Amaliy mashg‘ulot Kommutatsiya tizimning umumiy tuzilishi va vazifalarini o‘rganish


Avtomatik kommutatsiya tizimlarining element bazasi



Yüklə 132,18 Kb.
səhifə2/7
tarix07.01.2023
ölçüsü132,18 Kb.
#78682
1   2   3   4   5   6   7
амалиет 4

Avtomatik kommutatsiya tizimlarining element bazasi

Variantlar

Avtomatik kommutatsiya texnikasi rivojlanish bosqichlari

5

6

7

8

Topshiriq

DQ ATS (I-chi davr)

KATS (II-chi davr)

KEATS (III-chi davr)

EATS (III-chi davr)

Avtomatik kommutatsiya tizimlarining har qaysisining strukturasi

Variantlar

Avtomatik kommutatsiya texnikasi rivojlanish bosqichlari

9

10

11

12

Topshiriq

DQ ATS (I-chi davr)

KATS (II-chi davr)

KEATS (III-chi davr)

EATS (III-chi davr)

Raqamli ATS larda kommutatsiya maydon turlari

Variantlar

Avtomatik kommutatsiya texnikasi rivojlanish bosqichlari

13

14

15

16

Topshiriq

FKB (I-chi davr)

VKB (II-chi davr)

KB aralash
(III-chi davr)

Kanallarni o‘ta zichlantirish usuli (III-chi davr)

Impulsli kanallar bo‘yicha tovushli axborot uzatish usuli

Variantlar

Avtomatik kommutatsiya texnikasining rivojlanish bosqichlari

17

18

19

20

Topshiriq turi

AIM (I-chi davr)

SHIM
(II-chi davr)

Delta modulyasiya

IKM
(III-chi davr)



4.3. Nazorat savollari

1. Avtomatik kommutatsiya tarixi qaysi ATSni yaratishdan boshlandi?


2. Telefoniya deb nimaga aytaladi?
3. Telekommunikatsiya deb nimaga aytaladi?
4. Telefon tarmog‘i deb nimaga aytaladi va uning tarkibiga nimalar kiradi?
5. Umumiy foydalanishdagi telefon tarmog‘lari qanday ajratiladi?
6. Kommutatsiya so‘zi nima?
7. Analogli kommutatsiya deb nimaga aytiladi?
8. Raqamli kommutatsiya deb nimaga aytiladi?
9. Aloqa vosatalarining rivojlanish bosqichlari qanday tashkil qilinadi?
10. DQATSlarni ishlatish jarayonida qanday nuqsonlar aniqlandi?
11. KATS tizimlarining kamchiliklari nimalardan iborat?
12. ATS ning yangi tizimlarini yaratish qaysi yo‘llardan olib boriladi?
13. EATS larda kommutatsiya maydonlarning turlarini keltiring.
14. Kanallarni chastotali taqsimlash qanday hosil bo‘ladi?
15. Impulsli kanallar bo‘yicha tovushli axborotni uzatish usuli nechta xil?
16. Axborotlarni uzatishda raqamli tarmoqlarning afzalliklari nimalardan iborat?
17. Raqamli tarmoqlarni tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan nuqsonlar nechta va har birini tushuntiring?
18. Raqamli kommutatsiya tizimlarining kamchiliklariga nimalar misol bo‘la oladi?


4.4. Mashg‘ulotga yakun yasash

Bunda quyidagi masalalar: avtomatik kommutatsiya texnikasining rivojlanish bosqichlari, avtomatik kommutatsiya tizimlarining element bazasi va har birining strukturasi, raqamli ATS larda kommutatsiya maydon turlari , impulsli kanallar bo‘yicha tovushli axborot uzatish usuli, avtomatik kommutatsiya tizimlarining boshqarish tamoyillari, o‘qituvchi bergan vazifa variantlarining natijasi va xulosasi ko‘rilishi lozim.




4.5. Adabiyotlar

1Bolgov I.F. i dr. Elektronno-sifrovыe sistemы kommutatsii. – M.: Radio i svyaz, 1985-144 s.


2. Goldshteyn B.S. Sistemы kommutatsii – SPb.: BXV- Sankt-Peterburg, 2003-318 s.
3. Belami Dj. Sifrovaya telefoniya. Per.s angl-M.: Radio i svyaz, 1986-544 s. 4. RKT- I q maruzalar matni.

    1. Nazariy qism

Telekommunikatsiyalar so‘zi masofadan turib muloqat qilish vositasi degan mazmunni anglatadi (ya’ni axborot almashinuvini) va bunday muloqatning turli usullarini amalga oshiruvchi texnologiyalar yig‘indisi ko‘zda tutiladi.


Telefoniya va telekommunikatsiyalar degan atamalar bilan ataluvchi tushunchalarni ba’zida adashtirishadi.
Birinchi atama dastlab real vaqt davomida nutq axborotini uzatishga mo‘ljallangan elektraloqa tizimlariga muvofik ravishda qo‘llangan. Ikkinchisi esa, diskret axborot almashinuvi uchun ishlatiladigan, shu jumladan kompyuter tizimlari xam ishlatilgan, kolgan barcha elektraloqa tizimlarini (shu jumladan telefon tizimlariga asoslanganlarni ham o‘z ichiga oladi) muvofiq ravishda ishlatilgan.
Ma’lum xududda telefon aloqasini ta’minlovchi qurilmalar va inshoatlar yig‘indisi telefon tarmog‘i deb ataladi. Bunday tarmoq tarkibiga quyidagilar kiradi: kommutatsiya qurilmalar (ATS, tugun stansiyalari, stansiya tarmoqlari, konsentratorlar va multipleksorlar), liniyaviy inshoatlar (abonent va bog‘lovchi liniyalar, shaxarlararo va xalkaro kanallar), rasmiy inshoatlar (telefon stansiyalar, kuchaytirgich punktlarining binolari), telefon apparatlari va operatorlar pultlari.
Evolyusiya jarayonida telefon tarmog‘i raqamli telekommunikatsiyalarning kudratli infratuzilmasining tarkibiy qismi bo‘lib qoldi, bunda nutk uzatilayotgan ma’lumotlarning faqat bittagina turi bo‘lib hisoblanadi.
Telefon tarmog‘i telefoniyani qo‘llovchi tarmog‘i Telekommunikatsiyalar deb qarash mumkin. Telekommunikatsiya tarmog‘ini esa multimediyali axborot almashinuvini qo‘llovchi vositalar bilan ta’minlangan telefon tarmog‘idek qarash mumkin, ya’ni telefoniya telekommunikatsiyaning turlaridan biri hisoblanadi.
Umumiy foydalanish telefon tarmoqlarini an’anaviy ravishda quyidagilarga ajratiladi: shahar, qishloq, xududiy, shaxarlararo va xalqaro. Barcha qayd etilgan tarmoqlar birgalikda umumiy foydalanish telefon tarmog‘ini hosil qiladi. UFTT, (PSTN – Public Switched Telepone Network) u mamlakatning o‘zaro bir – biriga bog‘langan aloqa tarmog‘iga kiradi.
UFTT ga majburiy qo‘yiladigan talab – bu, barcha mahalliy, milliy va regional telefon tarmoqlarining orasidagi to‘la bog‘liqligidir.
Kommutatsiya (switchens) so‘zi «ulash va uzish» ma’nosini bildiradi. Elektr – muxandisi uchun kommutatsiya elementi bu ish jarayonida ikki xolatdan (ulash, uzish) biriga o‘tishi mumkin bo‘lgan qurilmadir. Bu optik kommutatsiya elementlarga, tranzistorlarga, bular yordamida qurilgan mantiqiy ventellarga, trigerlarga binarli xotiraga va hokozolarga nisbatan adolatlidir.
Xalqaro elektraloqa ittifoqining telekommunikatsiyani standartlashtirish bo‘yicha sektori, (ITV – T) – International Telecommunications Union Standartization Sector) kommutatsiyani so‘rov bo‘yicha tashkil etiluvchi va axborot almashinuvi uchun talab qilgan vaqtga kirish – chiqish juftligini beruvchi, tizimning ko‘p kirishlaridan birini, uning ko‘p chiqishlaridan biriga ulash deb aniqlanadi.
Kommutatsiyalanadigan aloqaga talabnoma olingach, tarmoq chaqiruvchi va chaqiriluvchi foydalanuvchilar (TA, kompyuterlar yoki modemlar) o‘rtasida bog‘lanish o‘rnatadi, bu bog‘lanish faqat aloqa vaqti davomidagina ularga to‘la va mutlaq imkoniyatlikni beradi. Bu vaqt davomida bog‘lanishning biron – bir resurslari boshqa talabnomalarga xizmat ko‘rsatish uchun ishlatilmaydi so‘zlashuvdagi yoki ma’lumotlarni (bermaganlarni) uzatishdagi tabiiy tanaffuslar boshka so‘zlashuvlar yoki boshqa ma’lumotlar bilan tuldirilishi mumkin emas. Aloqa tugagach bog‘lanish buziladi. SHundan so‘ng tarmoq bog‘lanishda qatnashgan resurslar boshqa bog‘lanishlarni tashkil etish uchun ishlatiladi. SHunday qilib, kommutatsiya -bu bir necha bir–biriga bog‘lik bo‘lmagan doimiy mavjud bo‘lgan kanallarni bitta ulama kanalga ketma–ket bog‘lanish jarayonidir, bu bog‘lanish faqat aloqa vaqti davrida bo‘lib, bu vaqt davomida kommutatsiyalanadigan kanalning chetki nuqtalaridagi foydalanuvchilar o‘zaro muloqot ya’ni axborot almashinuvi imkoniga ega bo‘lishlari kerak. Kommutatsiyalanadigan kanalning komponentlari bo‘sh, ulana oladigan va bog‘lanishning zarur yo‘nalishda joylashgan sonidan tanlab olinadi. Kanallar kommutatsiyasi analogli yoki raqamli bo‘lishi mumkin.
Analogli kommutatsiya deb analogli signal ustidan amallar bajarilishi yordamida kommutatsiyalanadigan kanalning chetki nuqtalari o‘rtasida bog‘lanish o‘rnatish jarayoniga aytiladi.
Raqamli kommutatsiya deb raqamli signal ustidan uni analogli signalga aylantirmay, ma’lum amallar bajarish yordamida kommutatsiyalanadigan kanalning chetki nuqtalari o‘rtasida bog‘lanishni o‘rnatish jarayoniga aytiladi.

Yüklə 132,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin