Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/103
tarix20.03.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#54011
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   103
qiyosiy adabiyotshunoslik (2)

Qiyosiy induksiya 

– xususiydan umumiy tomon harakat, qiyoslanadigan adabiy 

hodisalarning o‘xshashlik va tafovutlarni aniqlash jarayonidir. 

Qiyosiy-tarixiy va qiyosiy-chog‘ishtirish metodi 

Qiyoslash  metodologiyasida  qiyosiy-tarixiy  va  chog‘ish-

tirish (yoki qiyosiy-chog‘ishtiruv) metodi eng asosiy metod­

lardan hisoblanadi. Bu metodlar mohiyatan bir-biriga yaqin, 

ammo farq qiladi. 

Qiyosiy-tarixiy metod  adabiy  hodisalarning  umumiy  va 

xos  tomonlarini  tarixiy  taraqqiyot  jarayoni  bilan  bog‘liqlikda 

qiyoslash usulidir. Qiyosiy-tarixiy metod asosidagi ilk nazariy 

fikrlar Arastuning  «Poetika»  asarida  bayon  qilingan.  Faylasuf 

adabiyotni epos, lirika, drama kabi uch turga ajratish jarayoni­

da ularni qiyoslaydi va mohiyatini tushuntirib beradi. Qiyosiy-

ta rixiy metod haqida ilmiy adabiyotlarda juda ko‘plab nazariy 

fikrlar  bayon  qilingan.  Jumladan,  adabiyotshunos,  B.Ka rimov 

qiyosiy-tarixiy  metoddan  foydalanib,  quyidagi  yo‘ na lishlarda 

ilmiy tadqiqot olib borish mumkinligini ta’kidlaydi:

1.  dunyo  adabiyoti  durdonalari  yoki  milliy  adabiyotning 

go‘zal namunalari o‘zaro qiyoslanadi;

2. adabiy asarlar yaratilgan davriga ko‘ra taqqoslab o‘rga-

niladi;


3. bir milliy adabiyot vakillarining qiyos uchun asosli asar­

lari o‘rganiladi;

4. milliy adabiyot namunalari dunyo adabiyoti kontekstida 

tekshiriladi;




26

27

5. adabiy jarayon yoki adabiyot tarixida mavjud adabiy ho-



disalarning farqli va o‘xshash qirralari tadqiq qilinadi;

6. mavzu yoki ilmiy muammo nuqtayi nazaridan o‘zaro ya­

qin bo‘lgan adiblarning asarlari tekshiriladi;

7. adabiy-estetik evolyutsiyani kuzatishda ma’lum bir adib 

tomonidan yozilgan asarlar obyekt qilib olinadi

1

.



Qiyosiy-tarixiy  metodning  nazariy  asoslari  A.N.Vese­

lovskiy,  V.M.Jirmunskiy,  N.I.Konrad,  A.Dima,  A.Dyurishin, 

V.R.Amineva kabi olimlar tomonidan juda yaxshi yoritilgan

2

.




Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin