Mahsulotlar nomi
Miqdori (%mass.)
Etilen
22-32
Propilen
10-17
C
4
–fraksiya
5-12
Arenlar
6-13
Gazoyllarning pirolizida hosil bo‘ladigan mahsulotlar miqdori 30-jadvalda
keltirilgan. 30-jadval
Gazoylning pirolizida hosil bo‘ladigan mahsulotlar
Mahsulotlar nomi
Miqdori (%mass.)
Etilen
16 – 23
Propilen
15
Suyuq mahsulotlar
50
Hozirda piroliz jarayoni uchun yanada og‘irroq bo‘lgan xom ashyoni ishlatish
tendensiyasi kuzatilayapti.
10.3. Kokslash
Kokslash jarayonining maqsadi–neft koksi va keng fraksion tarkibli distillat
olishdir.
Neft koksini olish uchun xom ashyo sifatida quyidagilar ishlatilishi mumkin:
benzinsizlangan neft, birlamchi qayta ishlash qoldiqlari–mazutlar, yarim–
gudronlar, gudronlar; ikkilamchi kelib chiqish mahsulotlari–kreking qoldiqlar,
katalitik kreking og‘ir gazoyllari, piroliz smolalari hamda tabiiy asfaltlar va moy
ishlab chiqarish jarayoni qoldiqlari (asfaltlar, ekstraktlar).
Kokslashning sanoat jarayonlari 3 tipga bo‘linadi:
1. davriy;
2. yarim uzluksiz;
3. uzluksiz.
Kokslash davriy usulining ko‘lami va texnik rasmiylashtirilishi – neftni qayta
ishlash zamonaviy talablariga mos kelmay qoldi.
Kokslashning uzluksiz usuli esa hozircha tajriba-sanoat bosqichida turibdi.
Hozirda eng ko‘p tarqalgan yarim uzluksiz sanoat jarayoni–asta–sekin
kokslash qurilmalarida amalga oshiriladi.
Neft qoldiqlarini asta–sekin kokslash 505–515
0
С haroratda, 0,2–0,3 MPa
bosimda olib boriladi. Kokslash natijasida neft koksidan tashqari gaz, benzin, o‘rta
va og‘ir koks distillatlari hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan mahsulotlarning miqdori va
sifati xom ashyoning kimyoviy va fraksion tarkibiga va kokslash sharoitlariga
bog‘liqdir.
Neftning birlamchi qayta ishlash qoldiqlaridan olingan koks miqdori 15–25%
(mass.) ni, ikkilamchi mahsulotlardan olingani esa 30–35% (mass.) ni tashkil
qiladi.
Koks bilan birgalikda ko‘p miqdorda qimmatli suyuq va gaz holidagi
mahsulotlar hosil bo‘ladi. Ularning yig‘ma miqdori xom ashyoga nisbatan
hisoblaganda 70% (mass.) ga yetadi.
Kokslash jarayonining eng katta effektivligi hosil bo‘layotgan hamma
mahsulotlarni o‘z o‘rnida to‘la ishlatilganda kuzatiladi.
Uglevodorod tarkibi bo‘yicha asta–sekin kokslash gazlari termik kreking
gazlarinikiga yaqin bo‘lib, neftkimyoviy sintez uchun xom ashyo bo‘lib xizmat
qilishi mumkin.
Kokslash benzini quyi sifat (motor usuli bo‘yicha oktan soni 60-67,
oltingugurt miqdori 1-2%)li bo‘lgani uchun uning ishlatishdan oldin tozalanishi va
boshqa jarayonlarni o‘tashi lozim. Uni gidrotozalash va katalitik riformingga
uchratish lozim. Kokslash benzini tarkibida to‘yinmagan uglevodorodlarning
ko‘pligi (37-60%)–uni neftkimyo ishlab chiqarishlar (masalan, oksosintez) da o‘ta
qadrli xom ashyo qilib qo‘yadi.
Kerosin–gazoyl fraksiyasi gaz–turbina va motor yoqilg‘ilarining komponenti
sifatida, katalitik kreking va qurum ishlab chiqarish xom ashyolari sifatida
qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: |