Aksiyadorlik jamiyati va hususiyatlari


Tashkiliy birlik yani aksiyadorlik jamiyati-



Yüklə 251,5 Kb.
səhifə3/11
tarix15.04.2023
ölçüsü251,5 Kb.
#98524
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Aksiyadorlik jamiyati va hususiy

Tashkiliy birlik yani aksiyadorlik jamiyati-bu Yuridik shaxsning huquq sub’ekti sifatida tashkil bo‘lganligini, muayyan huquq va majburiyatlarga ega bo‘lishini bildiradi.
Yuridik shaxslarning ayrim filiallari (xo‘jalik bo‘limlari, uchastkalari, agentliklari) ma’lum tizimga ega bo‘lgan, muayyan tarzda tashkil etilgan bo‘lsa ham, ular butun bir tashkilot (korxona muassasa) ishining bir qisminigina bajaruvchi tashkilotlari bo‘lgani tufayli Yuridik shaxs bo‘la olmaydi.
Yuridik shaxs tushunchasi va belgilari Fuqarolik huquq subyektlari ichida yuridik shaxslar o’z belgilari, vujudga kelish va bekor bo’lish usullari, fuqarolik-huquqiy munosabatda ishtiroki, subyektiv huquqlarni amalga oshirishi bilan ajralib turadi. Fuqarolik huquqining mustaqil subyektlari sifatida fuqarolik-huquqiy munosabatlarda qatnashish va shu munosabat bilan muayyan huquq va majburiyatlarga ega bo’lishi layoqati nafaqat fuqarolarga, balki yuridik shaxslarga ham beriladi2.
Mamlakatimizda yuridik shaxslar faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini yaxlit tizimi yaratilgan. Ularning har birida turli xo’jalik yuritish shakliga ega bo’lgan u yoki bu yuridik shaxslarga o’ziga xos ta’riflar, tushunchalar berilgan. FK esa ularning barchasini umumlashtirib quyidagicha ta’rif beradi: O’z mulkida, xo’jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo’lgan ham o’z majburiyatlari yuzasidan ushbu molmulk bilan javob beradigan, o’z nomidan mulkiy va shaxsiy-nomulkiy huquqlarga ega bo’la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo’la oladigan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi (FK, 39-modda). Shuningdek, fuqarolik huquqi subyekti yuridik shaxs sifatida tan olinishi uchun muayyan huquqiy belgilarga ega bo’lishi talab etiladi. Yuridik shaxs belgisi uning ichki o’ziga xos xususiyatidir. FKda yuridik shaxsga berilgan ta’rifdan aniqlanishicha, har qanday tashkilot emas, balki
muayyan talablarga javob beradigan tashkilotlargina yuridik shaxs bo’la oladi.
Aksiyadorlik – bu yuridik shaxsning huquq subyekti sifatida tashkil bo’lganligini, o’z oldiga qo’yilgan vazifalarni bajarish uchun ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan boshqaruv organlari va bo’linmalari orqali muayyan huquq va majburiyatlarga ega bo’lishligini bildiradi. Yuridik shaxsning tashkiliy jihatdan tuzilishi (strukturasi) ta’sis hujjatida ko’rsatiladi. Yuridik shaxslarning ayrim filiallari (xo’jalik bo’limlari, uchastkalari, agentliklari) ma’lum tizimga ega bo’lgan, muayyan tarzda tashkil etilgan bo’lsa ham, ular butun bir tashkilot (korxona, muassasa) ishining bir qisminigina bajaruvchi tashkilotlari bo’lgani tufayli yuridik shaxs bo’la olmaydi3.
Mulkiy mustaqillik belgisi – yuridik shaxsga ma’lum bir mol-mulkni mulk (xo’jalik yuritish, operativ boshqaruv) huquqi asosida tegishliligini bildiradi. Ya’ni FKning 39-moddasidagi yuridik shaxs ta’rifidan kelib chiqadigan bo’lsak, “o’z mulkida, xo’jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo’lgan”dagina, tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi. Yuridik shaxslarning mol-mulki ularning balans yoki smetasida hisobda turadi va FKning 39-moddasi talablariga muvofiq har qanday tashkilotda balans yoki smeta mustaqil bo’lishi lozim. Davlat tashkilotlari davlatga qarashli mulkka nisbatan to’la xo’jalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqigagina egadirlar. Xo’jalik jamiyatlari va shirkatlari, jamoat tashkilotlari, ularning birlashmalari o’zlariga mulk huquqi asosida tegishli bo’lgan mulkni egallaydi. Alohida mulkka ega bo’lmagan yoki mustaqil ravishda boshqara olmaydigan va shu sababli boshqa shaxslar bilan xo’jalik munosabatlarida bo’la olmaydigan
tashkilotlar fuqarolik huquqining subyekti bo’lib hisoblanmaydi.
Mustaqil mulkiy javobgarlik – yuridik shaxs o’z majburiyatlari yuzasidan o’ziga tegishli bo’lgan (davlat tashkiloti esa, o’ziga biriktirib qo’yilgan) mulki bilan javob beradi. Yuridik shaxs hisoblangan davlat tashkilotlarining majburiyatlari yuzasidan davlat javobgar bo’lmaydi, bu tashkilotlar ham davlat tashkilotlari majburiyatlari yuzasidan javobgar bo’lmaydilar. Davlat budjetida turadigan tashkilotlarning qarzini qoplash, mablag’ berish shartlari va tartibi O’zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanadi.
Yuridik shaxsning yuqori organi o’ziga qarashli yuridik shaxs hisoblangan tashkilotlarning qarzlari yuzasidan javobgar bo’lmaydi.
Ammo yuridik shaxsning yuqori organi o’ziga bo’ysunadigan tashkilotning qarzlari uchun qonunda yoki ta’sis hujjatida nazar da tutilgan hollarda javobgar bo’lishi mumkin. Quyi tashkilotlar ham o’zlarining yuqori tashkilotlari majburiyatlari yuzasidan javobgar bo’lmaydi. Yuridik shaxslar o’z majburiyatlari bo’yicha o’zlariga qarashli butun mol-mulki bilan javob beradi. Davlat korxonasining mol-mulki yetarli bo’lmaganida davlat uning majburiyatlari bo’yicha subsidiar (qo’shimcha) javobgar bo’ladi. Yuridik shaxsning bankrotligi uning mulkdori yoki ta’sischining g’ayriqonuniy harakatlari tufayli vujudga kelgan bo’lsa, yuridik shaxsn ing mol-mulki yetarli bo’lmaganda, uning mulkdori (yoki ta’sischisi) zimmasiga subsidiar javobgarlik yuklatilishi mumkin.
Fuqarolik muomalasida o’z nomidan harakat qilishi – yuridik shaxs hisoblangan tashkilot o’z nomidan huquqiy munosabatlarda qatnashib, turli bitimlar tuza olishi, mulkiy va mulkiy harakterda bo’lmagan huquqlarga ega bo’la olishi va majburiyatlar vujudga keltira olishi, demakdir. Yuridik shaxs sudda, xo’jalik sudida yoki hakamlik sudida mustaqil ravishda da’vogar va javobgar bo’la oladi.
Xodimlar korporativ tuzilma bilan tuzilgan mehnat shartnomasi asosida ma’lum bir funktsional vazifalarni bajaradilar va tegishli ravishda ish haqlari hisoblanishi va to‘lanishi natijasida moliyaviy munosabatlarga kirishadilar. Agarda xodim aksiyadorga aylanadigan bo‘lsa, munosabatlar doirasi yanada kengaygan holda boshqaruv munosabatlaridagi ishtiroki ham yuzaga keladi. Korporativ tuzilmalar, jumladan aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatni tashkil qilish yoki kengaytirib borish nuqtai nazaridan turli moliyaviy tuzilmalar, xususan fond birjalari, banklar, sug‘urta kompaniyalari bilan ham munosabatlarga kirishadilar. Moliya institutlari bir tomondan o‘zlarining asosiy faoliyatlaridan kelib chiqqan holda korporativ tuzilmalar bilan munosabatlarga kirishsa, boshqa tomondan qo‘shimcha faoliyat sifatida aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarini xarid qilish orqali aksiyadorga aylanishi natijasida korporativ boshqaruvda ham ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi. Bunda moliya institutlari asosiy faoliyati orqali korporativ tuzilmalar bilan munosabatlar deyilganda aksiyalarni joylashtirish nuqtai nazaridan fond birjalari bilan, qo‘shimcha mablag‘lar jalb qilish nuqtai nazaridan banklar bilan, risk darajasini kamaytirish maqsadida sug‘urta kompaniyalari bilan nazarda tutilmoqda. Yana bir eng asosiy jihat bu korporativ tuzilmaning o‘z asosiy faoliyatini oshirishi uchun hamkor tadbirkorlik tuzilmalari bilan yuzaga keladigan munosabatlaridir. Ular ham korporativ tuzilma faoliyatidagi ishtirokidan kelib chiqqan holda manfaatdor tomonga aylanadi va bilvosita bo‘lsada korporativ boshqaruv jarayonida ma’lum holatlarda ishtirok etadi. Korporativ boshqaruvda davlat bilan munosabatlar ham jiddiy e’tibor talab qiladigan masalalardan biri hisoblanadi. Bunda davlat tomonidan qo‘yilayotgan atrof-muhit muhofazasi, bandlikni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy muammolarni hal qilish kabi masalalar korporativ t qilish kabi masalalar korporativ tuzilma mulkdorlari tomonidan strategik qarorlar qabul qilishda hisobga olinishi talab etiladi. Davlat bilan munosabatlarda soliq munosabatlari qamrovi kengligi va majburiy va davomli ekanligi bilan ham xarakterli hisoblanadi. Yuqoridagilardan tashqari davlatning aksiyador sifatidagi faoliyati korporativ boshqaruvda davlatning ishtirokini kafolatlaydi va bu amaliyot dunyo miqyosida keng qo‘llanilishini alohida ta’kidlab o‘tish lozim. Korporativ tuzilma faoliyatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar hamda korporativ munosabatlar ishtirokchilari affillangan shaxslar deb ataladi. Bunda ma’lum bir qarorlar affillangan shaxslar roziligi asosida qabul qilinadi. Korporativ munosabatlarda sub’ektlar manfaatlaridan kelib chiqqan holda quyidagilar bo‘yicha muammoli holatlar uchraydi: - pul oqimlarini boshqarish; - foydani taqsimlash; - faoliyat yo‘nalishlarini kengaytirish va hokozolar. Korporativ boshqaruvda eng asosiy sub’ektlar shubhasiz mulkdorlar (aksiyadorlar) va menejerlardir. Shu nuqtai nazardan korporativ munosabatlarda korporativ boshqaruv va korporativ menejment umumiy va xususiy tarzda ko‘rib chiqiladi. Korporativ boshqaruv umumiy tarzda korporativ menejmentni ham o‘z ichiga oladi va yaxlit boshqaruv tizimini o‘zida aks ettiradi. Korporativ menejment esa maxsus shartnoma asosidagi boshqaruv sifatida korporativ tuzilma joriy faoliyatini boshqarib boradi. Korporativ tuzilmalarda yuzaga keladigan eng muammoli munosabatlar aynan aksiyadorlar va menejerlar o‘rtasida yuzaga keladi. Menejerlar aksiyadorlarning agentlari sifatida foliyat yuritishi tufayli fanda agentlik nazariyasi shakllangan. “Tadbirkorlikda professional menejmentga XX asrdan boshlab alohida e’tibor qaratilgan. Bosh ijrochi direktor yoki bosh menejer jami menejerlar ustidan nazorat qiladi va javobgarlikni o‘z bo‘yniga oladi. Rahbarlik va javobgarlik yuqoridan pastga, hisobdorlik esa pastdan yuqoriga tartibda amal qiladi
Umumiy holda korporativ boshqaruvning prinsiplari quyidagilar: - qonuniylik; - adolatlilik; - hisobdorlik; - javobgarlik; - oshkoralik; - shaffoflik. Korporativ boshqaruvning qonuniylik prinsipi davlat tomonidan belgilangan qonunchilik asosida korporativ boshqaruv tashkil qilinishi, korporativ tuzilma faoliyatining qonuniy bo‘lishi lozimligi ifodalaydi. Adolatlilik prinsipi esa korporativ tuzilmada aksiyadorning ulushidan qat’iy nazar bir xil munosabatda bo‘lish, minoritar aksiyadorlar huquqlari va manfaatlarini ta’minlash lozimligini nazarda tutadi. Korporativ boshqaruvda boshqaruv va nazorat organlarining belgilangan tartibda aksiyadorlarga yoki aksiyadorlar vakillariga hisobot berishi hisobdorlik prinsipi asosida tashkil etiladi. Korporativ tuzilma joriy moliyaviy-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha ijroiya organi, ijroiya organ faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha Direktorlar (kuzatuv) kengashi javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi va bu amaliyot javobgarlik prinsipi asosida tashkil etiladi. Korporativ tuzilma o‘z faoliyati natijalari bo‘yicha, shuningdek investitsiyalar jalb qilish maqsadida oldindan belgilab qo‘yilgan axborotlar (hisobotlar)ni e’lon qilib boradi. Bunda ma’lumotlar axborotlar oshkoraligi prinsipiga rioya qilish maqsadida e’lon qilib boriladi. Shuningdek, ma’lum bir holatlar yoki moliyaviy qarorlar (operatsiyalar) bo‘yicha korporativ tuzilmalar tomonidan muhim faktlar e’lon qilib boriladi. Bu amaliyot bevosita aksiyadorlarni xabardor qilib borish maqsadida korporativ tuzilma faoliyatining shaffofligini ta’minlashga qaratiladi hamda bu jarayon shaffoflik prinsipining talabi hisoblanadi. Korporativ boshqaruv prinsiplariga qat’iy amal qilish iqtisodiy va ijtimoiy hayotda quyidagilarga imkon beradi
Yuridik shaxsni yuqoridagi belgilaridan tashqari uni individual belgilari (firma nomi, tovar (xizmat) belgisi) ham mavjud. Yuridik shaxs vujudga kelishi va rivojlanishi bilan birga, uning mohiyatini o’zida ifoda etuvchi bir qator qarashlar, nazariyalari mavjud, ular zamonaviy yuridik shaxs tushunchasining vujudga kelishi va mohiyatini ifodalashda muhim o’rin egalladi. Bunday nazariyalarga fikstiya nazariyasi, ijtimoiy voqelik nazariyasi, mavjud holat nazariyasi, tashkilot nazariyasi, manfaat nazariyasi, ma’muriyat nazariyasi, direktor nazariyasi, jamoa nazariyasi, jamoa mulki nazariyasi va boshqalardir.


Yüklə 251,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin