Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


O‘tkir Hoshimov va Tohir Malik



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/103
tarix20.03.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#54011
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   103
qiyosiy adabiyotshunoslik (2)

O‘tkir Hoshimov va Tohir Malik ijodini 

qiyosan  o‘rgansak,  bir  makon  va  zamonda  yashab  ijod  etgan 

yozuvchilarning umumiy va xos tomonlarini aniqlay olamiz.

Ikkinchi vaziyat.  Bir  makon,  lekin  har  xil  zamondagi 

adabiy  hodisalarning  qiyosidan  tashkil  topadi.  Ma’lum  bir 

sharoitda, bir muhitda, bir makonda, ammo turli vaqtda mav­

jud,  mavjud  bo‘lgan  yoki  mavjud  bo‘lishi  mumkin  bo‘lgan 

adabiy  hodisa larni  qiyoslash  kerak  bo‘lganda,  ikkinchi  vazi­

yat  yuzaga  keladi.  Shu  bilan  birga,  turli  vaqtda,  ammo  juda 

o‘xshash  vaziyatlarda  mavjud  bo‘lgan  hodisalarni  qiyoslash 

– qiyin vazifa. Odatda, bu yerda muayyan muammolar, qiyin­

chiliklar, jumboqlar yuzaga keladi.

Ko‘pincha  xuddi  o‘sha  bir  makon,  masalan,  bir  mamla kat 

sharoitlarida  mavjud  bo‘lgan  hodisalarni  vaqt  omilini  in kor 

etgan  holda  qiyoslashga  harakat  qilishadi.  Bu  noto‘g‘ri.  Ma-

salan,  bir  makonda,  ammo  har  xil  zamonda  yashab  ijod  qil­

gan  shoirlar:  Muqimiy  bilan  Muhammad  Yusufning  yoshlar 

yoki yoshlik haqidagi qarashlariga, albatta, vaqt o‘z hukmini 

o‘tkazadi. Boshqacha aytganda, agar qiyoslanuvchi obyektlar 

aynan  bir  muhitda  mavjud  bo‘lsa  ham,  o‘z  taraqqiyotining 

turli  davrlarida  vaqt  masalaning  mohiyatiga  turlicha  ta’sir 

ko‘rsatishini hisobga olish lozim. Hatto agar hodisalar mavjud 

bo‘lgan  sharoitlar  (mamlakat,  qandaydir  bir  makon)  tubdan 

o‘zgarmagan  bo‘lsa-da,  bu  vaqt  ichida  qiyoslash  obyektlari-

ning o‘zi o‘zgargan bo‘lishi mumkin.




Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin