Andijon mashinasozlik instituti iqtisodiyot fakulteti bugalteriya hisobi va audit yo`nalishi k-17-22 guruh talabasi azizov muhammadmahdining informatika fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Statistika fanining predmeti va usullari



Yüklə 409,37 Kb.
səhifə2/3
tarix18.04.2023
ölçüsü409,37 Kb.
#99867
1   2   3
Muhammad Mahdiy 2

Statistika fanining predmeti va usullari
Statistika fanining predmeti deb ommaviy hodisa va jarayonlarning miqdoriy tomonlarini ularning sifat tomonlari bilan uyg‘unlikda, aniq makon va zamonda o‘rganishga
aytiladi. Statistikaning o‘rganish obyekti insoniyat hayotida ro‘y beradigan barcha ommaviy voqea va hodisalardir
Statistika nima? Birinchidan, statistika bu sonlar va o’lchovlar yordamida ko’psonli va turli-tuman hodisalarni hisobga olish, tasvirlash. Ikkinchidan statistika to’plangan ma’lumotlarni raqamlar qatori, jadvallar, grafiklar, turli hisob-kitoblar orqali ifodalash, uchinchidan, statistika to’plangan ma’lumotlarni tadqiqot usullarini shunday tartibda o’rnatadiki turli-tumanlik ichida birlikni, son-sanoqsiz alohida “tasodiflar” orasida qandaydir umumiylikni, qandaydir bog’liqlikni aniqlash uchun ya’ni xulosalar qilishdir.
Statistika paydo bo’lish paytlarida statistika davlat extiyojlari qondirgan bo’lsa, sobiq ittifoq davrida asosan davlatning yillik va besh yillik planlarini bajarilishi nazorat qilish bilan shug’ullangan. Hozirgi kunda, ya’ni bozor iqtisodiyoti sharoitida, mehnat taqsimotini rivojlangan va qiyinlashib ketgan, eng asosiysi yuqori raqobat shaklida ish olib borish sharoitida nafaqat davlatga, har bir kompaniyaga, firma yoki korxonaga, hatto har bir tadbirkorga dunyoni bir chekkasida qanday o’zgarishlar bo’layotganligi yoki hodisa va voqealarni o’zgarishi prognozi haqida ma’lumot zarur. Bu erda statistika ro’y berayotgan yoki beradigan hodisalarni hajmi, o’zgarish darajasi va istiqbolini xarakterlovchi raqamlarni etkazib beradi. Bu statistikaning amaliy mohiyatidir.
Statistika fani predmetini aniqlash prinsiplari
Omavviy
Omavviy
Dastlabki
Dastlabki
Qonuniyatlarni
Qonuniyatlarni
Miqdoriy
Miqdoriy
Umumlashtiruvchi
Umumlashtiruvchi
Statistikaning o`byekti
Statistikaning o’rganish ob’ekti insoniyat hayotida ro’y beradigan barcha ommaviy voqea va hodisalardir.Shunday qilib statistika nimani o’rgatadi degan savolga, bizning fikrimizcha, quyidagicha javob berish mumkin. Statistikaning o’rganish ob’ekti insoniyat hayotida ro’y beradigan barcha ommaviy voqea va hodisalardir, predmeti esa shu ommaviy voqea va hodisalarni miqdoriy tomonlarini o’rganuvchi, aniq sharoit va vaqtda hodisalarning rivojlanish qonuniyatlarini o’rgatuvchi metodlar yig’indisidir.
Statistik qonuniyatlar asosida ichki va tashqi sabablarning murakkab qo’shilmasi va o’zaro ta’siri yotadi. Shu sababli statistik qonuniyatlar alohida olingan birlikda emas, balki barcha birliklarni o’zida qamrab olgan to’plamlarda namoyon bo’ladi. Bu erda ulkan sonlar qonuni amal qiladi. Bu qonuning mohiyati shundaki, hodisalar to’plami qanchalik ko’proq unsurlardan tashkil topgan bo’lsa, unda alohida, tasodifiy sabablar bilan bog’liq bo’lgan o’zgaruvchanliklar shunchalik to’laroq o’zaro yoyishadi va oqibat natijasida hodisalarning zaruriy bog’lanishi va izchilligining umumiy qonuniyatlari aniqroq namoyon bo’ladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, statistika fanining predmeti deb ommaviy hodisa va jarayonlarning miqdoriy tomonlarini ularning sifat tomonlari bilan uyg’unlikda, aniq makon va zamonda o’rganishga aytiladi.
Statistika o’z ob’ektini ma’lum metodlar yordamida o’rganadi.
Statistika dialektik metodga asoslanib, o’z predmetining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, ommaviy hodisa va voqealarni o’rganishning maxsus statistik metodlarini yaratgan. Ularning yig’indisi statistika metodologiyasi deyiladi.
Birlamchi manbai
Ikkilamcji manbai
Statistik, tanlama kuzatish, turli tekshiruv natijalari, turli ro‘yhatlar natijalari
Davriy va joriy nashrlarda chop etiladigan ma’lumotlar
Statistik ma`lumotlar

Yüklə 409,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin