Allergik reaktsiyalarni sinflanishi I. Allergenlarni kelib chiqishiga ko’ra: a) ekzogen allergenlar yuzaga chiqargan allergik reaktsiyalar
b) autoallergik reaktsiyalar
II. Klinik namoyon bo’lishiga ko’ra: a) tezkor allergik reaktsiyalar
b) sekin allergik reaktsiyalar
III. Allergenni immun tizim effektori bilan qaerda va qanday munosabatda bo’lganligiga qarab: I, II, III, VI, V tiplar
IV. Patogenezi bo’yicha: a) Gumoral tipdagi allergik reaktsiyalar Djell va Kumbs bo’yicha (I, II, III-tip reaktsiyalar)
b) Hujayra tipidagi allergik reaktsiyalar Djell va Kumbs bo’yicha (IV- tip reaktsiya)
Patogenez Allergik reaktsiyalar turli tuman bo’lmasin, ularni rivojlanishida umumiylik bor. Ular 3 ta, immunologik, patoximik, patofiziologik bosqichlarda ketadi.
Allergik reaktsiyani immunologik bosqichi. Organizm allergen bilan uchrashuvi bilanoq boshlanadi, ushbu bosqich antigen-antitela kompleksi hosil bo’lishi bilan tugaydi.
Bu bosqichda, organizmda sensibilizatsiya holati kuzatiladi, yahni organizmni ushbu antigenga qarshi keskin sezuvchanlik ortadi, qayta kiritilganda kuchli reaktsiya qilish xususiyati yuzaga chiqadi.
Allergenni birinchi marotaba kirgan dozasini sensibillovchi, qayta kiritilgan allergenni hal qiluvchi dozasi deb yuritiladi.
Sensibilizatsiya aktiv va passiv bo’ladi.Aktiv sensibilizatsiya organizmga antigen kirganda, xususiy immun tizimini jalb etib javob reaktsiyasini qaytaradi.
Aktiv sensibilizatsiya mexanizmi quyidagicha ro’yobga chiqadi: Antigenlarni tanish. T- va V- limfotsitlar bilan makrofaglarni kooperatsiyasi natijasida plazmatik hujayralardan immunoglobulinlardan sintezlanadi yoki sensibillashgan limfotsitlar hosil bo’ladi (T-effektorlar). Bundan tashqari, hamma populyatsiyada limfotsitlar ko’payishi kuzatiladi.
Gumoral antitelalarni JgE, IgG organizm bo’yicha tarqalishi. O’zida antitela ishlab chiqarmaydigan to’qimalarga, nishon hujayralarga yetkaziladi va fiksatsiyalanadi (to’qima bazofillariga, muskullarga, monotsitlarga, trombotsitlarga, epiteliylarga). Antigen organizmga qayta kiritilganda, yuqorida aytilgan to’qimalarda o’rnashgan antitelalar bilan ham kompleks hosil qiladi. Dengiz cho’chqasida, sensibillovchi doza yuborilgandan, 6-7 kundan so’ng allergik reaktsiya chaqirish mumkin.