Amaliy ish №10 mavzu: Putur etkazmasdan nazorat turlarining qisqacha tavsifi to‘g‘risida ma’lumotga EGA bo‘lish


Ta’sir qiluvchi faktorlar klassifikatsiyasi



Yüklə 42,05 Kb.
səhifə2/3
tarix27.12.2023
ölçüsü42,05 Kb.
#200715
1   2   3
Amaliy ish 10

Ta’sir qiluvchi faktorlar klassifikatsiyasi. Xar bir ta’sir ko’rinishi, o’zining faktorlar yig’indisi bilan xarakterlanadi. Misol uchun, klimatik ta’sirlar uchun bu xarorat, namlik, bosim, shamol tezligi va x.k. Barcha ta’sir qiluvchi faktorlar kelib chiqishi bo’yicha ikki guruxga bo’linadi: ob’ektiv va sub’ektiv (5.2 - rasm). Ob’ektiv faktorlar tashqi sharoitlar ta’sirini xarakterlaydi, bunda mahsulot saqlanadi, transportirovkalanadi va ekspluatatsiyalanadi. Bevosita va bilvosita ob’ektiv faktorlar farqlanadi. Birinchisi tabiiy ta’sirlarni xarakterlaydi, ikkinchisi mahsulotga ob’ekt ta’sirini xarakterlaydi.
5.2 – rasm. Ta’sir qiluvchi faktorlar klassifikatsiyasi.
Misol uchun, changli shamol, to’fon, shtormli xavoda suzish, yomg’irli va qorli ob – xavoda uchishda mahsulotning yuzasi ushbu neytral zarrachalar bilan tasirlashishi natijasida elektrlashadi. Neytral zarrachalar musbat zaryadga ega bo’ladi, mahsulot esa – manfiy. Yuzada xosil bo’lgan zaryad mahsulot va zarrachalarning nisbiy xarakatining tezlik kubiga proportsional bo’lib qoladi. To’plangan elektr zaryadning maydon kuchlanganligi 450...600 V/sm ga yetganda atmosferaga “toj” simon razryad xosil bo’ladi, bu esa mahsulot elektr signalini buzilishiga olib keladi.
Mahsulotni turli sharoitlarda qo’llanilishini xarorat ta’siri nafaqat doimiy ta’sir qiluvchi sifatida nomoyon bo’ladi, balkim ularni chiziqli o’zgarishi, xaroratni keskin o’sib tushishi. Xaroratni keskin oshib tushishiga ta’sir qiluvchi qurilmalar vertikal bo’yicha nixoyatda tez xarakatlanuvchi ob’ektlarda (samalyot, batiskaf va x.k.) joylagan bo’ladi. Masalan, xajmiy germitiklanmagan samalyotlarda o’rnatilgan mahsulot xarorati qisqa vaqt ichida +50 dan -400S gacha pasayishi (yuqoriga qarab uchkanda), keyin -40 dan +1000S gacha oshishi (pastga qarab uchganda) mumkin. SHu vaqtning o’zida namlik va bosim xam o’zgaradi. Bilvosita faktorlarning intensiv tushib yoki oshib turishi balandlikga chiqish yoki tushishiga, uchish tezligiga, asboblar o’rnatilgan ob’ektga bog’liq bo’ladi. SHunday qilib samalyotning tovush tezligigacha bo’lgan xarakatida mahsulotning xarorati o’zgarishi 5...70S/min, tovush tezligidan yuqori bo’lgan xolatda esa -20...300S/min bo’ladi.
Sub’ektiv faktorlar mahsulotni loyixalash, ishlab chiqarish va ekspluatatsiya etaplarida odam faoliyatini xarakterlaydi. Ushbu faktorlarning ta’siri loyixalash, ishlab chiqarish va ekspluatatsiya xatoliklari xisoblanadi, bu esa mahsulotda nuqson paydo bo’lishiga olib keladi. Ushbu nuqsonlarga ob’ektiv faktorlarning ta’siri natijasida mahsulotni ishchi faoliyati qisman yoki to’liq yo’qotiladi.
Mahsulotning ishlash faoliyatiga ob’ektiv va sub’ektiv faktorlarning ta’siri bir – biridan farq qiladi. Ob’ektiv faktorlarning ta’siri natijasida ularning soniy qiymatiga bog’liq. SHunday qilib mahsulotni ishdan chiqishga olib keluvchi, mahsulot ichidagi fizik – kimyoviy jarayonlardir, tabiiyki ob’ektiv faktorlarning yuqori darajali ko’rsatgichida kechadi. Sub’ektiv faktorlarning mavjudligi sababli loyixalanayotgan mahsulotni ob’ektiv faktorlari ta’siri barqarorligi susayadi, buning natijasida oxirgilarning chegaraviy ruxsat etilgan qiymati kamayadi, bunda mahsulotning ishonchliligi va sifati pasayadi. Sub’ektiv faktorlar ta’sirining negativ natijalari loyixalovchi va yaxlit mahsulot tayyorlovchilardan yashirin bo’ladi. Ularni aniqlash uchun mahsulotning “hayot”iy faoliyatining butun tsiklida turli xil nazorat va sinovlar amalga oshiriladi.
Klimatik ta’sirlar. Mahsulot ekspluatatsiyasi davrida klimatik ta’sirlarni tabiiy va sun’iylarga ajratish mumkin. Tabiiy klimatik ta’sirlar o’z tarkibiga xaroratni, namlikni, shamolni, atmosfera bosimini va x.k. larni oluvchi ob – xavo sharoitlaridan aniqlanadi. Sun’iy klimatik ta’sirlar mahsulotni ishlash natijasida paydo bo’ladi va yonida joylashgan ob’ektlar natijasida vujudga keladi.
Tabiiy klimatik faktorlarni shakillantirish. Mahsulotga texnik sharoitni tuzishda, shuningdek tabiiy klimatik ta’sirlarni uslubiyati va dasturini odatda iqlim deb nomlashadi. Uzoq vaqt davomida yer yuzining istalgan qismidagi o’rtacha klimatik faktorlar xisobga olinadi. Aniq bir xududda iqlimni shakillanishi radiatsion jarayonlar, atmosfera tsirkulyatsiyasi,namlik almashinuvi ta’siri ostida shakillanadi va Yerning issiqlik va suv balansini belgilaydi.
Radiatsion jarayon quyosh energiyasi radiatsiyasining sarflanishini xisobga oluvchi R radiatsion balans taqsimlanishini xarakterlaydi. Radiatsion balansning tashkiliy qismlari bo’lib to’g’ridan – to’g’ri (Q) va sochilgan (q) quyosh radiatsiyasi xisoblanadi, shuningdek Yerning effektiv nurlanishi (E). Yerning effektiv nurlanishi deganda – atmosfera va Yer yuzasi nurlanishlarining qarama – qarshi yo’nalganliklarining ayrimasi tushuniladi. Quyosh energiyasining radiatsiyasini qaytishini tushishiga nisbati  son bilan xarakterlanadi, “alьbedo” deb nomlanadi va odatda protsentlarda ifodalanadi. “Alьbedo” yer yuzasining fizik – geografik shart sharoitidan kelib chiqadi, ya’ni dengiz yaqinligi, dengiz oqimining yo’nalganligi, tog’ tizmalari, xudud balandligidan kelib chiqadi deyishimiz mumkin.
Radiatsion balans tenglamasi: R=(Q+q)*(-1)E.
Erning aloxida xududlarida radiatsion jarayonlarni ko’p sonli tadqiqotlari asosida radiatsion balansni ko’rsatib beruvchi jaxon kartasi tuzilgan. Xavo ochiq bo’lgan quyoshli kunda radiatsiya summasining qiymati o’zgarmas bo’lishi xam aniqlangan, bu xolat asosan xudud kengligi fasl bilan aniqlanadi.
Atmosfera tsirkulyatsiyasi – bu xavo massalarining xarakatlanishi (tarkibida issiqlik va namlik bo’lgan oqimlar), shuningdek turli xavo massalari orasida yuzalar ajralishini yuzaga kelishi bilan kechadigan ularning xususiyatlarini o’zgarishi. Atmosferaningumumiy tsirkulyatsiyasining asosiy sababi – bu Yer aylanishi va Yer shari yuzasini Quyosh tomonidan bir xilda isitilmasligi. Bundan tashqari, atmosfera umumiy tsirkulyatsiyasiga Yer yuzasining landshaftini o’zgarishi xam ta’sir qiladi, ya’ni yerdan qaytgan issiqlik oqimining doimiy ta’sir qiluvchi turbulent kuch keltirib chiqaradi.

Шарқий ярим қутб

Жанубий ярим қутб

5.2-rasm. Xudud kengligi va faslga bog’liq bo’lgan, xavo ochiq vaqtdagi quyosh radiatsiyasining o’rtacha oydagi, sutkadagi qiymatlar yig’indisi (I – XII – yil oylari).

Yüklə 42,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin