Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/103
tarix20.03.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#54011
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   103
qiyosiy adabiyotshunoslik (2)

X.G.Gadamer (1900–2002) – nemis faylasufi va adabiyot­

shunosi.  Germenevtika  –  talqin  san’ati  nazariyasi  asoschisi. 

«Ha qiqat  va  metod»,  «Go‘zallikning  dolzarbligi»  kabi  asarlar 

Вечные сюжеты и образы в литературе и искусстве русского модернизма // mo-



dernista.moscow/ 


142

143


muallifi. Uning asarlari qiyosiy adabiyotshunoslikda tarjima va 

talqin, tahlil va talqin kabi masalalarga asos bo‘lib xizmat qiladi.



Kurt Vays (XXasr) – nemis komparativist olimi, Tyubin­

gen universiteti professori. Qiyosiy adabiyotshunoslik bo‘yi­

cha  yaratilgan  «Yevropa  xalqlarining  zamonaviy  adabi­

yoti»(1939),  «Qiyosiy  adabiyotshunoslikda  tadqiqotchilik 

mu am molari»(1948) kabi jamoaviy ilmiy asarlarning tashab­

buskori bo‘lgan. 



D.Dyurishin  (1928–1997)  –  qiyosiy  adabiyotshunoslik 

nazariyasi tarixida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lgan slovak oli­

mi,  adabiyotni  tipologik  jihatdan  o‘rganish  yo‘nalishining 

jahondagi eng yirik mutaxassisidir. Olimning «Slovak realis-

tik  hikoyachisi  va  N.V.Gogol»(1966),  «Adabiy  komparavisti­

ka  muammolari»  (1967),  «Adabiy  komparavistika  tarixi  va 

nazariyasidan»(1970),  «Adabiyotni  qiyosiy  o‘rganish»(1972), 

«Adabiy  komparativistik  nazariya»(1975),  «Slovak  adabiy 

komparavistikasi tarixi»(1979), «Slovak adabiy komparavisti­

kasi bibliografiyasi»(1980) kabi bir necha kitoblari jahonning 

ko‘plab tillariga tarjima qilingan. D.Dyurishinning «Adabiyot­

ni qiyosiy o‘rganish nazariyasi» asarida jahon adabiyotshunos­

ligida  qiyosiy  tahlil  metodining  paydo  bo‘lishi,  shakllanishi 

yoritilgan.  U  tipologik  tahlil  adabiyotshunoslik  uchun  mu­

him masalalaridan biri ekanini ko‘rsatadi va uning vazifa sini 

adabiy ta’sirning tipologik va genetik (adabiy asarlar, yozuv-

chilarning  ijodiy  merosi,  adabiy  maktablar,  janrlar,  uslub lar 

shakllanishi va boshqalar) mohiyatini aniqlash, ularning ichki 

qonuniyatlarini ochishdan iborat deb belgilaydi. 

A.Dima (XXasr)  –  rumin  adabiyotshunosi,  akademik,  qi-

yo   siy  adabiyotshunoslik  xalqaro  assotsiatsiyasining  a’zosi. 

Uning  mashhur  «Qiyosiy  adabiyotshunoslik  tamoyillari»  mo-

nog rafiyasi da jahon komparativistikasining tadrijiy taraqqiyoti, 

rumin qiyosiy adabiyotshunosligi, xalqaro adabiy aloqalar ning 

turlari  va  shakllari,  komparativistikaning  nazariy  va  ama-

liy ahamiyati kabi bir qator masalalar yoritilgan. Olim xalqaro 

adabiy  aloqalarning  turlari  haqida  yozar  ekan,  genetik  jihat­

dan yaqin bo‘lmagan, ijtimoiy va tarixiy jihatdan uzoq xalqlar 

adabiyotida ham tipologik o‘xshashliklar bo‘lishi mumkinligini 

isbotlaydi

1

. A.Dima yaratgan nazariya turli xalqlar adabiyotida 



o‘xshash va farqli tomonlarni tahlil qilish orqali, ular orasida­

gi umumiy qonuniyatlarni aniqlash imkonini beradi (Masalan, 

Mark Tven va G‘afur G‘ulom asarlari komparativistikasi)


Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin