Amaliy mashg’ulot shaxsning kommunikativ va tashkilotchilik qobiliyatlari (ktq)ni o’rganish usuli



Yüklə 33,59 Kb.
səhifə1/3
tarix26.12.2022
ölçüsü33,59 Kb.
#77917
  1   2   3
komunikativ tashkilotchilik qobiliyati so\'rovnomasi


Amaliy mashg’ulot
SHAXSNING KOMMUNIKATIV VA TASHKILOTChILIK QOBILIYATLARI (KTQ)NI O’RGANISH USULI.
SHaxsning tashqilotchilik va kommunikativ qobiliyatlarini diagnostika qilish metodikasi psixologik tashxisda va katta sinf o’quvchilariga kasbiy maslahat berishda keng qo’llanadi,
Tadqiqotni o’tkazish uchun KTQ savolnomani va javob varaqasini tayyorlash keraq, Tadqiqotni individual va guruhda o’tkazish mumkin.
Tekshiriluvchilarga javob varaqalarini tarqatib bo’lgach instruktsiyani o’qib berish kerak.
Quyida keltirilgan tasdiqlarni yaxshilab o’qib chiqing va bu tasdiqlarga rozi bo’lsangiz: «+» belgisini, agar rozi bo’lmasangiz «-» belgisini qo’ying. Noaniq savollarni suiste’mol qilmaslikka harakat qiling. Har bir detal ustida uzoq o’ylamasdan, aniq holatlarni ko’z oldingizga keltiring. Javob uchun ko’p vaqt sarflamang, miyangizga kelgan birinchi tabiiy javobni bering. Savrllarni koldirmasdan, tartibi bilan javob bering. To’g’ri va samimiy javob bering. O’z javoblaringizni aniq tabavvur etishga harakat qilmang, ular xaqiqiy bo’lishi lozim. Har bir savolga berilgan javob alohida ko’rib chiqilmaydi, bizni faqatgina umumiy ko’rsatkichlar qiziqtiradi.
KTQ savolnomasi

  1. Har doim muloqotda bo’lib turadigan do’stlaringiz ko’pmi?

  2. Do’stlaringizning ko’pchiligini o’z fikringizni qabul qilishga og’dirib olasizmi?

  3. Do’stlaringizdan biri sizni ranjitsa uzoq vaqt hafa bo’lib yurasizmi?

  4. Hosil bo’lgan keskin vaziyatda har doim ham yo’l topishga qiynalasizmi?

  5. Har xil kishilar bilan tanishishga sizda intilish bormi?

  6. Jamoat ishlari bilan shug’ullanish sizga yoqadimi?

  7. Sizga odamlar ichida bo’lishdan ko’ra kitob mutolaa qilish, yoki boshqa ishlar bilan vaqt o’tkaz ish yoqadimi?

  8. Ko’zlagan maqsadlaringizni amalga oshirishda to’siq bo’lsa, siz ulardan osongina voz kechasizmi?

  9. O’zingizdan katta yoshdagi kishilar bilan oson muomalaga qirisha olasizmi?

  10. Siz o’z do’stlaringiz bilan qiziqarli o’yinlar va vaqtihushliklar o’ylab topish va tashkil qilishni yaxshi ko’rasizmi?

  11. Siz uchun yangi bo’lgan davraga kirishib ketishingiz qiyinmi?

  12. Bugungi qilinadigan ishlarni ko’pincha boshqa kunga qoldirib turasizmi?

  13. Notanish odamlar bilan muomalaga kirishish siz uchun oson bo’ladimi?

  14. Do’stlaringiz sizning fikringiz bilan ish tutishlarini xohlaysizmi?

  15. Yangi jamoaga o’rganish sizga qiyinmi?

  16. Do’stlaringiz o’zilariga olgan majburiyatlarini bajarishmasa siz va ular o’rtasida kelishmovchilik chiqmasligi rostmi?

  17. Qulay vaziyat bo’lib qolsa siz yangi qishilar bilan tanishishga va suhbatlashishga intilasizmi?

  18. Muhim ishlarni bajarishda tashabbusni ko’pincha o’z qo’lingizga olasizmi?

  19. Atrofdagi odamlar sizni bezovta qiladimi, hamda siz yolg’iz qolishni istaysizmi?

  20. Sizga notanish bo’lgan vaziyatlarda ko’pincha yo’l topa olmay qolishingiz rostmi?

  21. Sizga har doim odamlar orasida bo’lish yoqadimi?

  22. Boshlagan ishingizni tugata olmasangiz sizda bezovtalik paydo bo’ladimi?

  23. Yangi odamlar bilan tanishayotganda tashabbus ko’rsatish sizda qiyinchilik, hayajon, tortinish hissini uyg’otadimi?

  24. Do’stlaringiz bilan tez-tez bo’lgan muloqatdan toliqasizmi?

  25. Jamoaviy o’yinlarda ishtirok etishni yaxshi ko’rasizmi?

  26. Do’stlaringizga tegishli bo’lgan muammolarni echish uchun tez-tez o’z tashabbusingizni ko’rsata olasizmi?

  27. Siz yaxshi tanimagan odamlar ichida o’zingizni erkin tutolmasligingiz rostmi?

  28. Siz o’z haqligingizni isbotlash uchun kamdan-kam intilishingiz rostmi?

  29. Yaxshi tanish bo’lmagan davraga jonlanish kiritish, siz uchun uncha qiyin emas deb hisoblaysizmi?

  30. Siz jamoat ishlariga qatnashasizmi?

  31. Siz o’z tanishlaringiz sonini bir necha odamlar bilan cheklashga intilasizmi?

  32. Agar fikringizni do’stlaringiz birdaniga kabul qilmasa, siz fikringizni himoya qilishga harakat qilmasligingiz rostmi?

  33. Tanimagan odamlar orasiga tushib qolsangiz, o’zingizni bamayli xotir tutasizmi?

  34. Siz har xil tadbirlar tashkil qilishga tashabbuskorlik bilan kirishasizmi?

  35. Katta guruh oldida so’zlaganda o’zingizni dadil va bosiq tuta olmasligingiz rostmi?

  36. Siz ishga doir uchrashuvlarga tez-tez kech qolib borasizmi?

  37. Do’stlaringiz ko’pligi rostmi?

  38. Do’stlaringiz ichida tez-tez e’tibor markazida bo’lib turasizmi?

  39. Yaxshi tanimagan odamlar bilan muloqatda bo’lganda ko’pincha xijolatli va noqulay ahvolga tushasizmi?

40. Do’stlarning katta davrasida o’zingizni uncha dadil his qila olmasligingiz rostmi?

Yüklə 33,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin