Andijon mashinasozlik instituti iqtisodiyot fakulteti bugalteriya hisobi va audit yo`nalishi k-17-22 guruh talabasi azizov muhammadmahdining informatika fanidan tayyorlagan mustaqil ishi
ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI IQTISODIYOT FAKULTETI BUGALTERIYA HISOBI VA AUDIT YO`NALISHI K-17-22 GURUH TALABASI AZIZOV MUHAMMADMAHDINING STATISTIKA FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI
REJA:
1. Statistikaning paydo bo’lishi va rivojlanishi 2. Statistika fanining predmeti va usullari 3. Statistika fanining asosiy kategoriyalari va tushunchalari Statistika fani XVII asrning oxirlariga kelib, mustaqil fan sifatida shakllana boshlandi. Shu davrda «Siyosiy arifmetika» degan fan vujudga keldi. Uning asoschilari ingliz olimlari U. Petti (1623-1687) va Jon Graunt (1620-1674) bo’lganlar. U. Pettini o’z vaqtida iqtisodning «otasi» va ma’lum darajada statistikaning ixtirochisidir, deb atashgan.
Evropada statistikaning asoschisi bo’lib belgiyalik olim A. Ketle (1796-1874) hisoblangan. O’sha davrda Germaniyada G.Axenvall (1719-1772) birinchi marta «statistika» so’zini qo’llagan. Angliyada esa A. Bouli (1869-1957) statistikaning taraqqiy etishiga asos solgan.
Rossiyada statistikaning rivojlanishiga quyidagi olimlar o’z xissalarini qo’shishgan:
Statistikada matematik oqimni rivojlantirgan olimlar: angliyalik biolog F.Galton (1822-1911), K.Pirson (1857-1936), V.Gosset va R.Fisherlardir.
Statistikani rivojlanishida rus olimlari ham o’zlarining munosib hissalarini qo’shganlar: V.N.Tatishev (1686-1750), K.I.Krilov (1689-1737), D.P.Juravskiy, Semenov Tyan-Shanskiy (1827-1914), Yu.E.Yanson (1835-1893), A.I.Chuprov (1842-1908), V.I.Ulyanov (1870-1924); A.A.Chuprov (1874-1926), A.A.Kaufman (1864-1919) va boshqalar.
O’zbekiston Respublikasida statistikaning rivojlanishida va uni o’zbek xalqiga o’rgatishda diqqatga sazovor ishlar qilingan. Birinchi “Statistika” kafedrasi 1932 yilda Toshkent, keyinchalik Samarqand va boshqa shaharlarda tashkil etilgan. Hozirgi paytda deyarli hamma iqtisodiy institut va fakultetlarda statistika kafedralari mavjud. Ularda o’zbek statistikasini yaratgan va yaratayotgan ajoyib olimlar faoliyat ko’rsatmoqda.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng, bu fanni O’zbekistonda rivojlantirishda professorlar N.Soatov, E.Akramov, I.Ermatov, X.Nabiev, S.Sirojiddinov, Yo.Abdullaev, R.Alimov, M.Xamroev, X.Shodiev, A.Ayubjanov, B.Usmonov, A.Nabixo’jaev, X.Xujaqulov kabi olimlarning ham xizmatlari katta bo’ldi.
O’zbek tilida “Statistika” bo’yicha o’quv adabiyotlari chop etila boshlandi. O’zbek tilida o’quv qo’llanma va darsliklar yaratishda Toshkent Moliya instituti statistika kafedrasi professor-o’qituvchilari namuna bo’lmoqdalar. Professor Yo.Abdullaev ilk bor statistika umumiy nazariyasidan darslik (1993 y) chop etdilar, 1996 yilda shu fandan o’quv qo’llanma nashr etildi, 1998 yilda esa o’quvchilarga “Makroiqtisodiy statistika: 100 savol va javob” taqdim etildi. Kafedraning boshqa a’zolari ham bu sohada faol ishlamoqdalar. Masalan, iqtisod fanlari doktori, professor X.A.Shadiev “Statistika nimani o’rgatadi.” (Darslik)T.: O’zbekiston, 1985; X.A.Shodiev, M.Ya.Xamroev “Moliya statistikasi”.T.: Abu Ali Ibn Sino, 2002; X.A.Shadiev “Moliya statistikasi bo’yicha amaliyotnoma”.T.: TMI, 2002; Statistika (darslik).T.: Ibn Sino, 2004 (prof. X.A.Shadiev taxriri ostida); X.A.Shadiev Moliya statistikasi (darslik).T.: Iqtisod-moliya, 2010y.