Alisher Navoiyning ‘’Sher va Durroj’’ hikoyasining majoziy na’nosi. Toirova Umida Sobirovna Buxdu ingliz Adabiyotshunosligi kafedrasi o’qituvchisi Buxdupi tabiiy va Gumanitat fanlar fakulteti 3-xta-21 talabasi Xamidova Azizaxon Umidjon qizi



Yüklə 472,28 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix07.06.2023
ölçüsü472,28 Kb.
#126122
13263 1 25766084B7E7A9DC1B4EE54596A0BCBBD0A96E1B



Alisher Navoiyning ‘’Sher va Durroj’’ hikoyasining majoziy na’nosi. 
Toirova Umida Sobirovna
BuxDU Ingliz Adabiyotshunosligi kafedrasi o’qituvchisi
BuxDUPI Tabiiy va Gumanitat fanlar fakulteti 3-XTA-21 talabasi 
Xamidova Azizaxon Umidjon qizi
Annotasiya: Bu maqolada sher va durroj timsolining insonlar xarakterini ifoda 
etuvchi xususiyatlari bayon etilagan. Insonlarning to’g’ri so’zligi va yolg’onchilik 
xislatlarining oqibatlari yoritilib boriladi.
Abstract:
This article describes the characteristics of the image of a lion and a hawk 
that characterize human beings. The consequences of human honesty and deception 
are highlighted in this article. 
Аннотация:В данной статье описаны характеристики образа льва и птиц, 
которые характеризуют человека. Выделены последствия человеческого 
искажения фактов и обмана. 
Kalit so’zlar: to’g’rilik,yolg’onchilik, timsol,majoz,durroj,sher.nasr,nazm 
Key words: honesty,deception,symbol,allegory,durroj,written genre,proze 
Ключы: правдивость, ложь, символ,метафора, дуррож, лев, поема.
Alisher Navoiy xalqimiz ma’naviy dunyosining shakllanishiga katta ta’sir ko’rsatib 
kelgan buyuk siymolardan biridir. Bugungi kunda yoshlar qalbida milliy g’urur, 
o’zlikni anglash, go’zallik va nafosatga shaydolik tuyg’ularini kamol toptirishda 
Navoiy asarlari muhim manba bo’la oladi. Zero, ulug’ san’atkor asarlari mohiyatiga 
singdirilgan insonparvarlik, xalqparvarlik, adolat, haqiqat, imon e’tiqod yetukligi, 
shukronalik, sabr-qanoat, kelajakka umidvorlik singari g’oyalar barcha davrlarda ham 
insoniyat ma’naviy kamoloti uchun muhimdir. 
«Хamsa»ning birinchi dostoni «Hayrat ul-abror» (1483) falsafiy-didaktik doston 
bo’lib, uning syujeti va kompozitsion tuzilishi o’ziga xosdir. Asarda shoir o’z fikr-


mulohazalarini yigirmata maqolat va unga ilova qilingan yigirmata hikoyat vositasida 
ifoda etadi. Shoir dostonda hayotning falsafiy mohiyati, insonning 85 hayotdagi o’rni 
va ezgu insoniy fazilatlarni va bu fazilatlarning komil inson tarbiyasidagi ahamiyatini 
badiiy tasvirlaydi.[1] 
Ayniqsa uning ’’Sher va Durroj’’hikoyasi yoshlar va kelajak avlod uchun bir tarbiya 
darsi bo’lib kelmoqda. Alisher Navoiy aynan sher va durroj obrazi orqali majoziy 
ma’nolarni ifodalashni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygani albatta har birmizga sir emas. 
Biroq ushbu hayvonlarning aksida esa butun insoniyatning nuqsoni ifodalanishi bejiz 
emas. Majoz orqali insonning xarakterini tasvirlash kabi g’oyalar Navoiy ijodidan 
ham o’rin egallagan.
(Ey durroj!) Mening senga hech qasdim, dushmanligim yo‘q. Xotirjam bo‘lib, meni 
o‘zingga ishonchli do‘st deb bil. Qo‘rqishni yig‘ishtir, hamdamim, sirdoshim bo‘l; 
aysh va xursandlik vaqtida birga kuylashadiganim bo‘l. Men ham sening kuylaringni 
eshitib, shod bo‘lay; nag‘malaring bilan qayg‘udan ozod bo‘lay. Shart shuki, senga 
bir ziyon yetsa, falak seni hiyla bilan bandga solsa, marhamat qo‘lini senga yordam 
uchun cho‘zay, bosh panjam bilan dushmanni yerga barobar qilay. Sadoqat 
masalasida o‘zimni ko‘rsatib, seni dushman tuzog‘idan xalos aylay.
.[2] 
 
Bunda sher obrazi ko’rinishdan vahshiy va yirtqich bo’lib ko’rinsada, aslida u 
samimiy birovga yomonlikni aslo ravo ko’rmaydigan bir jonzot hisoblanadi. Biroq 
butun hayvonlar undan hadiksirab, qo’rqib yashar, doimo undan qochishga 
urinishardi. Bu zot esa hech kim kutmagan bir ishni amalga oshirdi. U qo’rqib parvoz 
qilib yurgan qushga qarab, sen bilan do’st bo’lishni, sening kuyingdan har doim 
baxramandlikni, ham yomon , ham yaxshi kunimda yonimda bo’lishingni, sirdoshim, 
hamrohim bo’lib qolishni istashini aytib qoladi. Shu bilan birgalikda mabodo 
durrojning boshiga musibat tushsa, uni qutqarishga tayyor sadoqatli bir do’st 


ekanligini isbotlamoqchi bo’ladi. Bundan tashqari sadoqat deya ataluvchi tuyg’uni va 
xislatni shu yo’lda ishlatishini aytib o’tadi. 
Sultonning tepasida humo qushi aylanganday, sher boshida durroj aylanib parvoz 
qilardi. Sher uning sayrashini eshitib, kuyida yolg‘on borligini fahm qilib, der edi:
- Yolg‘on gapirma, yomon bo‘ladi.
To‘g‘ri odamlar oldida yolg‘on qoralanadi. Durroj pandni eshitmas, o‘zi bilan o‘zi 
mast, ataylab fig‘onini hech pasaytirmas edi. Bir kun bir ovchi uni tutish uchun o‘z 
tuzog‘ini yoygan edi, u don bilan suvni ko‘rib, uning oldiga borgach, ovchi uning 
ustiga tuzoqni tortdi. Tuzoqda u baxtsiz qichqirib, bir necha bor: «Dod, meni 
tutdilar!» - dedi. Bu so‘z sher qulog‘iga eshitildi, lekin uning bu ashulasini har 
galgidek yolg‘on deb o‘yladi. Bunaqa yolg‘onlarni u ko‘p eshitgani uchun 
(durrojning) chin qichqirig‘ini ham yolg‘on deb gumon qildi. U qancha rostakamiga 
qichqirmasin, rostini ham yolg‘on deb hisobladi. Uni qutqarish uchun iltifot 
ko‘rsatmadi; natijada uning hayoti qirqildi.
.[3] 
 
Yuqorida keltirilgan parcha Durrojning yolg’on ishlatib, sherni sinamoqchi bo’lgani, 
sher unga bir necha bor ogohlantirish bergan bo’lsada, qush unga parvo qilmaydi, o’z 
bilganidan qolmay manmanlik, takabburlik ila yolg’on ishlatadi. Uning yolg’onlari 
axiyri uning boshiga yetib, ya’ni uni ayanchli taqdir sari olib boradi. U nogahon ovchi 
qo’ygan tuzoqqa tushib, butun vujudi ila kuylab nola tortsada, sher uning ovozini 
eshitib, yana yolg’on ishlatayotgandir deb o’ylaydi va uning qichqrib dod solishiga 
parvo qilmaydi. Natijada o’zining yolg’on qilmishlari uni hayotiga nuqta qo’yadi. U 
o’zining o’ylamay qilgan ishining oqibati yomonlikka olib kelishini o’ylamagan edi. 
Har bir yolg’onchilikning mana shunday oqibatlari borligini shoirimiz o’z 
hikoyatlarida tasvirlab, insonlarni to’g’riso’zlikka chaqiradilar. 
Kimki beixtiyor rost gapirsa, yolg‘on gapirsa ham, xalq uni rost deydi. So‘zda, 
Navoiy, nima desang ham rostini gapir; rostni kuylagan ohanglarga tahsin ayt . 
[4] 


Albatta yolg’onchilik qilib o’z umriga zomin bo’lgan Durroj qismatini Navoiy zo’r
majoziy obrazlar orqali talqin qilgan. Shoir rostgo’ylikni, halolllikni, 
mehnatsevarlikni ham qadrlab, bunday xislatlarni o’z asarlarida mohirona tasvirlab 
beradi. Durroj obrazi orqali Navoiy o’sha davrdagi yolg’onchi, muttaham, kazzob, 
takabbur va manman insonlarni ochishga harakat qilib, insonlar tomonidan aytilgan 
har bir rost va yolg’on so’zlarini xalq birdek qabul qilishligini ham uqtirib ketadi. 
Ularning yolg’on ishlarining oxiri mana shunday yakun topishiga ishora qilib, 
insonlarni tog’ri yo’lga boshlashga chaqiradi. Yolg’onchilar hech qachon va hech 
qayerda obro’ topa olmaydi. Ularni xalq qoralab, nafrat bilan tilga oladi. Navoiy 
hazratlari har qanday holatda ham rost gapirishlikka chorlab, rostgo’ylik bu insonning 
ziynati ekanligini ham ta’kidlab o’tganlar. Sher obrazi Navoiy talqinida vafodorlik, 
sadoqatlilik va tog’riso’zlik kabi xislatlarni o’z ichiga olgan bir timsoldir.Bu timsol 
orqali garchand inson yonida vafodor va sirdosh do’st bo’lsa-yu, u do;stining 
nasihatlariga quloq solmasdan, o’zboshimchalik qilib, o’zning yomon illatlaridan voz 
kechmasa, hech qanday sherdek baquvvat jonzot ham uni bunday mushkulotlardan 
xalos qila olmaydi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, buyuk shoirimiz Alisher Navoiy egrilik va 
yolg’onchilik kabi xislatni Durroj qushi va sadoqat va tog’rilikni esa sher timsolida 
berar ekan, yolg’onchilikning ayanchli oqibatlarini va uning yakuni albatta fojia bilan 
tugashini nazarda tutib, barcha inson zotini bunday salbiy odatlardan voz kechib 
doimo tog’ri yo’lda borishligini xohlaydi. Navoiy asarlarining tarbiyaviy ahamiyati 
shundaki, unda insonning illatlari qoralanib, uning o’rnida ezgulik doimo g’olibligi 
tan olinadi. Yoshlarni tarbiyalashda bunday hikoyalar o’rni benihoya cheksizdir. 
Chunki Navoiy o’gitlari va undagi chuqur ma’no butun insoniyat olamini yomonlik 
dunyosidan ogoh qiluvchi nasihat maktabi va ibrat namunasi bo’lib qoladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 
1. Matyoquova Тozagul Rajabovna Alisher Navoiy hayoti va ijodi fani bo’yicha 
o’quv qo’llanma Toshkent 2009 


2. Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни) www. ziyo.uz kutubxonasi 
3.
 
https://tafakkur.net/sher-va-durroj/alisher-navoiy.uz
  
4.civil.uz.kutubxona
 

Yüklə 472,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin