Aksiyadorlik jamiyati va hususiyatlari


Yuridik shaxsning huquq layoqati va muomala layoqati aksiyadorlik timsolida



Yüklə 251,5 Kb.
səhifə6/11
tarix15.04.2023
ölçüsü251,5 Kb.
#98524
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Aksiyadorlik jamiyati va hususiy

Yuridik shaxsning huquq layoqati va muomala layoqati aksiyadorlik timsolida.

Xo‘jalik jamiyatlari o‘z mohiyati bo‘yicha kapitallarni birlashtirishning tashkiliy huquqiy shakli hisoblanadi. Xo‘jalik jamiyatlari o‘z navbatida mas’uliyati cheklangan jamiyat, qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat va aksiyadorlik jamiyati kabi turlarga bo‘linadi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida savdo, umumiy ovqatlanish, xizmat ko‘rsatish sohalarida ko‘plab korxonalar mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida faoliyat yuritmoqda, shu sababli ham mas’uliyati cheklangan jamiyatlar xo‘jalik Yurituvchi sub’ektlarni anchagina qismini tashkil etadi. Kichik va o‘rta biznes esa mutloq ko‘pchilikni tashkil etadi.
Yuridik va jismoniy shaxslar jamiyatning ishtirokchilari bo‘ladilar. taqiqlanishi yoki cheklanishi mumkin. Aksiyadorlik jamiyatlari xo‘jalik Yurituvchi sub’ektlar tizimida alohida o‘rin egallaydi. G‘arb mamlakatlarida aksiyadorlik jamiyatlari yirik ishlab chiqarishni tashkil etishda etakchi o‘rinni egallaydi. Professor E.Suxanovni guvohlik berishicha aksiyadorlik jamiyatlari hozirgi zamonda Rossiyada tadbirkorlik faoliyatning asosiy tashkiliy-huquqiy shakli hisoblanadi. Biroq Rossiya qonunchiligida aksiyadorlik jamiyatlari huquqiy maqomi ziddiyatli holatda o‘z ifodasini topadi. Agar Rossiya fuqarolik kodeksida aksiyadorlik jamiyatlarining german modeli mujassamlashtirilgan bo‘lsa, Rossiyaning aksiyadorlik jamiyatlari to‘g‘risidagi qonunida aralash (amerika-german) modeli o‘z ifodasini topgan.4 Agar O‘zbekiston qonunlarining andozasi ba’zi holatlarda Rossiya qonunchiligidan olinishini e’tiborga olsak, u holda bunday kamchilik bizga ham xos deb aytish mumkin. Bugungi mamlakatimiz iqtisodiyotida aksiyadorlik jamiyatlari asosan sanoat, transport, bank, moliya, sug‘urta, ulgurji savdo sohasida keng qo‘llanmoqda.
Yuridik shaxs o’z faoliyatida o’z ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan maqsadlarga muvofiq fuqarolik huquq layoqatiga ega bo’ladi. Tashkilotlar bilan fuqarolar o’rtasidagi huquq layoqatining hajmida farq bo’lishi mutlaqo tabiiydir. Tashkilotlar fuqarolarga nisbatan belgilangan birmuncha huquq va majburiyatlarga ega bo’la olmaydilar. Bundan tashqari, vujudga kelish vaqtida ham fuqarolarning huquq va muomala layoqatidan yuridik shaxslarniki farqlanadi. Yuridik shaxslarning huquq va muomala layoqati bir vaqtda ro’yxatdan o’tishi bilan vujudga keladi.
Yuridik shaxsning maxsus huquq layoqati uning ustavi, nizomi yoki qonun hujjatlari bilan belgilanadi (FK, 41-modda). Aynan ushbu holat yuridik shaxslarning huquq va muomala layoqati doirasini kengaytirib, istalgan qonuniy harakatni amalga oshirish imkoniyatini beradi.
Yuridik shaxs hisoblangan tashkilot yoki korxona qatnashadigan munosabatlarning doirasi uning tashkil qilinish maqsadlari bilan hamda amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlarning harakteri bilan belgilanadi.
Yuridik shaxslarning huquq va muomala layoqati ikki turga: umumiy
(universal) va maxsus huquq layoqatiga bo’linadi. Qonunda taqiqlanmagan istalgan faoliyatni amalga oshirish yuridik shaxsga umumiy (universal) huquq layoqatini beradi. Bu layoqat bilan yuridik shaxs o’z faoliyat doirasining barchasini ta’sis hujjatlarida sanab o’tishi shart bo’lmaydi.
Aksincha, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan istalgan faoliyat bilan shug’ullanish mumkinligi haqidagi ta’sis hujjatidagi havolaning o’zi faoliyat doirasining keng ekanligidan dalolat beradi. Maxsus huquq layoqatida esa yuridik shaxs o’z faoliyatini ta’sis hujjatida nazarda tutilgan maqsadga muvofiq shug’ullanishi nazarda tutiladi. Shunday qilib, yuridik shaxsning huquq layoqati, unga maxsus yuklangan vazifalar bilan belgilanadi (maxsus huquq layoqati). Yuridik shaxs qonun hujjatlarida belgilab qo’yilgan ayrim faoliyat turlari bilan faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosidagina shug’ullanishi mumkin. Masalan, neft, neft mahsulotlari va gaz qazib chiqarish, ularni qayta ishlash va sotish faoliyati5.
Fuqarolik huquqida fuqarolardan farqli o’laroq, yuridik shaxslarning huquq layoqatida tenglik mavjud emas, ularning har qaysi turi uchun har xil. U muayyan yuridik shaxsning paydo bo’lishida, uning ish maqsadlariga qarab, qonun, ustav yoki nizomlarida belgilanadi.
Yuridik shaxslarning muomala layoqati huquq layoqati bilan bir vaqtda vujudga keladi. Shu bilan birga, yuridik shaxslarni muomalaga layoqatsiz deb topish mumkin emas. Yuridik shaxsning muomala layoqati o’z nomidan fuqarolik-huquqiy munosabatlarda harakat qilishi, ya’ni bitimlar tuzish, majburiyatlarga ega bo’lish va uni bajarish, da’vogar hamda javobgar bo’lish layoqatidir.
Yuridik shaxs o’z ta’sis hujjatlari (ustavi, nizomi yoki ta’sis shartnomasi) asosida harakat qiladi. Yuridik shaxsning huquq layoqati, uning ta’sis hujjati tasdiqlangan paytdan boshlab yoxud tegishli vakolatli idora ushbu yuridik shaxsni tashkil etish haqida qaror chiqargandan keyin vujudga keladi. Yuridik shaxs davlat ro’yxatidan o’tkazilgandan boshlab tashkil etilgan hisoblanadi (FK, 44-modda, 4-qism).
Yuridik shaxsning huquq va muomala layoqati uning qonun, ustav yoki nizom bo’yicha belgilangan vakolatlar doirasida harakat qiluvchi o’z organlari orqali amalga oshiriladi hamda fuqarolik huquq va burchlariga ega bo’ladi. Yuridik shaxslarning organlari korporativ boshqaruvning taqsimlanishiga qarab, bir, ikki yoki uch bo’g’inli bo’lishi mumkin.
Masalan, xususiy korxonalarda bir bo’g’inli, shirkat xo’jaligida ta’sis
hujjatiga qarab bir yoki ikki bo’g’inli, jamoat fondlari, oilaviy 80 korxonalarda ikki bo’g’inli, MChJ, QMJda ikki yoki uch bo’g’inli, AJda uch bo’g’inli boshqaruv mavjud.
Yuridik shaxsning tashkiliy jihatdan tuzilishi (strukturasi)ni ko’rsatadigan ustavi yoki ta’sis shartnomasi bo’lishi kerak. Ba’zi davlat muassasalari va davlat budjetida bo’lgan boshqa davlat tashkilotlari, shuningdek, qonunda nazarda tutilgan hollarda, boshqa tashkilotlar ham alohida Nizomga ega bo’lmay, mazkur turdagi tashkilotlar haqidagi umumiy (namunaviy) ustav (nizom) asosida ish olib borishlari mumkin. Ta’sis shartnomasi va ustav bir-biridan farqlanadi. Ta’sis shartnomasi ikki yoki undan ortiq ta’sischilar tomonidan tuzilsa, ustav mulkdor yoki ishtirokchilar umumiy yig’ilishida tasdiqlanib, davlat ro’yxatidan o’tkaziladi. Amaldagi qonun hujjatlarida ustav va ta’sis shartnomasi ta’sis hujjati sifatida turli yuridik shaxslarda turlicha ekanligi
ayon bo’ladi. Masalan, xo’jalik shirkatlarida faqat ta’sis shartnomasi, mas’ulyati cheklangan jamiyat, qo’shimcha mas’ulyatli jamiyat, nodavlat notijorat tashkilotlarida ustav va ta’sis shartnomasi, xususiy korxona,
aksiyadorlik jamiyati va davlat korxonalarida ustav ta’sis hujjati hisoblanadi.
Ta’sis shartnomalarida yuridik shaxs turidan kelib chiqib, umumiy holda ta’sis etilayotgan yuridik shaxsning turi, firma nomi va pochta manzili, uning faoliyat sohasi, maqsadlari va muddatlari, vakolatxonalari va filiallari, ularni tuzish tartibi, muassislarning (ishtirokchilarning) tarkibi, har bir ishtirokchi ulushining miqdori va nominal qiymati, hissalarining tarkibi, ularni kiritish muddatlari va tartibi, ustav fondining miqdori va uni hosil qilish tartibi, uni ko’paytirish va kamaytirish tartibi, faoliyatni boshqarish tartibi, foydani taqsimlash va zararni qoplash tartibi, qayta tashkil etish va tugatish tartibi, qonun hujjatlariga zid bo’lmagan boshqa shartlar o’z ifodasini topadi.
Yuqoridagilardan tashqari, har bir yuridik shaxsning ta’sis hujjatlarida ularning tashkiliy-huquqiy shaklidan kelib chiqib, o’ziga xos ma’lumotlar ham bo’ladi. Bunday ma’lumotlar maxsus qonun hujjatlarida belgilangan bo’ladi. Masalan, aksiyadorlik jamiyatlarida emissiya qilinayotgan aksiyalar va ular bilan bog’liq ma’lumotlar.



  1. Yüklə 251,5 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin