Algoritm turlari, xossalari, berilish usullari Reja: Kirish: a Algoritm tushunchasi. Asosiy qism



Yüklə 379,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix08.01.2023
ölçüsü379,61 Kb.
#78712
  1   2   3   4   5
Algoritm (1)



Algoritm turlari, xossalari, berilish usullari
Reja:
Kirish:
a) Algoritm tushunchasi.
Asosiy qism:
a) Algoritm turlari.
b) Algoritm xossalari.
c) Algoritmning tasvirlash usullari.
Yakuniy qism:
Xulosa


Algoritm tushunchasi
Algoritm - ijrochi uchun ma’lum bir masalani yechishga qaratilgan
ko’rsatmalarning aniq ketma-ketligi.
Algoritm - informatika va matematikaning asosiy tushunchalaridan
xisoblanadi.
Algoritm so’zi va tushinchasi algoritmi so’zidan olingan bo’lib, u IX
(783 yilda tugilgan) asrda yashab ijod etgan buyuk bobokolonimiz
Muxammad al-Xorazmiy nomi bilan uzviy bog’liq bo’lib, uning arifmetikaga
bag’ishlangan «Al jabr val muqobala» nomli asarining dastlabki saxifasidagi
«Dixit Algoritmic» («Dediki Al-Xorazmiy» ning lotincha ifodasi) degan
so’zlardan kelib chiqqan.
Al-Xorazmiy birinchi bo’lib o’nlik sanoq sistemasining prinsiplarini va
unda turli amallar bajarish qoidalarini asoslab berdi. Bu esa xisoblash
ishlarini ixchamlashtirish va osonlashtirish imkonini yaratdi. Chunki bu bilan
o’sha davrda qo’llanib kelingan Rim raqamlari va sonlarni so’z orqali yozib
bajarishdagi noqulayliklar bartaraf etildi.
Dastlab algoritm deyilganda o’nlik sanoq sistemasidagi sonlar ustida
turli arifmetik amallar bajarish qoidalari tushinib kelingan. Umuman olganda,
uni aniq ta’riflash mushkul. Algoritm deganda biror maqsadga erishishga
yoki qandaydir masalani yechishga qaratilgan buyruqlarning aniq, tushinarli,
chekli xamda to’liq tizimi, aniq natijaga olib keladigan amallarning
cheklangan ketma-ketligi tushiniladi.
Algoritimning xizmati quyidagilardan iboratdir. Aytaylik, kimdir
qandaydir masalani yechishni uylab topib va uni boshqalarga aytmoqchi
bulsa, u xolda u uylab topgan yechimni shunday tasvirlashi kerakki, natijada
boshqalar xam masalani tug’ri yechishsin. Shuning uchun tasvir bir necha
talablarga buysunishi kerak. Agar yechimning tasviri aniq bo’lmasa, ya’ni
mujmal bulsa, u xolda shu tasvirga asosan boshqa javobni olish mumkin.


Chunki xar kim masala yechimning tasvirini noaniq joyini o’zicha
aniqlashtirishi mumkin. Bunday tasvirni algoritim deb bo’lmaydi.
Har kuni necha martalab bajaradigan ishimiz algoritmga misol bo’la
oladi. Algoritmni ishlab chiqish uchun avvalo masalaning yechish yo’lini
yaxshi tasavvur qilib olish, keyin esa uni formallashtirish, ya’ni aniq qoidalar
ketma-ketligi ko’rinishida yozish kerak.



Yüklə 379,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin