Andijon 2013 ma’ruza №1 patofiziologiya faniga kirish, uning maqsadi va vazifalari. Etiologiya va patogenez, sanogenez reja



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə35/207
tarix12.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#154299
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   207
pat fiz lek Sharif Xoshimovich

Allergenlarni sinflanishi
Allergenlar kelib chiqishiga ko’ra:


Ekzogen Endogen
1) Organizmga qanday 1) Tabiiy
tushganligiga qarab:
a) ingalyatsion Ayrim normal organ va to’qimalar:
b) oziq-ovqat miya, gavhar, jinsiy bez,
v) kontakt qalqonsimon bez
g) inhektsion allergenlar
2) Allergenlar tabiatiga ko’ra: 2) Ortirilgan
a) o’simlik Organizmga tashqi muxit tahsirida
b) hayvon xususiy oqsillar autoantigenga
v) infektsion aylanib qoladi
g) sintetik
3) Allergenlarni manbai ko’ra:
a) maishiy
b) ximiyaviy
v) oziq-ovqat
g) dorilar
d) epidermal
Antigen deb, tarkibida oqsil tutgan va organizm uchun yot bo’lgan har qanday moddalarga aytiladi. Antigenlarni eng muxim xususiyati shundaki, ular faqat o’zlarining tahsiri natijasida hosil bo’lgan antitelalar bilan birlashadi. Antigenlarni bir necha turlari farqlanadi:

  1. Turga xos antigenlar (ayrim turlarning u yoki bu vakillariga xos)

  2. Izoantigenlar (mahlum bir to’qima yoki organda uchraydi)

  3. Organospetsifik antigenlar (ayrim organlarga xos)

  4. Stadiospetsifik antigenlar (organizmni mahlum rivojlanish bosqichi uchun xarakterli)

  5. Geterogen antigenlar (tabiatda keng tarqalgan va mahlum tarkibga ega antigenlar)

  6. Patologik antigenlar

  7. Suvda eriydigan va erimaydigan antigenlar

  8. Yuzaki va chuqurda joylashgan antigenlar

Barcha antigenlar 2 ta katta guruxga bo’linadi:
1) to’laqonli antitelalar hosil bo’lishini induktsiyalovchi antigenlar.
2) to’laqonli bo’lmagan gaptenlar.
Organizmning organ, to’qima va hujayralari juda katta miqdorda oqsil tutadi, bularning barchasi potentsial antigenlardir. 1901-1904 yillarda to’qima va organlarda turga xos spetsifik antigenlarga ega ekanligini aniqlashdi. Turga xos antigenlarga alg’bumin va globulinlarni kiritish mumkin. Oqsil molekulalarini antigenlik xususiyatini paydo bo’lishini eng muxim tomni, uning tarkibidagi aromatik halqaning mavjudligidir. Antigenlarni molekulyar massasi 10000 dan kam bo’lmasligi kerak. Oqsilni massasi qancha katta bo’lsa, uning antitelo xosil qilish xususiyati ham shuncha yuqori bo’ladi. Antigenlarni spetsifikligi ularning kimyoviy tarkibiga bog’liq.
Gaptenlar organizmda bir necha yo’llar bilan tahsir etib, allergiya chaqirish mumkin.

  1. Gaptenlar, organizmni makromolekulasi (shlepper) bilan kompleks hosil qiladi va antitela sintez qilishini tahminlaydi, antitela tahsiri gaptenga qarshi yo’nalgan bo’lib, tashuvchilarga esa aloqasi yo’q.

  2. Organizm tomonidan sintez qilingan antitela gaptenga faqat kompleksda bo’lgandagina tahsir etadi.

Bundan tashqari, organizmga fizik, ximik tahsirlanishi natijasida ham allergiya chaqirish mumkin, bu omillar tahsirida organizmda allergenlar sintezlanadi, yashirin antigen, determinantlardan demaskirovka yo’li bilan sintezlanadi yoki molekulalarni denaturatsiyasi tufayli yuzaga keladi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin