Ajratuvchi bo`lak



Yüklə 18,79 Kb.
səhifə5/5
tarix17.05.2023
ölçüsü18,79 Kb.
#114851
1   2   3   4   5
Haydovchilar va yo\'lovchilar huquq va majburyatlari

Temir yo`l kesishmasi – yo`lning temir yo`l bilan bir sathda kesishgan joyi.
Transport vositasiodamlarni, yuklarni tashishga yoki mahsus ishlarni bajarishga mo`ljallangan qurilma.
Transport vosirasining egasi – transport vositasiga mulk xuquqida yoki boshqa ashyoviy huquqlarda egalik qiluvchi yuridik yoki jismoniy shahs.
Transport vositalarining tashkiliy jamlanmasi – bevosita bir-birining ketidan bitta harakatlanish bo`lagida faralarini doimiy yoqib kelayotgan, oldida yalt-yalt etuvchi ko`k rangli yoki ko`k va qizil rangli chiroq mayoqchasi yoqilgan transport vositasi kuzatib borayotgan uch va undan ortiq mehanik transport vositalari guruhi.
Trotuar – yo`lning qatnov qismiga tutashgan yoki undan maysazor, ariq mahsus to`siqlar bilan ajratilgan va piyodalarning harakatlanishi uchun ajratilgan qismi.
Tirkama – mehanik transport vositasi tarkibida harakatlanishga mo`ljallangan yurgizgich bilan jihozlanmagan transport vositasi.
Bu atama yarim tirkama va uzaytiriladigan tirkamalarga ham taalluqlidir.
To`xtash – transport vositasining harakatini 10 daqiqadan kam vaqtga to`xtatish (harakatsiz xolatga keltirish).
To`xtab turish – transport vositasining harakatini yo`lovchilarni chiqarish yoki tushirish, yuk ortish yoki tushirish bilan bog`liq bo`lmagan vaziyatlarda 10 daqiqadan ko`proq vaqtga atayin to`xtatish.
Qorong`i vaqt – kechki g`ira-shiraning ohiridan tongi g`ira-shiraning boshlanishi orasidagi vaqt.
Qatnov qismi – yo`lning relssiz transport vositalari harakati uchun mo`ljallangan qismi.
Quvib o`tish – egallagan harakatlanish bo`lagidan chiqib, oldinda ketayotgan transport vositasidan o`zib ketish.
Chorraha – Yo`lning o`zaro bir sathda kesishadigan, tutashadigan va ayriladigan joyi.
Chorraha chegarasi uning markazidan qatnov qismlari oxiridagi qarama-qarshi tomonlarning eng uzoqroqdagi burial boshlagan joylarini tutashtiruvchi hayoliy chiziqlar bilan aniqlanadi.
Yo`l harakati svetofor va tartibga soluvchining ishoralari orqali boshqarilayotgan chorraha tartibga solingan chorraha hisoblanadi.
Miltillovchi sariq ishorada harakat boshqarilayotgan, svetoforlar ishlamayotgan yoki tartibga soluvchi bo`lmagan chorraha tartibga solinmagan chorraha hisoblanadi.
Haydovchi – yo`llarda biror bir transport vositasini boshqaruvchi shaxs.
Boshqarishni o`rgatuvchi, miniladigan hayvonlarda ketayotgan yoki ularni etaklab borayotgan, chorva mollari (poda) ni haydab borayotgan shahslar ham haydovchiga tenglashtiriladi.
Harakatlanish bo`lagi – avtomobillarning bir qator bo`lib harakatlanishi uchun kengligi etarlicha bo`lgan, yo`l chiziqlari bilan belgilangan yoki belgilanmagan yo`l qatnov qismining har qanday bo`ylama bo`lagi.
Yüklə 18,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin