20
Yomg‘ir sariq zang pH=4,5 bo‘lib, yomg‘ir tufayli sabzavot o‘simliklari
qurib qoldi.
Bundan 150-170 yillar avval Ovropa yerlariga atmosferadan yog‘in
bilan kadmiy elemnti tushgan emas, lekin keyingi vaqtda gektariga 5,4
- 5,5 gr kadmiy tushmoqda. Uning odamning ayrim bezlaridagi
miqdori 1900 yilga qaraganda 75-80 barobar ortgan. Yirtqich qushlarda
esa 132 barobar ko‘paygan. Hattoki keyingi 100 yil ichida Pomir-Oloy
muzliklarida kadmiy miqdori 5-6 marta oshgan.
Inson ijod qilgan moddalarning, tiriklik genetik sistemasiga salbiy
ta‘siri juda katta.
Hozirgi kunda dunyo bo‘yicha ko‘p miqdorda turli kimyoviy moddalar
to‘plangan bo‘lib, ularning ayrimlari mutagenlik ta‘sir ko‘rsatadi, ular tirik
organizm tanasida oksidlanish, tiklanish, parchalanish va qo‘shilish
jarayonlarida hujayra organik moddalarini ifloslaydi, organizim genetik belgisi
o‘zgaradi, ya‘ni ayollar homiladorligi buzilishi, bolaning chala tug‘lishi, bolalar
o‘limi ortishi, yurak-qon tomir, oshqozon, jigar, buyrak, rak kasalliklari,
uyqusizlik kabi holatlar ko‘payadi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda
pistidsitlarni qo‘llash natijasida har yili 375 ming odam zaharlanadi. Ulardan
yuz mingdan ortig‘i o‘lgan. Zaharli gerbidsit va pestidsitlar qushlar, suv
hayvonlariga salbiy ta‘sir qiladi. Masalan, AQSh ning suv havzalarida
uchraydigan biologik organizmlarning 80% i teri va jigar raki bilan zaralangan.
Kanada sudan balig‘i jigarida shish bo‘lgan, 5% li xom neftdan suv o‘tlar,
umurtqasizlar, baliqlar, tyulen va kidsimonlar o‘ladi. Suvda ayrim og‘ir
metallardan juda oz miqdorda ham tirik organizmlarga ziyon yetadi. Ya‘ni
ularga simob, (0,05 mg l) mis (0,05), kadmiy (0,02), fenol (0,5), ammoniy (1
ml.g l), sianit (0,05)mg. Kabilar organizmlar harakatini buzadi ko‘p baliqlar
o‘ladi va insonga salbiy ta‘sir ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: