Amaliy mashg‘ulot № zagotovkalarni bazalash variantlarini o‘lchamli taxlili 2-qism



Yüklə 63,63 Kb.
səhifə2/2
tarix18.06.2023
ölçüsü63,63 Kb.
#132119
1   2
7-AMALIY MASH

2. ISHNI BAJARISH TARTIBI
Ishni bajarishdan oldin talaba o‘qituvchi tomonidan berilgan
savollarga javob berib, undan so‘ng ishning tajriba kismini bajarishga ruxsat oladi.
3.1. Shtangensirkul yordanida zagotovkaning asosiy o‘lchamlari aniqlansin. Zagotovkalar eskizlarini xisobotga chizib olinsin.
3.2. Val zagotovkasini markazlarga o‘rnatiladi. Buning uchun:
3.2.1. Kalit yordamida patronni mushtchalarini ajratib oldinigi babka shpindeliga Morze N5 konusi o‘rnatilsin.
3.2.2. Pinolni orqangi babkasiga Merze N3 konusli aylanuvchi markaz o‘rnatilsin.
3.2.3. Oldindan markazlangan zagotovkaga xomut kirgizib mahkamlab ko‘yiladi, u zagotovkani bir uchida joylashgan bo‘lsin, povodogi esa zagotovka toresiga yunalgan bo‘lsin.
3.2.4. Zagotovkani xomut o‘rnatilgan tomoni bilan oldingi babkadagi markazga o‘rnatib ikkinchi tomoniga orqangi babka tomonidagi markazi olib kelinadi. Xomut povodogi mushtgacha tegmagunicha zagotovka ishchi yurishga teskari aylantirib so‘ngra orqangi babka holati mahkamlanib pinol xolati belgilanadi.
Valni markazlarda o‘rnatish shaklini chizib oling. Bu o‘rnatishda zagotovka nechta erkinlik darajasini yo‘qotishini aniqlab, shaklda tayanch no‘qtalari ko‘rsatilsin. Yo‘naltiruvchi va tayanch nuqtalari belgilab oling. GOST 31107-73 bo‘yicha bazalash elementlarini shartli belgilarini ko‘llangan xolda valni markazlarda o‘rnatish texnologik eskizini bajaring.
3.3. Uch mushtunchali patronga ishlov berilishi uchun val zagotovkasi o‘rnatilsin. Buning uchun:
3.3.1. Zagotovka diametriga mos xolda mushtchalar kalit bilan kengaytirilsin.
3.3.2. Zagotovka patronga tayanchga tiralib o‘rnatilsin va kalit
bilan mushtchalar yordamida mahkamlansin.
3.3.3. O‘zunligi 2...3D bo‘lgan zagotovkaga ishlov berishida erkin uchi orqangi babka pinoli bilan xolati belgilanadi. Val zagotovkasini uch mushtchali patronda o‘rnatish shaklini chizib oling. Bu o‘rnatishda zagotovka nechta erkinlik darajasini yo‘qotishini aniqlab shaklda tayanch nuqtalari ko‘rsatilsin.
Yo‘naltiruvchi va tayanch yuzalarini belgilab oling GOST 31107-73 bo‘yicha bazalash elementlarini shartli belgilarini qo‘llangan xolda valni markazlarda o‘rnatish texnologik eskizini bajaring.
3.4.1. Patron mushtchalarini disksimon zagotovkani tashqi diametridan katta bo‘lgan o‘lchamga kalit yordamida ochish kerak
3.4.2. O‘ng qo‘l bilan ushlab turib, disk zagotovkasini patron oxirigacha
joylashtirib chap qo‘l bilan kalit buralsin. Oxirada esa kalitni ikki qo‘l bilan maxkamlash kerak.
Disksimon zagotovkani uch mushtchali patronga o‘rnatilish shakli chizib olinsin. Bunday o‘rnatilishda nechta erkinlik darajasini yo‘qotishi mumkinligi aniqlanib tayanch nuqtalari shaklga belgilab qo‘yilsin.
Yo‘naltiruvchi va tayanch yuzalarinibelgilab oling. GOST 31107-73 bo‘yicha bazalash elementlarini shartli belgilarini ko‘llangan xolda disksimon zagotovkani uch mushtchali patronga o‘rnatish texnologik eskizini bajaring.
3.5. Val zagotovkasi prizmaga o‘rnatilsin. O‘rnatish shakli chizib olinsin. Bunday o‘rnatilishda zagotovka nechta erkinlik darajasini yo‘qotishini aniqlang va qisish kuchini strelkalar bilan kursatib qo‘ying.
Yo‘naltiruvchi va tayanch yuzalarini belgilab oling. GOST 31107-73 bo‘yicha bazalash elementlarini shartli belgilarini qo‘llangan xolda valni prizmada o‘rnatish texnologik eskizini bajaring.
3.6. To‘g‘ri burchakli shakldagi zagotovka moslamaga o‘rnatilsin. Moslamaga o‘rnatish shaklini chizib oling. Nechta erkinlik darajasini yo‘kotishini aniqlang va tayanch no‘qtalarini belgilang. Qisish kuchlarini strelkalar bilan ko‘rsating.
Yo‘naltiruvchi va tayanch yuzalarini belgilab oling. GOST 31107-73 bo‘yicha bazalash elementlarini shartli belgilarini qo‘llangan xolda to‘g‘ri burchakli shakldagi zagotovkani moslamaga o‘rnatish texnologik eskizini bajaring.
Xisobot mazmuni.

  1. Ishni nomi.

  2. Ishdan maqsad.

Texnologik jarayon operatsiyalarini texnik me’yorlashni taxlil qilish.
3. Xulosa.
4. Foydalanilgan adabiyotlar.
Yüklə 63,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin