Aholining oziq-ovqat mahsulotlariga va qayta ishlash sanoatining xom ashyoga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida ta’minotni tubdan yaxshilash hamda uni uzluksiz davom ettirish davr talabidir



Yüklə 328,26 Kb.
səhifə4/11
tarix18.03.2023
ölçüsü328,26 Kb.
#88670
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
tomat qadoq kurs loyiha

Polimer idishlarning sinflanishi.
Konserva sanoatida turli xil polimer materiallardan tayyorlangan idishlar qo‘llaniladi. Bunday idishlarning narxi arzon, engil, gigenik bo‘lib, yuqori unumdorli mashinalarda qadoqlanadi. Bularga polieitilen qoplar, kichik qutilar, paketlar, stakanlar, shuningdek, hajmi 30, 50, 100, 150, 200, 250 sm3 bo‘lgan bankakchalar kiradi.
Polietilen qoplar qalinligi 100 ... 200 yoki 55 .. 74 mkm bo‘lgan polietilendan 2 qavat qilib ishlab chiqariladi va taxta, karton bochkalar ichiga joylanib, unga pyure va pastalar quyiladi.
Kichik qutichalar, paketlar, stakanlar va bankachalar esa issiqqa chidamli viniplast yoki plastik qobiqdan bosim ostida to‘xtovsiz ravishda 120-1300S haroratda shakllarga siqib quyish usuli bilan olinadi.
Bu polimerdan tayyorlangan idish steril bo‘lib, unga ishlov bermasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tayyor mahsulotni solish va maxsus polimer qobiq yoki alyuminiy folga bilan mustahkam payvandlanib, bloklarni alohida qilib kesib chiqiladi. YOpqich qobiq chiroyli yorliq muhrlari bilan bezatiladi. Polimer quti va stakanlarga murabbo, jem, povidlo, marmelad, shakar qo‘shib ezilgan mevalar, asal va hokazolar joylanadi.
Oziq-ovqat mahsuloti joylanadigan idishlar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan polimer materiallarning barchasi sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan mukammal tekshiruvdan o‘tkazilib, ishlab chiqarishga ruxsat etilgandan keyingina sanoatda ishlab chiqariladi.
Polimer idishlarning quyidagi qator afzalliklari mavjudligi uchun ishlab chiqariladi:
-nisbatan yuqori zichlikda past solishtirma massaga ega ekanligi;
-kimyoviy inertligi;
-past mo‘rtligi;
-bo‘yalishining osonligi;
-yuqori texnologiyaviyligi;
-o‘zaro almashinuvchanligi.
Lekin bu turdagi idishlarning ba’zi kamchiliklari ham yo‘q emas:
-kislorod, havo, agressiv muhit, quyosh nurining ta’sirida eskirishi;
-utilizatsiya qilishda polimerlarni bir-biridan ajratishning mushkullligi;
-organik birikma (polivinilxlorid, polistirol va b. ) larning mahsulotga ko‘chib o‘tish mumkinligi.
Polimer qadoq idishlari asosan uchta turda ishlab chiqariladi:
-plastmassadan qattiq idishlar;
-polimer va kombinatsiyalashagan materillardan yarim qattiq va yumshoq idishlar;
-polimer materillar qo‘llab kombinatsiyalashgan idishlar.
Gigienik xususiyatlariga ko‘ra polimer dishlar quyidagi turlarga bo‘linadi:
-oziq-ovqat mahsulotlari uchun;
-maishiy sharoit tovarlari uchun;
-texnik vazifadagi tovarlar uchun;
-kimyoviy zaxarlar, dezinfeksiya vositalari, o‘g‘itlar, maishiy axlatlar va boshqalar uchun.

Yüklə 328,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin