Amir Temur davriga oid manbalar


Amir Temur shajarasi, avlodlari



Yüklə 217,59 Kb.
səhifə4/48
tarix20.12.2022
ölçüsü217,59 Kb.
#76673
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
Amir Temur davriga oid manbalar (3)

4. Amir Temur shajarasi, avlodlari

Amir Temur va Temuriylar 1370 yildan to 1507 yilgacha Movarounnahr, Xuroson, Iroq, Shimoliy Hindiston va Afg‘onistonda hukmronlik qildilar. Amir Temurning uchinchi o‘g‘li Mironshoh Mirzo avlodiga mansub bo‘lgan Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzo va Boburiylar 1504 yildan 1858 yilgacha, ya’ni 354 yil davomida Afg‘oniston va Hindistonda saltanatni boshqardilar. Temur va Temuriylar sulolasi jami 488 yil hukmronlik qildi. Ilmiy tadqiqotlar natijasi o‘laroq, Amir Temur avlodining ro‘yxati hozir 193 nafarga yetdi. Bular — Jahongir Mirzo avlodiga mansub 16 nafar shahzoda, Umarshayx avlodiga mansub 35 shahzoda, Mironshoh Mirzo avlodiga mansub Boburiylar bilan birga 96 shahzoda, Shohrux Mirzo avlodiga mansub 44 shahzoda va Tag‘ay Shoh (Aka Begi) zurriyotiga mansub bir shahzoda. Amir Temurni «xon» emas, amir deb atashgan. Binobarin, Temuriy shahzodalarni ham «amirzoda» yoki «mirzo» deb ataganlar. Mirzo iborasi «amirzoda» so‘zining qisqartirilgan shaklidir. Temuriy shahzodalarda «mirzo» iborasi Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzoga qadar davom etib kelgan. 1508 yilda Bobur Mirzo o‘zining katta o‘g‘li — Humoyunning


tug‘ilishi munosabati bilan «Ushbu tarixgacha Temurbekning avlodini bovujudi saltanat Mirzo derlar edi, ushbu navbat buyurdimkim, meni «podshoh» degaylar», — deb yozadi. Ana shu kundan e’tiboran, toju taxt egalarini podshoh, uning avlodini esa shahzoda deb ataganlar. Zotan, Boburiy shahzodalar orasida «mirzo» iborasi kam uchraydi. Temuriylar shajarasi — Amir Temur va Temuriylar tarixini o‘rganuvchilar uchun qimmatli manba. Zero, unda Temuriylarga mansub 193 nafar shahzodaning ismi, tavallud va taxtga o‘tirgan hamda vafot etgan yillari imkon qadar ko‘rsatilgan.

5. Amir Temurniy siyrati, ko’rinishi va uning shaxsiy fazilatlari
Amir Temur ko‘hna shahar Shahrisabzga qarashli Xoja ilg‘or qishlog‘ida 1336 yil 9 aprel kuni tug‘ilgan. Otasi Tarag‘ay bahodir Markaziy Osiyoning ijtimoiy-siyosiy hayotida katta nufuzga ega bo‘lgan barlos qavmidan chiqqan o‘rtahol beklardan bo‘lib, Chig‘atoy xonlaridan Qozonxon (1338—1346) lashkarida xizmat qilardi. Xo‘ja ilg‘or qishlog‘i va uning tevarak-atrofidagi yerlar unga mulk hisoblanardi. Onasi Takina begim ham naslu nasab jihatdan aslzodalar jumlasidan edi. U buxorolik mashhur faqih Toj ash-sharia (shariat toji) taxallusi bilan mashhur bo‘lgan Ubaydulla ibn Mas’udning avlodi (1350 y. vafot etgan) edi. Temurbekning bolaligi va yoshligi qanday kechganligi haqida o‘sha zamonlarda yozilgan kitoblarda aniq ma’lumot yo‘q. Lekin bizda qadimdan xonzodalar, shahzodalar va bekzodalarning ta’lim-tarbiyasiga alohida e’tibor berilgani ma’lum. Ularga to‘rt yoshidan boshlab ta’lim berish boshlangan. Ularga shu yoshdan boshlab xat-savodini chiqaruvchi muallimlar va xotirasi va fikrlash salohiyatini oshiruvchi maxsus qissaxonlar biriktirilgan.
Qissaxonlar xonzoda, shahzoda yoki bekzodadan atigi 6—8 yosh katga bo‘lishgan va birga o‘ynashib yurganlar. Endigina to‘rtga kirgan Muhammad Tarag‘ay (Ulug‘bek)ga birkitilgan Hamzaning yoshi 12 da bo‘lgan. U keyincha katta olim bo‘lib yetishdi va Shayx Ozariy nomi bilan shuhrat topdi. O‘ylaymizki, Tarag‘ay bahodir birmuncha kambag‘allashib qolganiga
qaramay, o‘g‘lini yoshligidan aslzodalarga yarasha o‘qitgan va har taraflama bilim bergan: katta-kichik bilan muomala ilmini, ov qilish va harbiy ilmlarni o‘rgatgan, albatta. Ov va harb ilmlari xonzoda, shahzoda va bekzodalarga maxsus o‘rgatilgan. Negaki, bu ikki ilm ularni yoshlikdan chiniqgirgan. Bu ikki ilmni o‘rgatish uchun maxsus ustozlar yollangan. Shahzodalar va bekzodalar ot chopish, nayza sanchish, o‘q otish, chovgon o‘ynash, qilichbozlik kabi harbiy san’atlardan ta’lim olganlar. Amir Temurning hayot paytida chizdirgan maxsus surati io‘q. Lekin zamondoshi Ibn Arabshohning so‘z bilan ifodalagan surati bor. U Temurning shaklu shamoilini bunday tasvirlaydi: «Temur qaddi-qomati kelishgan, baland bo‘yli, tik qomatli, keng peshonali, kallasi katta, bag‘oyat kuchli, salobatli,
yuzi oq-qizildan kelgan, lekin bironta dog‘i yo‘q, bug‘doy rang emas, qo‘l-oyoqlari baquvvat, yelkalari keng, barmoqlari yo‘g‘on, boldir va poychalari semiz, qaddu qomati kamoliga yetgan, sersoqol, ikki ko‘zi bamisoli sham’ bo‘lsa-da, shodligi bilinmas, yo‘g‘on ovozli edi. U o‘limdan qo‘rqmas, qartayib qolgan bo‘lsa-da iztirobsiz, vazmin, badani to‘la va pishiq, xuddi tosh misoli qatgiq edi. U hazil-mazax va yolg‘onni yoqgirmas, o‘yin-kulgiyu, ko‘ngilxushlikka maylsiz, garchi (so‘zda) o‘ziga ozor yetadigan biron narsa bo‘lsa hamki, sadoqat unga yoqar, ma’qulroq edi. U bo‘lib o‘tgan ishga aziyat chekmas edi va o‘ziga hosil
bo‘ladigan yutuqsan shoddanmas edi». Amir Temur o‘tkir fikrlovchi, farosatli, ziyrak, do‘st-dushmanni bir qarashda ajrata biladigan, mard va haqgo‘y kishilarni yoqtiruvchi, dono va katga hayot tajribasiga ega bo‘lgan kishilarni do‘st tutar, xoinlikni va xoinlarni yomon ko‘rardi. Hazrat sohibqiron fe’l-atvori durust, xullas yaxshi kishi edi. Ibn Arabshohdan yana o‘qiymiz: «U sinchkov, har bir ishoratdan ogoh kishi bo‘lib, yuz berishi mumkin bo‘lgan hodisalarni ko‘rib-bilib turar edi. Uning nazaridan aldovchiningaldovi yashirinib qolmas va firibgarning firibi o‘tmas, o‘z farosati bilan haqgo‘y va yolg‘onchini ajratar edi. Ziyrakligi bilan haq nasihatgo‘ydan soxta nasihatgo‘yni ajrata olar, o‘z fikri va idroki bilan sal bo‘lmasa «o‘char yulduz»ni to‘g‘ri yo‘lga solib yuborar, o‘z farosati va mulohazalari bilan bexato aylanib turgan sayyora o‘qini o‘z orqasidan ergashtira olar edi». Hazrat sohibqiron mard kishi edi: «Temur qo‘rqmas, shijoatli, botir kishilarni o‘z orqasidan ergashtiruvchan bo‘lib, jasoratli, dovyurak va mard kishilarni yoqtirar edi. Ularning yordamida dahshatli joylarni fath etib, sheryurak odamlarni asirga tushirar, o‘lja qilar, ularning zarbalari bilan baland tog‘ cho‘qqilarini ham vayron qilardi. U fahsh so‘zlarni yoqtirmasdi. Yana o‘sha Arabshohdan: «Uning majlislarida uyatsiz gaplar, qon to‘kish, asir olish, g‘orat qilish va ayollar xususida haqoratli so‘zlar aytilmas edi.

Yüklə 217,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin