-biror kasb egasi bo’lmish kishiga nisbatan ijobiy yoki salbiy munosabatda bo’lishni tegishli kasbga ko’chirish
-kasbning oddiy kundalik tomonini nazar pisand qilmasdan uning tashqi tomoniga sirtiga mahliyo bo’lish
-o’rtoqlarining ta’siri ostida kompaniya uchun kasb tanlash va boshqalar.
Glossariy
Kasb tanlash- ijtimoiy foydali mehnatga o’z hisasini qo’shish zarurligini anglash natijasida kasbga yo’nalish.
Proforientatsiya - yoshlarni hohish istaklari qiziqishlari qobiliyatlariga qarab xalq xo’jaligi mutaxassislarga bo’lgan ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda psixologik-pedagogik va tibbiy kasbga yo’naltirish.
O’spirinlik- bu odamning fuqaro sifatida shakllanishi uning ijtimoiy jihatdan yetilishi o’z taqdirini o’zi hal qilishi ijtimoiy hayotga faol ishtirok etishi davri fuqarolik va vatanparvarlik kabi ma’naviy sifatlari tarkib topadigan davridir.
Kasb (lotincha: professio — rasmiy koʻrsatilgan mashgʻulot, ixtisoslik) — maxsus nazariy bilimlar va amaliy koʻnikmalar majmuiga ega tajribali shaxsning mehnat faoliyati turi hisoblanadi.
Maqsad — inson amaliy faoliyatining avvaldan fikran oʻylangan natijasi. Maqsad insonlarga xos boʻlib, uni kelajakning loyihasi, deb taʼriflash mumkin.
Test.
1. Ilk oʻspirinlik davrida asosiy faoliyat nimalar?
A)oʻqish va mehnat . B) oʻyin C) ish D) pul topish
2.Ilk oʻspirinlik davri necha yoshlarni oʻz ichiga oladi?
A) 15-18. B) 15-21. C). 17-22. D) 20-23
3. Oʻspirinlarda uchraydigan motivlarni qaysi olim tadqiq etgan?
A) Krutetskiy. B) Pavlov. C) Klimov. D) Ch. Darvin