Andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti maxsus sirtqi bo



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə8/12
tarix13.11.2019
ölçüsü1,47 Mb.
#29580
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
IKKI TEKISLIK O’ZARO VAZIYATLARI. IKKI TEKKISLIK O’ZARO KESISHUVI.


20-rasm.

Uchburchakning S va D nuqtalari aylanish o‘qiga tegishli bo‘lgani uchun ularning fazoviy vaziyatlari o‘zgarmaydi. Uchburchak A nuqtasi aylantirish radiusining haqiqiy o‘lchamini ham B nuqta aylantirish radiusining haqiqiy o‘lchamini topish kabi aniqlash mumkin. Ammo uchburchakning A nuqtasi h o‘qi atrofida B nuqta kabi harakatlanganda N(NH) tekislikka va uchburchakning AB tomoniga tegishli bo‘lib qoladi. Uchburchakning AB tomoni esa qo‘zg‘almas D nuqtadan o‘tadi. Shuning uchun chizmada A nuqtaning yangi vaziyatini aniqlash uchun B0 va D′ nuqtalar o‘zaro tutashtiriladi va Anuqtadan C′D′ ga tushirilgan perpendikulyar bilan kesishguncha davom ettirilib, A0 nuqta topiladi. Agar A0, B0 va C′ nuqtalar o‘zaro tutashtirilsa, uchburchakning haqiqiy kattaligi hosil bo‘ladi.

Agar uchburchakning biror tomoni (masalan, AC) gorizontal vaziyatda berilgan bo‘lsa, masala 20,b-rasmda ko‘rsatilgan kabi yechiladi.

20,v-rasmda aylanish o‘qi gorizontal bo‘lib, uchburchak konturidan tashqarida C nuqta orqali o‘tkazilgan. Bu holda uchburchakning haqiqiy kattaligi uning gorizontal proyeksiyasi bilan ustma-ust tushmaydi, natijada, masalaning yechimi yaqqolroq bo‘ladi.



3.3. Geometrik shaklni proyeksiyalar tekisliklariga tegishli o‘q atrofida aylantirish yoki tekislikning izi atrofida aylantirish. Aylanish o‘qi sifatida umumiy vaziyatdagi tekislikning gorizontal yoki frontal izlaridan biri qabul qilinadi ( 21–rasm). Bu holda tekislik biror izi atrofida aylantirilib, proyeksiyalar tekisliklarining biriga jipslashtiriladi. Agar aylanish o‘qi sifatida tekislikning gorizontal izi qabul qilinsa, bu tekislikni gorizontal proyeksiyalar tekisligi bilan jipslashtirish mumkin. Shuningdek, tekislikni frontal izi atrofida aylantirib, uni frontal proyeksiyalar tekisligiga jipslashtiriladi.

21-rasm.

Tekisliklarni proyeksiyalar tekisligiga

jipslashtirish yo‘li bilan mazkur tekislikka tegishli bo‘lgan tekis shakllarning haqiqiy o‘lchamini

aniqlash mumkin yoki umumiy vaziyatida berilgan tekislikka tegishli bo‘lgan har qanday geometrik masalalarni yechish mumkin.



22,a–rasmda umumiy vaziyatdagi Q tekislikni QN gorizontal izi atrofida aylantirib, H tekislikka jipslashtirish ko‘rsatilgan. Tekislikning gorizontal izi aylanish o‘qi sifatida qabul qilingani uchun uning vaziyati o‘zgarmaydi. Bu tekislikni H tekislikka jipslashtirish uchun mazkur tekislikka tegishli biror nuqtaning H tekislikka jipslashtirish kifoya. Bunday nuqta sifatida tekislikning frontal iziga tegishli B(B,B) nuqtani olish mumkin. Bu nuqta orqali QN ga perpendikulyar M gorizontal proyeksiyalovchi tekislik o‘tkaziladi. B nuqta OBo=R radiusli yoy bo‘yicha MN iz bilan kesishguncha aylantiriladi. Natijada, hosil bo‘lgan B1 nuqta bilan Qx ni o‘zaro tutashtirsak, Q tekislikni H tekislikka jipslashtirilgan vaziyatiga ega bo‘lamiz. Tekislikni bunday jipslashtirganda unga tegishli geometrik shakllar H tekislikka jipslashib, haqiqiy o‘lchamlarida proyeksiyalanadi.



a) b)

22-rasm.

22,a–rasmdan shuni aniqlash mumkinki, Q tekislikni QN izi atrofida aylantirib, uni H tekislikka jipslashtirishda QV iziga tegishli QxB1 kesma o‘zining haqiqiy o‘lchamiga teng bo‘lgani uchun QxB″=QxB1 bo‘ladi. Demak, chizmada Q(QN, QV) tekislikni H tekislikka jipslashtirish uchun uning QV izida tanlab olingan BB″ nuqtani va QX markazdan Qx B″ radius bilan yoy chizib, M tekislikning MN izi bilan kesishgan B1 nuqta aniqlanadi. So‘ngra B1 va QX nuqtalardan tekislikning

QV1 izi o‘tkaziladi.

Chizmada P(PN, PV) tekislikni PN izi atrofida aylantirib, H tekislikka jipslashtirish uchun aylantirish radiusining haqiqiy o‘lchamini aniqlash zarur bo‘lsin ( 22,b–rasm). Ma’lumki, aylantirish radiusi tekislikning aylanish o‘qiga perpendikulyar bo‘ladi. To‘g‘ri burchakning proyeksiyalanish xususiyatiga ko‘ra, tekislikning PV izida olingan A(A′, A″) nuqtaning A′ proyeksiyasidan tekislikning PN iziga perpendikulyar o‘tkaziladi va O′ hamda O″ nuqtalarni topamiz. Chizmada hosil bo‘lgan OA′ va OA″ aylantirish radiusining proyeksiyalari, OA0 esa uning haqiqiy o‘lchami bo‘ladi.

Xuddi shuningdek P(PH, PV) tekislikni V tekislikka ham jipslashtirish mumkin ( 23–rasm). Buning uchun berilgan P tekislikning PH gorizontal izida ixtiyoriy A nuqta tanlab, uning aylantirish radiusi PX A′ aniqlanadi va tekislikning PN izini PV izi atrofida aylantirib, tekislikka jipslashtiriladi. Chizmadan ko‘rinib turibdiki, P tekislikni PN izi atrofida aylantirilganda PxA′ kesma PxA1 ga teng bo‘ladi.

Umumiy vaziyatda berilgan tekislikka tegishli geometrik shaklning haqiqiy o‘lchamini aniqlash uchun uning xarakterli nuqtalarini proyeksiyalar tekisligiga jipslashtirish yo‘li bilan aniqlanadi. Masalan, Q(QN, QV) tekislikka tegishli ∆ABC(ABC′, ABC″) ning ( 24–rasm) haqiqiy o‘lchami uning A, B va C nuqtalarini V tekislikka jipslashtirish yo‘li bilan aniqlanadi.



Tekislikning jipslashgan holati berilgan bo‘lsa, uning dastlabki vaziyatini tiklash mumkin. Tekislikning dastlabki vaziyatini aniqlash natijasida tekislikka tegishli bo‘lgan shakllarning ham proyeksiyalarini aniqlash mumkin.



Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin