1972-1476-yillardagi vazirlik faoliyatida yaqqol namoyon bo`ldi. Husayn Bayqaro hokimyat ishlarida Navoiyning aql va sadoqatida tayanib ish ko`rdi. Uni, qarshiligiga qaramasdan, yuqori martabalarga tayinladi, 1472-yilda esa "amir"(vazir)likka qo`ydi. Buyuk shoir "amiri kabir" (ulug` amir), "amirul muqarrab" (podshoga eng yaqin amir) unvonlariga musharraf bo`ldi.
IJOD OG`USHIDA
Alisher Navoiy she`rni, shoirlikni hamma narsadan baland tutdi. Vazirlik martabasida turib ham she`r yozishni to`xtatmadi. Atrofidagilar uning bu ishiga rag`bat va hurmat bilan qaradilar. Shoh Husayn Bayqaroning o`zi unga rahnamolik qildi. Ulug` shoirning ilk she`riy devonini muxlislari tuzgan bo`lsalar, birinchi devoni - "Badoye ul-bidoya" ("Badiiylik ibtidosi")ni 1472-1476 yillarda shohning amri va istagiga ko`ra o`zi kitob qildi. 1485-1486-yillarda ikkinchi devon - "Navodir un-nihoya"("Nihoyasiz nodirliklar") maydonga keldi. Alisher Navoiy 1481-1482-yillarda "Vaqfiya" asarini yozadi.
QARO KO'ZUM
Qaro ko'zum, kelu mardumlug' emdi fan qilg'il, Ko'zum qarosida mardum kibi vatan qilg'il.
Yuzida terni ko'rub o'lsam, ey rafiq, meni Gulob ila yuvu gul bargidin kafan qilg'il.
Navoiy, anjumani shavq jon aro tuzsang, Aning boshog'lig' o'qin sham'i anjuman qilg'il.
Navoiy besh dostonni ikki yilda tamomlaydi. 1483-yilda o`z "Xamsa"sini yoza boshlab, 1485-yilning boshida tugatadi. Shoir ishlagan kunlar hisobga olinsa, 54 ming misralik ulkan obida 6 oyda bitkaziladi. Turkiy tilda birinchi marotaba "Xamsa" yaratiladi. Olimu fuzalo - barcha bu hodisani zo`r olqish bilan kutib oldilar. Zayniddin Vosifiyning "Badoye` ul-vaqoye`"sidan: "Shoh Navoiyga: "Bir mojaro Siz bilan bizning oramizdan ko`pdan hal bo`lmay keladi, shuni bugun bir yoqlik qilaylik", deydi. Bu mojaro shundan iborat ediki, Sulton Husayn Alisherning muridi bo`lishini ko`pdan orzu qilar va uni "pirim" deb atar edi. Alisher esa har gal: "Yo Ollo, yo Ollo, bu qanday gap bo`ldi! Aslida – biz muridmiz, siz – hammasiga pirsiz", der edi.