Aksiyadorlar jamiyati — daromad topish maqsadida hissadorlik tamoyiliga binoan uyushgan sherikchilik jamiyati. Aksiyadorlar jamiyati boshqa sherikchilik korxonasidan farqliroq, muomalaga nominal qiymati koʻrsatilgan aksiyalar chiqarish va uni sotish yoʻli bilan tarqatish bunday jamiyatning moliyaviy negizini tashkil etadi. Aksiya egalari dividend shaklida daromad oladilar. Aksiyadorlar jamiyatining ochiq va yopiq jamiyat shaklidagi koʻrinishlari bor:
Yopiq aksiyadorlar jamiyati — aksiya egalari maʼlum guruh, masalan, taʼsischilarning oʻzi bilan cheklanadi. Aksiyalar faqat ularning oʻrtasida tarqatiladi.
Ochiq aksiyadorlar jamiyati — jamiyat aksiyalari erkin sotiladi va sotib olinadi, aksiyadorlar soni cheklanmagan, xohlagan va aksiya olishga puli bor yuridik yoki jismoniy shaxs, shu jumladan, ajnabiy shaxslar uning aʼzosi boʻla oladi
Davlat tashkilotini aksiyadorlik jamiyati etib ozgartirish davlat mulkini tasarruf etishga vakolatli organ tomonidan qabul qilinadigan qaror asosida tasis yigilishini otkazmasdan amalga oshiriladi. Bir muassisdan iborat bolgan jamiyatda tasis yigilishi otkazilmaydiUstav jamiyatning tasis hujjati bolib, unda quyidagi malumotlar bolishi kerak:
jamiyatning toliq (agar bolsa qisqartirilgan) firma nomi, joylashgan eri (pochta manzili) va elektron pochta manzili;
faoliyatining sohasi (asosiy yonalishlari) va maqsadi;
ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori;
jamiyat aksiyalarining soni, nominal qiymati, turlari (oddiy, imtiyozli);