Aholining oziq-ovqat mahsulotlariga va qayta ishlash sanoatining xom ashyoga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida ta’minotni tubdan yaxshilash hamda uni uzluksiz davom ettirish davr talabidir



Yüklə 328,26 Kb.
səhifə9/11
tarix18.03.2023
ölçüsü328,26 Kb.
#88670
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
tomat qadoq kurs loyiha

Qog‘oz ishlab chiqarish
Qog‘oz ishlab chiqarish quyidagi bosqichlardan iborat:

  1. qog‘oz massasi (pulpa)ni tayyorlash;

  2. qog‘oz tayyorlash mashinasida qog‘oz tayyorlash;

  3. qog‘ozga bezak berish, ishlov berish va qadoqlash.

Qog‘oz massasini tayyorlash komponentlarni suvda konusli tegirmondan foydalanib tortishdan boshlanadi. Suvda tegirmonda tortilgandassellyuloza massasi suvga bo‘kadi va eng yupqa tolachalar – fibrillgacha maydalanadi. Komponentlar qancha yupqa maydalansa, qog‘ozning sifati shuncha yaxshi bo‘ladi. Tegirmondan o‘tkazilgan (yanchilgach) qog‘oz navidan kelib chiqib har xil kompozitsiyalar tuziladi. Olingan massa quyqalardan tozalanadi, elimlovchi va to‘ldiruvchi moddalar qo‘shiladi va quruq qoldiq holati bo‘yicha 0,1–1% konsentratsiyagacha suspenziya qo‘shiladi. Agar bundan ham yuqori konsentratsiyadagi suspenziya qo‘shilsa, xomashyoning bir qismi agregat holatga o‘ta boshlaydi va notekis hamda dog‘li qog‘oz hosil bo‘ladi.
Qadoq uchun qog‘oz va karton ishlab chiqarishda suspenziyaning konsentratsiyasi yuqoriroq bo‘lishi mumkin. Elimlovchi komponentlar va to‘ldiruvchilar – bu noorganik tuzlar, oksidlar va ba’zi organik bog‘lar bo‘lib, quritilgandan keyin qog‘oz tolalarini mustahkam bog‘laydi va material uchun xos bo‘lgan tolali-g‘ovakli strukturani hosil qiladi. Bo‘rlash – oq pigmentli tarkib, xususan, kimyoviy bo‘r, bariy sulfat, titan dioksidi cho‘kmalari tarkibiga ega pigment-elimli tarkibni kiritishdir. Bo‘rlash qog‘ozni oppoq, yaltiroq va silliq qiladi. Bo‘rlangan qog‘oz bosma rasmni yaxshi qabul qiladi.
Qog‘oz polotnosi (qog‘ozning tayyor bo‘lgan ko‘rinishi)ni olish ikki xil usul bilan amalga oshiriladi: ho‘l “elimlash” va quruq usullari bilan. Ho‘l usul quyidagicha amalga oshiriladi: qog‘oz polotnosi shakllanadigan qog‘oz tayyorlaydigan mashina setkasiga suspenziya (komponentlar dispersiyasi) quyiladi, so‘ng qog‘oz polotnosi zichlanadigan presslash mashinasida presslanadi. YAkuniy bosqich sifatida sayqal berish amalga oshiriladi, bunda ishlov berish darajasi qog‘oz markasidan kelib chiqib bajariladi. qog‘oz polotnosi issiq vallar bilan tekislanadi, keyin namlanadi (konditsionirlanadi), yuzasi bir necha bor kalandrlar yordamida silliqlanadi va rulon holida o‘raladi. Keyinchalik uncha katta bo‘lmagan rulonlarga yoki varaq holida kesiladi va qadoqlanadi. Tayyor mahsulotning namligi 6-8% bo‘ladi.
Quruq usulda komponentlarni aralashtirish havoda amalga oshiriladi: tolasimon massaga bog‘lovchi polimer smola shimdiriladi, bunda dag‘al tolasimon modda shakllanadi. Massa pressda zichlashtiriladi, bunda smola qotadi va qog‘oz polotnosi olinadi. So‘ngra yuzasi bir necha bor kalandrlar yordamida silliqlanadi va rulon holida o‘raladi yoki varaq holida kesiladi. Karton ishlab chiqarish huddi qog‘oz ishlab chiqarish kabi bir xil bo‘lib, farqi komponentlarning tarkibi, bog‘lovchi moddalarning konsentratsiyasi va tayyor materialning qalinligidan iborat.
Har bir turdagi idish o‘zining ishlab chiqarish texnologiyasiga ega, masalan, qog‘oz qutilar (korobkalar) ishlab chiqarish kartonni bichib konstruksiyalash, qirqish va quyidagi operatsiyalardan iborat:
SHtansevlash – karton listlaridan korobkalar uchun bir martalik yoki ko‘p karrali kartonli zagotovkalarni shakllantirish jarayoni.
Bukish jarayoni – bosib sindiradigan ariqchalar (bir yoki bir necha qatorlar) shaklida bukish chiziqlarini tayyorlash jarayoni.
Ritsevkalash – material yuzasida ½ qalinlikda maxsus ritsovkalash pichoqlar bilan chiziqlar chizish yoki tirnash jarayoni, uning natijasida eni 2-3 mm uzuk-uzuk iz qoladi. Iz bukiladigan joylarga yoki juda mustahkam elimli chokni ta’minlash uchun kuchli elimlanadigan joylarga chiziladi.
Perforatsiyalash – ingichka uzuk-uzuk ikki tomoni ochiq teshiklar ochish maxsus konstruksiyadagi pichoqlar bilan amalga oshiriladi va bukish kuchlanishini kamaytirish uchun foydalaniladi.
Bosib naqsh solish – kontur tarzidagi bosilgan iz yoki polimer plyonkaga lak bilan bo‘yalgan “oltin” yoki “kumush” izi.
qoplash – aylanuvchan rolik bilan bukilish chiziqlarini qoplash. Bichuvchi qurilmalar bilan amalga oshiriladi.
U yoki bu operatsiyalar olinadigan idish ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib qo‘llaniladi.

Yüklə 328,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin