir etish zaruriyatidan kelib chiqqan. 
Iqtisodiyotga oid bilimlar antik dunyoning ko’zga ko’ringan olimlari Ksenofont, 
‘laton, Aristotel asarlarida, shunigdek qadimgi Misr, Xitoy, Hindiston va Markaziy 
Osiyo olimlarining asarlarida qarab chiqilgan edi. 
Biz uzoqqa bormasdan ming yillar osha bizga etib kelgan Qur’oni Karimni, 
hadislarni, Qobusnomani, Ibn Xaldun asarlarini, bobolarimiz Abu Ali Ibn Sino, Abu 
Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug’bek asarlarini o’qir 
ekanmiz, ularda insonning yashashi uchun tabiat ehsonlari etarli emasligi, ijodiy 
mehnat qilish kerakligi qayta-qayta uqtirilganligiga yana bir karra amin bo’lamiz. 
Jumladan, arab mutafakkiri Ibn Xaldun Abduraxmon Abu Zayd (1332- 1406)ning 
iqtisodiyot bilimlarini rivojlantirishdagi hissasi juda kattadir. Uning 1370 yilda 
yozilgan «Kitob-ul-ibar» («Ibratli misollar kitobi») asarida dunyoda birinchi bo’lib 
tovarning ikki xil xususiyatini - iste’mol qiymati va qiymat tushunchalarini, oddiy va 
murakkab mehnatni, zaruriy va qo’shimcha mehnat hamda zaruriy va qo’shimcha 
mahsulot tushunchalarini ajrata bildi. Shuningdek, tovarlarni ayirboshlash 
jarayonida, ular bir-biriga taqqoslanganda mehnatni tenglashtirish shaklida yuzaga 
chiqishi, ya’ni tovarda gavdalangan mehnatning va uning nafliligini hisobga olinishi 
ham ta’kidlangan.
2
Alisher Navoiyning iqtisodiy masalalarga oid g’oyalari 1482 yilda yozilgan 
«Vaqfiya» va 1500 yilda yozilgan «Mahbub-ul-qulub» asarlarida bayon etilgan. U 
kishi mahsulotni uch qismga bo’lib, birinchi qismini ketgan xarajatga, i kkinchi 
qismini o’zining va oilasining ehtiyojlariga, uchinchi qismini esa aholining ijtimoiy 
manfaatlari uchun sarflashga chaqiradi. Bundan tashqari mahsulotni yaratishda 
mehnatning roliga va ishlab chiqarish vositalarining ishtirokiga alohida e’tibor 

Yüklə 278,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin