Andijon mashinasozlik instituti



Yüklə 1,59 Mb.
səhifə14/22
tarix05.04.2023
ölçüsü1,59 Mb.
#93650
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
Amaliy mashg\'ulot

Amaliy mashg‘ulot № 6


Mavzu: Kafolatli texnik xizmat ko‘rsatish ishlari
I.Ishdan maqsad
Avtotransport vositalariga kafolat davrida texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarini texnologiyasini amalda o‘rganish.


II.Ishning mazmuni
TXKS va ATV ishlab chiqaruvchi korxonalararo tuzilgan shartnoma mazmuni bilan tanishish.

    1. Kafolat davrida bajariladigan ishlar turini o‘rganish.

    2. Kafolat davrida vujudga keladigan nuqsonlar ro‘yxatini tuzish.

    3. “Reklamatsiya blyuten”ni va “Draf” hisobot shaklini to‘ldirishni o‘rganish.



III.Umumiy ma’lumot:
Kafolat davrining ahamiyati shundaki, bu davrda avtomobil bozordagi o‘z o‘rni va mavqeyini egallaydi.
Kafolat davrini avtomobil ishlab chiqaruvchi zavod belgilaydi. U yilda yoki masofa bilan belgilanadi. Misol uchun, “GM O‘zbekiston” avtomobillari uchun kafolat davri 1 yil yoki 20 ming km, ulardan qaysi biri oldin tugasa, bunda kafolat davri tugagan hisoblanadi.
Kafolat davrida o‘tkaziladigan texnik xizmat ko‘rsatishning profilaktik ishlaridan tashqari agregat, tizim va uzellarni texnik holati ham tekshiriladi, uchragan nosozliklar bartaraf etiladi. Bu nosozliklarni bartaraf etish kafolatli ta’mirlash yo‘li bilan bajariladi.
Avtomobil ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan belgilangan ekspluatatsiya qoidalari buzilmagan taqdirda kafolatli ta’mirlash zavod hisobidan, aks holda mijoz hisobidan amalga oshiriladi.
Kafolat davrida uchraydigan nuqsonlar reklamatsiya beriladigan va berilmaydiganlarga bo‘linadi. Reklamatsiya beriladigan nuqsonlarga agregatlarni moslama va maxsus jihozlarda bo‘laklarga ajratib sozlash, detallarni bevaqt yeyilishi yoki sinishi, yoki bo‘lmasa agregatni almashtirish kiradi. Reklamatsiya beriladigan nuqsonlar bo‘yicha “Reklamatsion blyuten” va “Draf hisobot” to‘ldiriladi. Zavodning kafolat belgilash “Nizomi” da qaysi detallarga kafolat belgilanmaganligi keltiriladi.
Reklamatsiya berilmaydigan nuqsonlarga normallarni (vint, gayka, elektrasaqlagich) va mayda detallarni almashtirish, hamda TXK yo‘li bilan bartaraf etiladigan nosozliklar kiradi. Kafolat davrida o‘tkazilgan TXK va kafolatli ta’mirlash ishlari to‘g‘risida servis kitobchasiga o‘tkazilgan sana, avtomobilning yurgan yo‘l masofasi qayd etilib, TXKS muhri bilan tasdiqlanadi.



Yüklə 1,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin