Aksiyaning baholanishi va xususiyatlari


Aksiyalar holatini tahlil qilish ko’rsatkichlari



Yüklə 17,11 Kb.
səhifə3/6
tarix21.12.2023
ölçüsü17,11 Kb.
#187713
1   2   3   4   5   6
Aksiyaning baholanishi va xususiyatlari-hozir.org

Aksiyalar holatini tahlil qilish ko’rsatkichlari


  • P/E Multiplikatori

  • PEG multiplikatori

  • Net/Debt/EBITDA multiplikatori

  • EV/EBITDA multiplikatori

  • Dividend Yield

  • EV/sale multiplikatori

  • FCF Yield

  • NIM

  • ROE

  • Buyback Yield

  • VaR

  • Sharpa koeffitsienti

P/E Multiplikatori

P/E multiplikatori Aksiyaning bozor qiymatini uning daromadi orqali ifodalovchi ko’rsatkich hisoblanadi. Masalan: 1 birlik aksiyaning bozor narxi 1000 so’m, korxonaning joriy yillik daromadi 10 mln so’m, muomaladagi aksiyalar soni 100 000 donani tashkilk etsin. Bunday holatda 1 ta aksiyaning daromadlilik darajasi quyidagicha aniqlanadi:

1 ta aksiyaning daromadlilik darajasi = Korxona daromadi / muomaladagi aksiyalar soni

10 000 000 / 100 000 = 100, demak 1 dona aksiyaning 1 yillik daromadlilik darajasi 100 so’mga teng.

Ushbu ma’lumotlar asosida biz P/E ko’rsatkichini aniqlab olamiz, ya’ni

Ushbu ma’lumotlar asosida biz P/E ko’rsatkichini aniqlab olamiz, ya’ni

P/E = 1 birlik aksiyaning joriy narxi / aksiyaning daromadliligi

P/E = 1000 / 100 = 10, ya’ni o’zgarmas sharoitda korxonaga kiritgan mablag’larimizni 10 yildan so’ng to’liq qoplashimiz mumkin bo’ladi.

Rossiya davlatida P/E ko’rsatkichi o’rtacha 8 ni, AQSHda 15-20 ga yaqinni tashkil etsa normal holat hisoblanadi. Ammo bu ko’rsatkichlar mutloq hisoblanmaydi, qaysi tarmoq ekanligi va qanday davrdaligigga bog’liq. Masalan, so'nggi o'n yilliklar davomida S & P500 (Standard & Poor's 500 ta eng xaridorgir aksiyalar bozori) indeksiga kiritilgan aksiyalarning P/E qiymati taxminan 18 ni tashkil etdi. Ko'rsatkichning tebranishlari 10 dan 35 gacha bo'lgan. 2022 yil aprel oyi holatiga davomida S & P500 texnologik kompaniyalarning P/E ko’rsatkichi o’rtacha 27,2 ni, xom-ashyo sohasida – 17,9 ni tashkil etgan. Bozorning o’rtacha P/E ko’rsatkichi 22,2 koeffitsientni ko’rsatgan.


Yüklə 17,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin