Amaliy mashg’ulot bo’yicha tuzilgan topshiriqlar topshiriq №1 Pul birligi



Yüklə 26,17 Kb.
səhifə3/8
tarix26.09.2023
ölçüsü26,17 Kb.
#148785
1   2   3   4   5   6   7   8
amaliy-1

9. Pul muomalasi — pulning bajarilgan ish, koʻrsatilgan xizmatlar, sotib olingan tovarlar haqini toʻlash, hisob-kitoblar va toʻlovlarni amalga oshirish, nafaqalar berish, qarzlarni qaytarish vositasi sifatida foydalanish jarayonidagi uzluksiz harakati. Pul muomalasi har bir mamlakat pul tizimi miqyosida amalga oshadi. Pul muomalasi naqd va naqd boʻlmagan muomalaga boʻlinadi. Naqd pul bankdan chiqqach, korxona, tashkilotlar kassasiga va aholi koʻliga oʻtadi. Oddisotdi vatoʻlov harakatlari bajarilgach, yana bankka kaytadi. Naqd boʻlmagan pul muomala-siga firma, korxona, tashkilotlarning bankdagi hisobida turgan pulning harakati kiradi va bunday muomala chek, kredit kartochkasi, veksel, obligatsiya, sertifikat va boshqa vositalar harakati shaklida olib boriladi.pul muomalasi jarayonlariga ishtirok etadigan pullar 2 ga bo'linadi:
1-aktiv pullar,
2-passiv pullar.


10. Mаjburiy zаxirа stаvkаsi meyorini belgilаsh. Majburiy zaxira (rezerv) talablari (inglizcha – “Reserve requirements”) – pul-kredit siyosatining an'anaviy instrumenti hisoblanib, AQSh Federal Zaxira Tizimi (Federal Reserve System) tomonidan mamlakat bank tizimining likvidliligiga ta'sir etish maqsadida 1863 yilda ishlab chiqilgan1. Bugungi kunda, dunyoning ko'plab rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlari (AQSh, Shveysariya, Xitoy, Rossiya, Hindiston, Braziliya va boshqalar)da majburiy zaxira talablari qo'llanib kelinmoqda.
Xususan, O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ham majburiy zaxira talablari pul massasini tartibga solish hamda mamlakat bank tizimining likvidliligiga ta'sir etishning muhim va ta'sirchan vositasi sifatida amaliyotda qo'llanilmoqda. Mazkur amaliyot tijorat banklari tomonidan Markaziy bankda alohida ochilgan hisobvaraqqa majburiy tartibda depozitga pul mablag'lari o'tkazish orqali amalga oshiriladi.
Ya'ni, majburiy rezervlar tijorat banklari tomonidan jalb qilingan milliy va xorijiy valyutadagi depozit mablag'larga nisbatan o'rnatilgan me'yorlardan kelib chiqib, Markaziy bankdagi maxsus hisobvaraqqa o'tkazilishi lozim bo'lgan pul mablag'larini anglatadi. Xususan, ushbu instrument Markaziy bank tomonidan quyidagi maqsadlar uchun qo'llaniladi:

  • tijorat banklarining likvid mablag'lari hajmini muvofiqlashtirgan holda, kreditlash faolligiga ta'sir ko'rsatish;

  • tijorat banki bankrot bo'lgan sharoitda uning majburiyatlari yuzasidan hisoblashish;

  • pul massasining o'sish sur'atlarini tartibga solgan holda, pul massasining multiplikativ ko'payishiga bevosita ta'sir ko'rsatish.

Bunda, Adliya vazirligi tomonidan 2018 yil 25 aprelda 3002-son bilan ro'yxatga olingan “Tijorat banklarining O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankida depozitga o'tkaziladigan majburiy rezervlari to'g'risida”gi Nizomga muvofiq, Markaziy bank tijorat banklari tomonidan Markaziy bankka o'tkazilishi lozim bo'lgan majburiy rezervlar hajmi (normativ miqdori)ni hamda depozitga o'tkazish tartibini belgilaydi.



Yüklə 26,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin