Alisher Navoiyga



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə8/9
tarix16.05.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#114540
1   2   3   4   5   6   7   8   9
buyuklar ёзувсиз

Toʻmaris (mil. avv. VI asr) — Turon xalqlarining axamoniylar bosqiniga qarshi kurashiga rahbarlik qilgan jasur ayol sarkarda.
Qadimgi yunon tarixchisi Gerodotning „Tarix“ (mil. av. 5-asr) asarida yozilishicha, Axomaniylar davlati asoschisi Kir II mil. av. 530 yilda Turonga bostirib kirganida, Toʻmaris massagetlar qabilasining malikasi boʻlgan. Massagetlar bu paytda Amudaryo (Araks) boʻylari va Qizilqumda yashashgan. Toʻmaris massagetlar podshosining xotini boʻlib, u erining vafotidan soʻng davlatni boshqargan.
Erondan kelgan bosqinchilar qoʻshini va massagetlar oʻrtasida shiddatli janglar boʻlgan. Dastlabki jangda Toʻmarisning oʻgʻli Spargalis (Siparangiz) boshchiligidagi massagetlar gʻolib chiqqan. Biroq keyingi jangda forslar hiyla yoʻli bilan Spargalis va ayrim massagetlarni asir olishganda, ornomusga chiday olmagan Spargalis oʻzini oʻldirgan. Toʻmaris oʻgʻlining halokatidan esankirab qolmay, oʻz xalqining manfaatini oʻylab, Kir II dan massagetlar yurtidan chiqib ketishini soʻraydi. Biroq forslar shohi rad javobini bergach, ikki oʻrtada ayovsiz jang boʻlgan. Gerodot massagetlar va forslar oʻrtasidagi jang tafsilotlarini oʻz asarida quyidagicha tasvirlaydi: „Mening bilishimcha, bu jang varvarlar oʻrtasidagi barcha janglardan ham dahshatli boʻlgan. Avval har ikkala qoʻshin bir-birini uzoq masofadan turib, kamondan oʻqqa tutdilar. Kamon oʻklari tugagach, ular nayza va qilich bilan kurashdilar. Jang uzok, vaqt davom etdi. Koʻp qon toʻkildi. Nihoyat, massagetlar gʻalaba qozondilar. Fors qoʻshinlarining asosiy qismi, jumladan, Kir II ham jang maydonida halok boʻlgan. U toʻliq 29 yil shohlik qilgan edi. Kir II ning jasadi topilgach, malika (Toʻmaris)ning buyrugi bn uning kesilgan boshi inson qoni bn toʻlgʻazilgan meshga solingan“.



Abdulla Oripov — ardoqli oʻzbek shoiri va jamoat arbobi. Zamonaviy oʻzbek sheʼriyatida inson qalbidagi murakkablik va ziddiyatlarni teran, haqqoniy oʻziga xos betakror kuylagan taniqli ijodkor. Abdulla Oripov hozirgi oʻzbek sheʼriyatiga yangicha badiiy tafakkur yoʻsinlarini olib kirdi. U tub mohiyati bilan YassaviyNavoiyBoburChoʻlponGʻafur Gʻulom singari ijodkorlar badiiy anʼanalarining davomchisi hisoblanadi. Shoir Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi sheʼrmuallifidir. Abdulla Oripov 1941-yilning 21-martida Qashqadaryo viloyatiKoson tumanidagi Nekoʻz qishlogʻida tugʻildi. Qishloq Qoʻngʻirtov etagiga oʻrnashgan boʻlib, oqar suv taqchil boʻlsa-da, seryomgʻir kelgan yillarda koʻkat-u maysalarga koʻmilib qoladigan kengish joy edi.
Ana shunday goʻzal maskanda tugʻilib oʻsgan Abdulla Oripovning otasi Orifboy Ubaydulla oʻgʻli ishbilarmon dehqonlardan boʻlib, jamoa xoʻjaligi raisi edi. Onasi Turdixol momo koʻpchilik oʻzbek ayollari singari sarishta, mehnatkash, mehribon, gʻoyat taʼsirchan va ezgulikka tashna ayol boʻlgan. Oilada toʻrt oʻgʻil, toʻrt qiz boʻlib, Abdulla oʻgʻillarning kenjasi edi.
Abdulla Oripov ijodkorlar orasida birinchi boʻlib, 1998-yilda „Oʻzbekiston Qahramoni“ degan yuksak unvonga sazovor boʻldi. U I va II chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputat Abdulla Oripov 2016 yilda AQSHda Texas shtadida vafot etadi.




Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin